“Akademik litseylarda raqamli ta’lim texnologiyalari, sun’iy intellektni joriy etish: innovatsiyalar, muammolar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

16.05.2026


ЭКСТЕРРИТОРИАЛЬНОЕ ДЕЙСТВИЕ РЕГЛАМЕНТА ЕС ОБ ИСКУССТВЕННОМ ИНТЕЛЛЕКТЕ И ЕГО ПОСЛЕДСТВИЯ ДЛЯ ИТ-БИЗНЕСА УЗБЕКИСТАНА

Курбонов Бехруз Анвар угли

Mazkur tezisda Yevropa Ittifoqining 2024/1689-sonli Reglamentining ekstraterritorial amal qilish mexanizmi hamda uning Ittifoq hududida o‘z tijorat ishtirokiga ega bo‘lmagan o‘zbek IT-yechimlari provayderlari uchun amaliy oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Tizim natijalaridan YeI hududida foydalanish mezoni va dasturchining ta’minot zanjiridagi o‘rni Yevropaning tartibga solish yukini shartnomaviy usulda o‘zbek biznesi zimmasiga qanday qilib o‘tkazishi ochib berilgan. Shuningdek, eksportyorni muvofiqlikni ta’minlash vositalari va kollizion himoyasiz qoldiradigan milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlar belgilab berilgan.

13.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

AKADEMIK LITSEYLARDA “ORGANIK KIMYO” FANIDAN VIRTUAL LABORATORIYA ISHLARINI LABVIEW ILOVASIDA YARATISH HAMDA FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

Sadikov Dilmurod Otamurodovich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni mazkur tadqiqot mavzusining asosiy normativ-huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu Farmonda ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, elektron ta’lim resurslari va multimedia ilovalarini yaratish, pedagog kadrlar hamda o‘quvchi-yoshlarning raqamli savodxonligi va kompetentligini oshirish davlat siyosatining ustuvor vazifalari sifatida belgilangan. Shuningdek, hujjatda ta’lim sohasini raqamli transformatsiya qilish doirasida zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda ularni milliy ta’lim mazmuniga moslashtirish zarurati alohida ta’kidlangan. Bu esa akademik litseylarda kimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriyalar dasturiy ta’minotini takomillashtirish va shu asosda o‘quvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan mazkur tadqiqotning dolzarbligini bevosita asoslaydi.

22.08.2026 Ko`rish Yuklab olish

INGLIZ TILI TA’LIMIDA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYASI ASOSIDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI TAKOMILLASHTIRISHNING INNOVATSION METODIKASI

Aziza Suvankulova

Mazkur maqolada ingliz tili ta’limida generativ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali nofilologik yo‘nalish talabalari kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishning innovatsion metodikasi yoritilgan. Olib borilgan tadqiqot ishida sun’iy intellekt texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari tahlil qilinib, ChatGPT generativ sun’iy intellekt vositasidan foydalanishga asoslangan o‘qitish modeli tavsiya etilgan. Metodika kommunikativ yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv hamda raqamli pedagogika tamoyillariga asoslanib ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarning tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish kabi nutq faoliyati ko‘nikmalarini, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik kabi sub-kompetensiyalarini integrallashgan holda takomillashtirishga xizmat qiladi. Tajriba-sinov ishlari natijalari generativ sun’iy intellekt vositalarining ta’lim jarayoniga maqsadli integratsiyasi talabalarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.

17.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

REKLAMA DISKURSIDA AUDITORIYANING FAOL ISHTIROKI VA UNING LINGVISTIK TALQINI

Qahhorova Guliston Abdug’affor qizi

Mazkur maqolada zamonaviy reklama diskursining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari hamda auditoriyaning reklama kommunikatsiyasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Reklama matni ommaviy kommunikatsiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqilib, uning auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari lingvistik nuqtayi nazardan yoritiladi. Tadqiqotda reklama diskursining shakllanishida auditoriyaning faol ishtiroki, Erving Goffman, Allan Bell, Meinhof, Richardson va Cotter tomonidan ilgari surilgan nazariy yondashuvlar asosida izohlanadi. Shuningdek, reklama matnining maqsadli auditoriyaga moslashtirilishi, “audience design” tamoyili, kommunikativ rollar hamda madaniy kodlarning reklama mazmunini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi.

13.07.2026 Ko`rish Yuklab olish

PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHI VA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK

Yuldoshev Umidjon Yuldoshevich

Mazkur maqolada pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi va uning ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining kasbiy kompetensiyalarini muntazam rivojlantirib borishi ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida qaraladi. Shuningdek, pedagoglarning malaka oshirish jarayonlari, innovatsion pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishi hamda kasbiy rivojlanishning ta’lim sifati bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

24.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

BUG‘DOYNING QURG‘OQCHILIK VA ISSIQLIK STRESSIGA MOSLASHUVCHANLIGINI SIRT HARORATI ORQALI ANIQLASH

Xalikulov Dilmuhammad Xolmo‘min o‘g‘li

Maqolada CIMMYT (International Maize and Wheat Improvement Center) xalqaro markazi “Bug`doyni yaxshilash dasturi” doirasida olib borayotgan tadqiqotlarida bugʻdoyda suv va issiqlik stressini baholashda qo‘llaydigan “Canopy temperature” (CT) ko‘rsatkichidan foydalanishning ilmiy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Infraqizil termometr yordamida o‘lchangan CT fiziologik jarayonlar va hosildorlik bilan bog‘liq bo‘lib, genotiplarning stressga chidamliligini baholashda samarali skrining vositasi sifatida qo‘llaniladi. Salqinroq CT ko‘rsatkichiga ega genotiplar ustun deb baholanadi.

09.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

ИНТЕГРАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ ПРОЦЕСС АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЕВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Ганиева Нилюфар Алишеровна, Пак Дина Константиновна

В статье исследуются теоретические и практические аспекты внедрения технологий искусственного интеллекта (ИИ) в образовательное пространство академических лицеев Узбекистана. Рассматривается потенциал адаптивного обучения и интеллектуальных систем мониторинга успеваемости для повышения качества довузовской подготовки. Описаны ключевые проблемы, включая отсутствие локализованного контента и необходимость трансформации роли педагога в цифровой среде. На основе анализа нормативно-правовой базы и международных рекомендаций ЮНЕСКО предложены пути оптимизации интеграции ИИ в учебные планы лицеев.

25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

RAQAMLI TA’LIM: SHUNCHAKI ELEKTRON DARSLIKMI YOKI INTELLEKTUAL INQILOB?

Fazilov Dilshad Fayzullayevich

Maqolada raqamli ta’limning afzalliklari, o‘qitishda sun’iy intellekt va geymifikatsiya imkoniyatlari hamda ta’limni individuallashtirish masalalari publitsistik uslubda bayon etilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiyaning o‘qituvchi kasbi istiqboliga ta’siri ko‘rib chiqilgan.

20.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

АКАДЕМИК ЛИЦЕЙДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМ ВА МУЛЬТИМЕДИА КЎРИНИШДАГИ ЎҚИТИШ УСУЛЛАРИ

Куралбаева А.Т

Ушбу мақолада Академик лицейда информатика ўқитишда электрон таълим ва мультимедиа кўринишдаги ўқитиш усуллари, хусусан электрон таълимнинг фойдаси, мультимедиа ўқитиш методлари, визуал материаллар, визуал материалларнинг тадқиқ этилиши, мураккаб маълумотларни соддалаштириш, визуал материалларнинг турлари, визуал материаллардан фойдаланишнинг афзалликлари, онлайн симуляциялар тўғрисида маълумотлар берилган.

20.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

XOTIN-QIZLAR KOLLABORATSIYASI VA IJTIMOIY TARAQQIYOTDAGI O‘RNI

Tojibayeva Nazokatxon Kobiljonovna

Mazkur maqolada xotin-qizlar kollaboratsiyasining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, uning ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri hamda ayollar o‘rtasidagi hamkorlikning muhim jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ayollar kollaboratsiyasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalaridagi ahamiyati yoritilib, uning gender tenglikni ta’minlash, ayollar liderligini rivojlantirish hamda jamiyatda innovatsion muhit shakllanishidagi o‘rni ko‘rib chiqilgan.

20.05.2026 Ko`rish Yuklab olish