Bugungi kunda hech bir soha yo‘qki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan. Biz axborot texnologiyalarisiz biror sohani tasavvur qilolmaymiz. Shu jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda ham u muhim omillardan biriga aylanmoqda. Ushbu maqolada umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining ham mediakompitentligini rivojlantirish hozirgi davrning eng muhim masalalaridan biri ekanligi haqida so‘z boradi. Elektron aloqa vositalari, internet, sun’iy yo‘ldoshlar aynan ommaviy axborot vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi pedagog xodimlarning tinmay o‘z ustida ishlashini talab qilmoqda.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida integratsiyalashgan harbiy tarbiyani shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari va amaliy mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – o‘quvchilarda vatanparvarlik, jasorat, mehnatsevarlik, hurmat va mas’uliyat kabi milliy qadriyatlar hamda tinchlik, inson huquqlari, ekologik madaniyat, bag‘rikenglik kabi umuminsoniy qadriyatlar bilan uzviy bog‘langan harbiy tarbiyani samarali shakllantirishning innovatsion metodikasini ishlab chiqishdir. Maqolada o‘quv darslari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar, harbiy-sport tadbirlari, loyihaviy faoliyat va interaktiv texnologiyalarni qo‘llash orqali integratsiyalashgan yondashuv tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitilgan harbiy tarbiya o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini ta’minlaydi, ularning mudofaa qobiliyatlarini oshiradi, vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytiradi hamda zamonaviy jamiyat talablariga mos barkamol shaxsni tarbiyalaydi. Taklif etilgan metodika maktab o‘qituvchilari, tarbiyachilar va ta’lim muassasalari rahbarlari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida harbiy-patriotik tarbiyani yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolaning maqsadi – Singapur va O‘zbekiston maktab tarbiya modellarining kontseptual asoslarini kamparavistik tahlil qilish, tarbiya maqsadlari, metodlari va ularning amaliyotdagi ifodasi haqida ma'lumot berishdan iborat.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada zamonaviy mediamahsulotlarning bola tarbiyasidagi o‘rni, ota-onalar va maktab hamkorligining ahamiyati, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan xalqaro tarbiya usullari tahlil qilinadi. Maqsad - farzand kamolotini ta’minlashda samarali pedagogik yondashuvlarni o‘rganish va milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida xalqaro ta’lim-tarbiya modellarining o‘rni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Finlyandiya, Yaponiya va Singapur ta’lim tizimlaridagi tarbiyaviy yondashuvlar o‘rganilib, ularning milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda ma’naviy tarbiyaning amaliy mexanizmlari yoritiladi.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada ma’naviyat va ma’naviy tarbiya tushunchalarini uygʻun holda yuksaltirish borasida soʻz yuritilgan. Mamlakatimiz taraqqiyotida Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda ma’naviy tarbiyaga alohida e’tibor qaratish lozimligi tahlil etilgan. Bu jarayonda axloqiy fazilatlarni har bir shaxsning ongida shakllantirishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar, taklif va xulosalar keltirilgan.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maktab va oila o‘rtasidagi muloqot hamda hamkorlik ta’lim jarayonining o‘quvchi rivojiga ta’sirining uzluksizligini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Maktabda boshlangan ko‘plab ta’limiy faoliyatlar o‘quvchining oilasi va maktabdan tashqari ijtimoiy muhitida davom ettiriladi va yakunlanadi. Ayniqsa, zamonaviy ta’lim jarayonida ekologik madaniyat va ekologik tarbiyani shakllantirishda ham maktab va oila hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab rahbariyati ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtirokini ta’minlash maqsadida ularni birlashtirib, maktab-oila hamkorlik tuzilmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi - maktab-oila hamkorlik tuzilmalarining shakllanish jarayonidan boshlab, hozirgi holati hamda amaliyotda uchraydigan muammoli jihatlarni tahlil qilishdan iborat.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada jadidchilik harakatining asosiy a'zolaridan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning pedagogik qarashlari to‘liq muhokama qilinadi. Uning ta'lim tizimini o‘zgartirish haqidagi fikrlari, maktab va madrasalarda o‘qitish texnikasini yangilashga yondashuvi hamda yosh avlodni ma'rifatli va ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan ideallari ilmiy jihatdan o‘rganiladi. Behbudiyning milliy ta'limning o‘sishi, dunyoviy bilimlarni joriy etish va pedagogik jarayonga zamonaviy texnikalarni qo‘llash zarurati haqidagi fikrlari ham bugungi ta'lim tizimi bilan taqqoslab o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, uning pedagogik merosi hozirgi ta'lim islohotlari uchun katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy-madaniy qadriyatlar orqali ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishning oila va maktab hamkorligiga asoslangan integratsion modeli yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarning ijtimoiy xulq-atvori va mas’uliyat ko‘rsatkichlari dinamikasini tahlil qiladi.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
This article examines self-regulation as a multidimensional psychological construct that develops during childhood through the coordinated influence of the family and the school. Theoretical analysis indicates that stable competencies in self-control, goal-setting, and emotional regulation emerge only within coherent pedagogical environments. A survey of 85 first-year undergraduates (aged 17–20) revealed that students who retrospectively described their upbringing as a period of intentional self-regulation support achieved higher GPAs, stronger adaptation, and fewer unexcused absences. The article introduces the concept of "educational congruence" — alignment between family and school child-rearing strategies — as a prerequisite for the systematic cultivation of self-regulatory capacity.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish