Ushbu maqolada 3-sinf oʻquvchilarida mehnatsevarlik fazilatini shakllantirishga qaratilgan mashgʻulotni tashkil etishning samarali usullari yoritilgan. Mavzuni oʻquvchilar yoshiga mos, hayotiy misollar, amaliy mashqlar, suhbat va refleksiya asosida olib borish yoʻllari koʻrsatilgan. Shuningdek, yapon tarbiya metodikasining ayrim tamoyillarini milliy muhitga moslashtirgan holda modifikatsiya qilib qoʻllash imkoniyatlari tavsiflangan. Maqolada mehnatsevarlikni nazariy tushuncha emas, balki kundalik xulq-atvorda namoyon boʻladigan amaliy fazilat sifatida shakllantirish muhim ekani asoslangan.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada Yaponiya ta’lim tizimida shakllangan tarbiyaviy yondashuvlarning mazmuni, ularning o‘ziga xos jihatlari hamda O‘zbekiston boshlang‘ich ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotda yapon maktablarida qo‘llaniladigan jamoaviylik, mas’uliyat, mehnatsevarlik va ichki nazoratga asoslangan tarbiya tamoyillari o‘rganilib, ularni milliy ta’lim tizimi sharoitida qo‘llashning samarali yo‘llari asoslab beriladi. Muallif tomonidan taklif etilgan bosqichma-bosqich integratsiya modeli orqali o‘quvchilarda ijtimoiy xulq-atvor, mustaqillik va refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yapon tarbiya tajribasini moslashtirilgan holda joriy etish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada xalqaro ta’lim-tarbiya tizimlarida keng tarqalgan va e’tirof etilgan tarbiya modellari, ularning imkoniyatlari, farzand kamolotini ta’minlashda tutgan o‘rni haqida fikr yuritilgan. Shunga ko‘ra maqola ilmiy pedagogik jamoatchilik hamda tadqiqotchilar uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada zamonaviy taʼlimning gibrid shakli (blended learning) sharoitida taʼlim jarayoni ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni optimallashtirish masalalari tadqiq etiladi. Maqolada masofaviy va anʼanaviy taʼlim muhiti kesishgan nuqtada “ota-ona – oʻquvchi – oʻqituvchi” zanjirining barqarorligini taʼminlovchi pedagogik va texnologik mexanizmlar tahlil qilingan. Muallif tomonidan gibrid taʼlimda ota-onaning oʻrni passiv kuzatuvchidan faol “fasilitator” darajasiga koʻtarilishi zarurligi asoslab berilgan. Maqolada raqamli platformalar orqali muloqotni tizimlashtirish, oʻquvchining mustaqil ishini monitoring qilish va oʻqituvchining oila bilan qayta aloqasini raqamli drayverlar yordamida takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Yoshlarda vatan tuygʻusini tarbiyalash, ajdodlar oʻtmishi, kechinmalari, madaniyati jahon fan va madaniyati sohasida tutgan oʻrni haqida maʼlumot berish muhum ahamiyatga ega. Shaxsni tarbiyalash eng dolzarb ijtimoiy va pedagogik muommo hisoblanadi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablari asosida tarbiyalashda taʼlim subʼektlari oʻrtasidagi uzluksizlikni hamda fan predmetlari oʻrtasidagi integratsiyani taʼminlash zaruriti mavjud. Inson oʻzi oʻzida ezgulikni yaratish, maʼnaviy yuksalish uchun masʼul, ammo shu bilan birga insonnning yuksalishida taʼlimning roli nihoyatda katta ekanligini inkor etib boʻlmaydi. Inson tarbiyasi masalasi, ularni nuqsonlardan, hayvoniy qusurlardan qutqarish ajdodlarimizning azaliy qaygʻusi boʻlib kelgan.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligini taʼminlovchi modellarning nazariy asoslari, ularning turlari hamda shakllantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish yoʻllari ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Farzand tarbiyasi faqatgina oila yoki maktabning emas, balki ularning oʻzaro hamkorligi asosida samarali tashkil etiladigan murakkab jarayondir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ota-ona va maktab hamkorligi farzandning har tomonlama kamol topishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ota-ona va maktab hamkorligi deganda, bolaning taʼlim va tarbiya jarayonida ikki muhim ijtimoiy institut – oila va taʼlim muassasasining oʻzaro muvofiq va maqsadli faoliyati tushuniladi. Bu hamkorlik bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uning intellektual, maʼnaviy, axloqiy va jismoniy rivojini taʼminlashga qaratilgan. Agar ota-ona va oʻqituvchi oʻrtasida oʻzaro tushunish, ishonch va hamjihatlik mavjud boʻlsa, bu bolaning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Aks holda, qarama-qarshi yondashuvlar bolada ikkilanish, ishonchsizlik va hatto tarbiyaviy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish