“Ota-ona va maktab hamkorligi: farzand kamoloti uchun xalqaro tarbiya modellari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

24.04.2026


O‘QUVCHILARDA BADIIY-ESTETIK DID VA DIZAYNERLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA OILA BILAN HAMKORLIKNING IJTIMOIY ASOSLARI

Norbutayeva Dilafruz Abdurasulovna

Mazkur maqolada o‘quvchilarning estetik didini shakllantirishga qaratilgan zamonaviy metodlar, metodlarning oila-maktab-mahalla hamkorligida olib borishning samarali usullari haqida so‘z boradi.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA “SITUATIONSANSATZ” MODELI: GERMANIYA TAJRIBASI VA UNING PEDAGOGIK AHAMIYATI.

Abduraimova Charos Farxod qizi

Ushbu maqolada Germaniya oliy ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda muammoli ta’lim (Problem-Based Learning — PBL) texnologiyasining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ushbu maqola “Xalqaro tarbiya modellari, ularning konseptual asoslari” yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib Germaniya universitetlarida qo‘llaniladigan "Situationsansatz" (vaziyatli yondashuv) metodikasi, real pedagogik vaziyatlardan foydalanish va ota-ona bilan hamkorlik kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot shakllari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak o‘qituvchilarda mas'uliyat hissi, tanqidiy fikrlash va kasbiy mustaqillik kabi muhim kompetensiyalar muammoli ta’lim orqali samarali shakllantirilishini ko‘rsatadi.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

FARZAND KAMOLOTIDA OTA-ONA VA MAKTAB HAMKORLIGI: RAQAMLI MUHITDA AGRESSIV XULQ PROFILAKTIKASINING XALQARO TAJRIBASI

Samiyeva Shirin Abdumalik qizi

Mazkur maqolada farzand kamolotida ota-ona va maktab hamkorligining ahamiyati, shuningdek, raqamli muhitda o‘smirlar orasida agressiv xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan xalqaro tajribalar tahlil qilinadi. Bugungi global raqamli jamiyatda internet va virtual muloqot vositalari o‘smirlarning psixologik rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, agressiv xulq profilaktikasida pedagogik va ijtimoiy mexanizmlarning uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada Finlandiya, Yaponiya va Singapur ta’lim tizimlaridagi samarali hamkorlik modellari o‘rganilib, ularning mahalliy ta’lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilinadi.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA SUN‘IY INTELLEKT INTEGRATSIYASI

Baynazarova Gulnoza Abdurasulovna

Mazkur maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalar va sun’iy intellekt integratsiyasining ta’lim tizimidagi o‘rni hamda ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning individual xususiyatlariga moslashgan ta’limni tashkil etish imkoniyatlari yoritiladi. Pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish va ta’lim samaradorligini oshirishdagi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

OTA-ONA VA MAKTAB HAMKORLIGI: FARZAND KAMOLOTI UCHUN XALQARO TARBIYA MODELLARI

Niyazbekova Maftuna Akrom qizi

Mazkur maqolada ota-ona va maktab hamkorligining farzand tarbiyasidagi o‘rni, uning samaradorligini oshirish yo‘llari hamda rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan xalqaro tarbiya modellari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida oila va maktabning o‘zaro hamkorligi orqali o‘quvchilarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash masalalari yoritiladi.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

BOLALAR ADABIYOTINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY IMKONIYATLARI

Yuldoshova Mehriniso Ochildiyevna

Mazkur maqolada bolalar adabiyotining boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘rni, uning ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Bolalar adabiyoti orqali o‘qituvchilarda bilim olishga qiziqish, o‘quv-bilish faolligi, mustaqil va tanqidiy fikrlash, axloqiy-estetik qarashlarni shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, bolalar adabiyotidan dars jarayonida samarali foydalanish yo‘llari, uning shaxs kamolotiga ta’siri va pedagogik imkoniyatlari asoslab berilgan.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

RAQAMLI TA’LIM VOSITALARI YORDAMIDA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Kadirova Nodira Abdixalilovna

“Raqamli ta’lim vositalari yordamida ijodkorlikni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusiga mos, ilmiy-uslubiy talablarga yaqinlashgan maqola namunasi keltiriladi. Siz uni o‘z dissertatsiyangiz yoki maqola standartlariga qarab tahrir qilishingiz mumkin.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

МЫСЛИТЕЛИ ВОСТОКА О ЛИЧНОСТИ, ЕЕ РАЗВИТИИ, ОБУЧЕНИИ И ВОСПИТАНИИ ПОДРАСТАЮЩЕГО ПОКОЛЕНИЯ

Шукурулло Мардонов, Гулбахор Алмутатова

Педагогические идеи великих мыслителей представляют собой демократическое направление в педагогической мысли Средневековья, оказывали и оказывают огромное влияние на представления о человеке, его воспитании, всестороннем развитии личности, о гуманизме, на формирование и совершенствование педагогики о воспитании и обучении подрастающего поколения.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

ХАЛҚАРО ТАРБИЯ МОДЕЛЛАРИ ВА УЛАРНИНГ КОНЦЕПТУАЛ АСОСЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ МЕТОДОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ

Махмудов Абдулхалим Хамидович

Мазкур мақолада халқаро тарбия моделлари ва уларнинг концептуал асосларини шакллантиришнинг методологик жиҳатлари илмий-назарий нуқтаи назардан таҳлил қилинган. Унда тарбия моделларининг мазмуни, турлари ҳамда уларни шакллантиришда қўлланиладиган замонавий методологик ёндашувлар ёритилган.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

СОТРУДНИЧЕСТВО РОДИТЕЛЕЙ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ ПРИ ИЗУЧЕНИИ СТУДЕНТАМИ ПОЭТИКИ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ НА ЗАНЯТИЯХ РУССКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Медетова Раушан Мамадияровна, Пирматова Мадина Серик кизи

В статье речь идёт о сотрудничестве родителей и образовательных учреждений при изучении студентами русской литературы.

03.05.2026 Ko`rish Yuklab olish