“Sun'iy intellekt va raqamli transformatsiya: ilmiy yondashuvlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium

16.10.2026


ÜRETKEN YAPAY ZEKÂ İLE EĞİTİM EKOSİSTEMİNİN DEĞİŞİMİ

Zuhal İNCE, Yasemin DEMİRASLAN ÇEVİK

Üretken yapay zekanın eğitim süreçlerine hızlı girişi ve yaygınlaşması, eğitimde kullanılan araçların çeşitlenmesiyle birlikte öğretme-öğrenme süreçlerinin, öğretmen ve öğrenci rollerinin, ölçme-değerlendirme yaklaşımlarının ve eğitim kurumlarının yönetimi dahil pek çok konunun yeniden yapılandırılmasını gerekli kılmıştır. Eğitim süreçlerinin amaç, yapı ve işleyişinin üretken yapay zeka aracılığıyla yeniden tasarlanması eğitim sisteminde değişim gündeme getirmiştir. Bu çalışmada üretken yapay zekâ araçlarının kullanımı ve yaygınlaşmasıyla birlikte eğitim ekosistemdeki değişimin betimlenmesi amaçlanmıştır. Çalışmada eğitimin üretken yapay zekâyla birlikte değişimini ortaya koymak amacıyla nitel araştırma yöntemlerinden doküman analizi kullanılmıştır. Çalışma kapsamında, üretken yapay zekânın eğitim ve öğretim süreçlerinde kullanımına ilişkin 2019 yılından bu yana yayımlanan akademik çalışmalar taranmıştır. Eğitim-öğretim bağlamında YZ kullanımını doğrudan ele alan ve araştırma bulgusu sunan çalışmalar incelenmiştir. Elde edilen veriler betimsel ve tematik olarak çözümlenmiştir. Üretken yapay zekâ eğitim öğretim uygulamalarının değişimini hızlandırarak eğitim kurumlarını ve mevcut pedagojik uygulamalarını yeniden değerlendirmeye zorlamıştır. Üretken yapay zekâ ile eğitim ekosisteminin değişimi; veri temelli karar verme, uyarlanabilir öğrenme ortamlarının oluşturulması ve eğitim paydaşlarının rollerinin yeniden tanımlanmasını içeren bir değişim olarak değerlendirilmiştir.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

SOCIAL IMPLICATIONS OF THE DEVELOPMENT AND APPLICATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE TECHNOLOGIES

Zahid Oruj

The article examines the social implications and impact of new generation artificial intelligence technologies on society. It is noted that the rapid development of artificial intelligence technologies has made legal regulation in both global, international and national legal systems a very pressing issue. The results of using artificial intelligence in politics, economics, media and journalism, education, health care and social sciences has been analyzed. It is also emphasized that although social networks were initially presented as an innovation that strengthens democracy, they can subsequently become a means of political technologies capable of creating disinformation and chaos.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

KOʻP TILLI TERMINOLOGIK BAZALARNI AVTOMATIK YARATISH VA DEDUPLIKATSIYA: METODOLOGIYA VA NATIJALAR

Vohidova Barchinoy Baxtiyor qizi

Ushbu maqolada koʻp tilli terminologik resurslarni avtomatik shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan dublikatlik muammosining nazariy-metodologik asoslari va ularning amaliy yechimi koʻrib chiqiladi. Zamonaviy ilmiy-texnik matnlarda, xususan oʻzbek tilida, terminologik izchillikning yetishmasligi ilmiy kommunikatsiya sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Maqolaning maqsadi – koʻp tilli terminologik resurslarni avtomatik shakllantirishda dublikat va parallel variantlarni aniqlashning nazariy-metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda buni amaliyotda sinab koʻrishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi uch bosqichli modelga asoslanadi: terminlarni mavzuviy tasniflash, formal-semantik oʻxshashlik va morfologik normalizatsiyaga asoslangan deduplikatsiya, hamda ekspert nazorati orqali tasdiqlash. Amaliy qism doirasida turli manbalardan yigʻilgan terminlar birlashtirilib, 22 ta mavzuviy kategoriyaga boʻlingan, oʻzbek, ingliz, turk va rus tillarini qamrab oluvchi 927 termindan iborat koʻp tilli glossariy shakllantirildi hamda uni koʻrsatuvchi mustaqil web-interfeys yaratildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, faqat statistik-algoritmik mezonlarga asoslangan deduplikatsiya yetarli emas – morfologik normalizatsiya va ekspert nazoratini uygʻunlashtiruvchi gibrid model nazariy jihatdan asoslanganroq yechim hisoblanadi. Tadqiqot natijalari kam resursli va agglyutinativ tillar, jumladan oʻzbek tili uchun terminologik standartlashtirish nazariyasini boyitishga xizmat qiladi.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

KAM RESURSLI TILLAR UCHUN SUNʼIY INTELLEKT: OʻZBEK TILI MISOLIDA IMKONIYAT VA MUAMMOLAR

Vohidova Barchinoy Baxtiyorovna

Ushbu maqolada sunʼiy intellekt texnologiyalarining kam resursli tillar, xususan oʻzbek tili misolida qoʻllanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, zamonaviy katta til modellari asosan yuqori resursli tillar – ingliz, xitoy, ispan va boshqalar – uchun optimallashtirilgan boʻlib, oʻzbek kabi agglyutinativ, morfologik jihatdan boy tillar bu jarayonda orqada qolmoqda. Maqolaning maqsadi – oʻzbek tili uchun sunʼiy intellekt va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasida yaratilgan mavjud resurslar, davlat siyosati chora-tadbirlari va texnik cheklovlarni tizimli tahlil qilish orqali sohaning imkoniyat va muammolarini aniqlash, shuningdek resurslarni bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun konseptual arxitektura taklif etishdan iborat. Tadqiqot tavsiflovchi-tahliliy metodologiyaga asoslanib, 2023–2026–yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy manbalar hamda Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy strategik hujjatlari oʻrganildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, soʻnggi yillarda BERTbek kabi oʻzbek tiliga moslashtirilgan til modellari, davlat darajasidagi sunʼiy intellekt strategiyasi va xususiy sektordagi investitsiyalar sezilarli oʻsish koʻrsatmoqda, biroq annotatsiyalangan korpuslarning yetishmasligi, morfologik murakkablik va yirik xalqaro modellarning oʻzbek tilida grammatik xatolarga moyilligi kabi jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda. Shu asosda maqolada besh qatlamli lingvistik resurs arxitekturasi va oʻnta bosqichdan iborat tsiklik rivojlantirish algoritmi shaklida konseptual model taklif etiladi. Maqola yakunida davlat, akademik muassasalar va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha aniq tavsiyalar taqdim etiladi.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

AZƏRBAYCAN XALQ CÜMHURİYYƏTİ DÖVRÜNDƏ ELM VƏ TƏHSİL İSLAHATI

Əfqan Vəliyev

Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti, təhsil, modernləşmə, milliləşmə, islahat. Key words: Azerbaijan Democratic Republic, education, modernization, nationalization. Reform.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA AMALIY MASHG‘ULOTLARNI MULTIMEDIALI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Tursunova Sevara Sa’din qizi

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni multimediali texnologiyalar asosida takomillashtirishning metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi raqamli resursni tanlash, pedagogik topshiriqni loyihalash, mikrodars o‘tkazish va refleksiv baholashni birlashtiruvchi amaliy mashg‘ulot modelini ishlab chiqishdan iborat. Maqolada resursning didaktik vazifasi, talabaning mustaqil faoliyati, teskari aloqa va raqamli xavfsizlik mezonlari asos qilib olindi. Natijada diagnostika, loyihalash, mikrodars, baholash va takomillashtirish bosqichlaridan iborat model hamda sakson daqiqalik mashg‘ulot ssenariysi taklif etildi. Boshlang‘ich matematika mazmunidagi namuna orqali animatsiya, og‘zaki izoh va mustaqil topshiriqni o‘zaro bog‘lash tartibi ko‘rsatildi. Talaba tayyorlagan mahsulotni baholash uchun didaktik muvofiqlik, multimedia dizayni, interaktivlik, baholash sifati va foydalanish qulayligini qamrab oluvchi mezonlar ishlab chiqildi.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

AYOLLAR MEHNAT MIGRATSIYASI BO’YICHA NAZARIY YONDASHUVLAR VA AYOLLAR MIGRATSIYASINI TARTIBGA SOLISH MASALALARI

M.U. Tangirova

Ushbu maqolada ayollar ichki va tashqi mehnat migratsiyasi masalalari, ularni huquqiy tartibga solish xususiyatlari , dunyoda aholi migratsiyasi holati, ayollar migratsiyasi sabablari, omillari, chet ellik ish beruvchilar va xorijiy kompaniyalar hamkorligi kabi masalalar ko’rib chiqilgan. Bundan tashqari ayollar mehat migratsiyasini huquqiy jihatdan baholash, migrant ayollar bandligi, xorij davlatlari bilan mehnat qonunchiligini inobatga olgan holda imzolangan kelishuvlar, xorijda mehnat faoliyatini qonuniy hamda xavfsiz amalga oshirishning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish asoslari ko’rib chiqilgan.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

O‘ZBEKISTONDA PARLAMENT VA HUKUMAT O‘ZARO HAMKORLIGINING TASHKILIY-HUQUQIY RIVOJLANISHI: VAZIRLAR MAHKAMASINING OLIY MAJLISDAGI VAKOLATLI VAKILI INSTITUTI MISOLIDA

Sulaymonov Umidjon Qurbonovich

Mazkur tezisda O‘zbekistonda parlament va hukumat o‘rtasidagi tashkiliy-huquqiy hamkorlik mexanizmlarining rivojlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili instituti misolida tahlil qilinadi. Ushbu institut qonun ijodkorligi, parlament nazorati va hukumat hisobdorligi jarayonlarida Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis palatalari o‘rtasidagi protsessual aloqani ta’minlovchi maxsus tashkiliy-huquqiy mexanizm sifatida baholanadi.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

TA’LIM, ILM -FAN VA INDIVIDUAL TA’LIM TRAYEKTORIYASINI SHAKLLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING OʻRNI

Sayidov Nozimjon Abdulnosirovich, Ahmadjonova Sevara Hasanboy qizi, Ergasheva Zulhumor Odiljon qizi

Ushbu maqolada ta’lim va ilm-fan sohalarida individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, imkoniyatlari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchi va talabalarning bilim darajasi, qiziqishlari, individual qobiliyatlari, ta’lim olish sur’ati hamda kasbiy maqsadlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shu sababli barcha ta’lim oluvchilarga yagona yondashuv asosida ta’lim berish kutilayotgan natijani har doim ham ta’minlamaydi. Individual ta’lim trayektoriyasi esa ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va baholash mezonlarini shaxsiy ehtiyojlarga moslashtirish imkonini beradi.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

JAMIYATNI TANAZZULDAN TARBIYAGINA HALOS ETADI (SOTSIОLOGIK TAHLIL)

Salimov Yusufjon G‘afurjonovich

Insoniyat tarixidan ma’lumki, tarbiya - ijtimoy munosabatlarni tartibga soluvchi, jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi, tarix va kelajakni uzviy bog‘lovchi eng muhim omil hisoblanadi. Agarda tarbiya bo‘lmaganida edi, jamiyatda turli tartibsizliklar avj olgan, insoniyat o‘rtasida ziddiyatlar keskinlashgan, insoniyat va jamiyat hozirga qadar yetib kyelmasligi mumkin edi. Inson ehtiyoji uchun moddiy va ma’naviy ne’matlar kabi ayniqsa, tarbiya muhim omil bo‘lib, uning yuksalishi va kamol topishida asosiy o‘rinni egallaydi. Tarbiya barcha zamonlarda, barcha millatlar, barcha oilalarda dolzarb muammolardan biri sifatida tadqiqotchilar e’tiborini jalb etib kelgan. Bu borada Sharq va Gʻarb mutafakkir allomalarining qarashlari, asarlari, hozirgi zamon olimlarining ilmiy tadqiqot ishlarida dolzarb muammolardan biri sifatida keng tadqiq qilingan. Hozirgi zamon taraqqiyotga erishayotgan bir davrda tarbiyasizlik, axloqsizlik kabi illatlarning ham ortib borayotganligiga guvohi bo‘lmoqdamiz. Ayniqsa, hurmatsizlik, mehrsizlik, oqibatsizliklarning ko‘payib borayotganligi, milliy nizolarning keskinlashuvida, turli jinoyatchiliklarning ommaviylashuvida, alkogolizm, norkomaniya kabi illatlarning oshib borayotganligida tarbiya sohasidagi oqsoqliklar, bo‘shliqlarning mavjudligini anglash mumkni. Ayni tarbiyasizliklar oqibatida davlatlardagi barqarorlikka putur yetmoqda, jamiyat tanazzul tomon yetaklanyotganligini alohida ta’kidlash lozim. Zero, globallashayotgan davrda tarbiyaga e’tiborning kuchaytirilishi orqali jamiyatni tanazzuldan halos etish, millatlar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish zarurati davrning talabidir.

02.11.2026 Ko`rish Yuklab olish