Ushbu maqola dunyo tilshunosligida til birinchi darajasining o‘rganilishi masalasiga bag‘ishlanadi. Shu bilan bir qatorda ingliz tilada til birinchi darajasini bilish talablari bayon qilinadi.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada bilim va malakalarni baholash jarayonida qo‘llaniladigan nazariy va amaliy yondashuvlar hamda ularning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Nazariy asoslar sifatida testologiya, kompetensiyaga asoslangan yondashuv va pedagogik diagnostika konsepsiyalari ko‘rib chiqilgan. Amaliy qismda xalqaro tajribalar, milliy baholash tizimidagi islohotlar, raqamli texnologiyalarni qo‘llash va amaliyotga yo‘naltirilgan topshiriqlar asosida baholash mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatining 30 yillik tajribasi ham alohida o‘rin egallaydi. Tadqiqot natijalari baholash tizimini takomillashtirishda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Baholash o‘qitish va o‘qitish jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi, chunki u o‘quvchilarning taraqqiyoti, bilim va ko‘nikmalari haqida qimmatli ma'lumotlarni beradi. Muayyan ta'lim maqsadlariga erishish uchun har xil baholash turlari qo‘llaniladi. Umuman olganda, baholash formativ va summativ turlarga bo‘linishi mumkin: formativ baholash mulohazalar va mulohaza yuritish orqali davomiy ta'limni qo‘llab-quvvatlaydi, yakuniy baholash esa o‘quv davri oxiridagi yutuqni baholaydi. Boshqa tasniflar diagnostik baholashni o‘z ichiga oladi, bu o‘quvchilarning kuchli va zaif tomonlarini o‘qitishdan oldin aniqlaydi; tegishli ta'lim darajalarini belgilaydigan baholash turi; bilim va ko‘nikmalarning amaliy qo‘llanilishini o‘lchaydigan samaradorlikka asoslangan baholash. Baholash turini tanlash maqsad, kontekst va kutilayotgan o‘quv natijalariga bog'liq. Ushbu turlarni tushunish o‘qituvchilarga o‘rganish va baholashni qo‘llab-quvvatlaydigan samarali baholash strategiyalarini ishlab chiqishga yordam beradi.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada baholash jarayonida zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda asosan adaptiv testlar, peer (tengdoshlar) va self (o‘z-o‘zini) assessment, shuningdek, generativ sun’iy intellekt (GenAI) vositalari orqali baholash metodlari ko‘rib chiqiladi. Metod sifatida adabiyotlar tahlili, tajriba asosidagi empirik kuzatuvlar va so‘rovnomalar qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, innovatsion baholash usullari o‘quvchilarning motivatsiyasi, bilim darajasi va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini yaxshilaydi. Shu bilan birga, ularning texnik, etik va metodologik cheklovlari ham mavjud. Tadqiqot asosida ta’lim muassasalarida ushbu yondashuvlarni samarali joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola zamonaviy baholash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yondashuvni taklif etadi.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada bilim va malkaning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, ularning o‘lchanishi va baholash tizimlari, shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalar va xalqaro standartlarning ta’lim jarayoniga ta’siri, shuningdek, malakani oshirish va kasbiy rivojlanishning ahamiyati yoritilgan. Kelajak istiqbollariga ham to‘xtalib, ta’lim sifatini oshirish va malakali kadrlar tayyorlashdagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada test texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni, afzalliklari, kamchiliklari va takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Testlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini baholashda samarali vosita bo‘lishi bilan birga, kompetensiyaga asoslangan yondashuvlar bilan integratsiyalashganda amaliy ko‘nikmalarini ham baholash imkonini beradi. Tadqiqotda test texnologiyalarining afzalliklari, ularning cheklovlari, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalar orqali samarali qo‘llash yo‘nalishlari yoritiladi.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada formatif baholashning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va uning o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga ta’siri keng yoritilgan. Formativ baholash nafaqat o‘quvchilarning mavjud bilim darajasini aniqlash, balki ularning individual rivojlanishini muntazam kuzatib borish, bilim olish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini yaratadi. Ushbu yondashuv o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yib, ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, formatif baholash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rag‘batlantiradi, ularning o‘z bilimiga tanqidiy qarashini shakllantiradi hamda shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan individual yondashuvni qo‘llashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotda formatif baholashning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish va ularni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishdagi afzalliklari ilmiy tahlil etilgan.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Butun jahon uzluksiz ta’limi mazmunida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini sport musobaqalariga tayyorlashga oid bilim va tajribalarini jismoniy madaniyat mazmunini ommaviy axborot vositalari orqali boyitib borish, sohaga oid bilimlarni tarkib toptirish mexanizmlarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning sport musobaqalarini zamonaviy shakllarda tashkil etish pirovardda axoli o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yanada yaxshilash, jamiyatda insoniyat ongida sog‘lomoashtirish, ijobiy tushuncha, dunyoqarashni barpo etish bo‘yicha jahon andozalari asosida rivojlantirish shakl, usul va vositalarini takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, mazkur pedagogik muammo yechimiga jarayonni zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil qilish, yoshlarni jismoniy rivojlantirish muammolarga oid materiallarni takomillashtirish, ta’lim jarayonida talabalar ning sport musobaqalarini tashkil etishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini rivojlantirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mavjud tizimlardan foydalangan holda, ta’lim samaradorligini oshirishga erishish, yagona shaffof baholashni tashkil qilish va tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar darajasini ko‘tarishga qaratilgan yangicha yondashuv bu ta’lim tizimizning o‘zida mavjud. Bunda o‘quv reja va dars jadvaini takomillashtirishni qo‘llagan holda, qo‘shimcha mablag‘larni jalb etmasdan erishish, ta’lim tizimini tubdan rivojlantiradi. Bu esa davlatning boshqa jabhalariga ham samarali o‘sishni yuzaga keltiradi.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada chet el tajribasini qo‘llashda mahalliy madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish, shuningdek, O‘zbekistonning milliy qadriyatlariga moslashtirish zarurligi yoritilgan. Ta’lim sohasidagi islohotlar davom etayotgan bo‘lib, xorijiy yutuqlardan olingan tajribalar yanada samarali ta’lim tizimini shakllantirishga yordam beradi. O‘zbekiston o‘ziga xos madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda, ushbu tajribalardan moslashtirilgan yechimlarni joriy etishi mumkin. Muhimi, xorijiy modellarni ko‘chirib o‘rnatish emas, balki ularning eng yaxshi jihatlarini mahalliy kontekstga moslashtirishdir.Ta’lim islohotlarining muvaffaqiyati qat’iyatli siyosiy iroda, moliyaviy sarmoya, malakali o‘qituvlar tayyorlash va jamiyatning barcha qatlamlarining ishtirokiga bog‘liq.
13.10.2025 Ko`rish Yuklab olish