Mazkur maqolada talabalarning ko‘ngilli ijtimoiy-metodik faoliyatini inklyuziv ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalar bilan ishlash samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Inklyuziv muhitda volontyorlik faoliyatining pedagogik, metodik va psixologik afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, talabalarning ijtimoiy mas’uliyati va amaliy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi innovatsion texnologiyalar – masofaviy metodik platformalar, raqamli resurslar, adaptiv dars ishlanmalari va mentorlik tizimidan foydalanish mexanizmlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ko‘ngilli faoliyat orqali uyda yakka tartibda ta’lim jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarni ijtimoiylashtirish hamda inklyuziv pedagogikaning samaradorligini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola COVID-19 pandemiyasi davrida keng qo‘llanilgan masofaviy inklyuziv ta’lim (MIT) tizimining psixologik va metodik muammolarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda MIT sharoitida maxsus ta’lim ehtiyojli bolalarning (MTEB) ta’lim jarayoniga moslashishi (adaptatsiyasi), ularning diqqatni jamlash va o‘quv motivatsiyasini saqlab qolishdagi psixologik qiyinchiliklari ko‘rib chiqilgan. Metodik jihatdan, maqolada o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarining yetishmasligi, masofaviy platformalarning universal dizayn talablariga nomuvofiqligi hamda korreksion-rivojlantiruvchi yordamning sifati pasayishi kabi muammolar ochib berilgan. Shuningdek, pandemiya tajribasi asosida MIT samaradorligini oshirish bo‘yicha psixopedagogik strategiyalar va tizimli yechimlar taklif etiladi.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola erta yoshdagi bolalarda (0-6 yosh) maxsus ta’lim ehtiyojlarini (MTE) o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlashning psixologik-diagnostik mezonlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Erta diagnostika uzluksiz inklyuziv ta’limning muvaffaqiyati uchun asosiy shart hisoblanadi. Tadqiqotda rivojlanishning asosiy sohalaridagi (kognitiv, nutq, ijtimoiy-emosional va motor) me’yoriy va patologik og‘ishlarni farqlashning xalqaro standartlari va amaliy uslublari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston sharoitida MTEni aniqlash jarayonida uchraydigan asosiy muammolar (mutaxassislar yetishmasligi, diagnostik vositalarning mahalliy sharoitga moslashtirilmagani, ota-onalarning xabardorligi pastligi va idoralararo hamkorlikning zaifligi) ochib berilgan. Xulosa qilib aytganda, mamlakatda erta aralashuv tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola zamonaviy ta’lim tizimini raqamlashtirish jarayonida adaptiv darsliklarning o‘rni va ularni loyihalashning didaktik tamoyillarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda barcha o‘quvchilar uchun bir xil mazmunni taklif qiluvchi an’anaviy (statik) darsliklardan farqli o‘laroq, o‘quvchining bilim darajasi, qiziqishlari va o‘zlashtirish tezligiga moslashuvchi “aqlli” darsliklarning afzalliklari yoritilgan. Maqolada adaptiv darslik yaratishning asosiy didaktik tamoyillari sifatida mazmunning modulliligi, chiziqli bo‘lmagan tuzilma, interaktivlik va individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirish tamoyillari ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, adaptiv darsliklarning o‘quvchilar faolligini oshirish, vaqtni tejash va o‘zlashtirish samaradorligini monitoring qilishdagi ustunliklari qiyosiy tahlil qilingan.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola uzluksiz inklyuziv ta’lim tizimida o‘qituvchilar va maxsus ta’lim ehtiyojli o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasidagi samarali pedagogik-psixologik hamkorlikning ahamiyati, mexanizmlari va samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda oilani ta’lim jarayoniga faol jalb qilish o‘quvchining akademik o‘zlashtirishini, ijtimoiy-emotsional rivojlanishini va o‘z-o‘zini qabul qilishini qanday kuchaytirishi psixologik nazariyalar asosida yoritilgan. Asosiy mexanizmlar sifatida Individual O‘quv Rejasini birgalikda ishlab chiqish, doimiy va konstruktiv kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, shuningdek, oilalarga psixologik qo‘llab-quvvatlash va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish modellari ko‘rib chiqilgan. Maqolada bunday hamkorlikning inklyuziv madaniyatni shakllantirishdagi va ta’limning uzluksizligini ta’minlashdagi roli asoslab berilgan.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola adaptiv ta’lim platformalarining o‘quvchilarning ichki va tashqi motivatsiyasiga hamda ularning o‘zlashtirish qobiliyatiga ta’sirini psixologik nuqtai nazardan tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda adaptiv tizimlarning shaxsiy o‘rganish tezligiga moslashishi, doimiy va xolis qayta aloqa berishi o‘quvchilarda o‘z-o‘zini samarali his qilish va muvaffaqiyatga erishish ehtiyojini qanday kuchaytirishi o‘rganiladi. Adaptivlik tufayli topshiriqlarning qiyinlik darajasining optimal bo‘lishi o‘quvchida “o‘rganish oqimi” holatini yuzaga keltirishi va shu orqali bilimni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishi nazariy asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada adaptiv texnologiyalarning ta’lim jarayoniga ta’siri, jumladan, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli ham muhokama qilingan.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu ilmiy maqola uzluksiz inklyuziv taʼlim sharoitida oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida taʼlim mazmunini differensiallashtirishning didaktik prinsiplarini nazariy asoslashga bagʻishlangan. Unda taʼlimning barcha bosqichlarida maxsus taʼlim ehtiyojli bolalarning kognitiv, sensor va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻquv dasturlarini moslashtirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Asosiy diqqat moslashuvchanlik, individual yondashuv, oʻzlashtirish tezligini hurmat qilish kabi prinsiplarga qaratilib, mazmunni differensiallash orqali barcha oʻquvchilar uchun taʼlimga teng imkoniyatlar yaratishning metodik shartlari yoritilgan. Maqolada Oʻzbekiston taʼlim tizimiga integratsiya qilish uchun differensial didaktikaning optimal modellarini joriy etish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada maxsus ehtiyojli bolalar uchun ta’lim muhitini moslashtirishda zamonaviy didaktik yondashuvlarning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Inkluziv ta’lim sharoitida o‘quvchilarning individual ehtiyojlari, rivojlanish darajasi va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini modifikatsiya qilish, differensial yondashuv, multimodal o‘qitish, raqamli texnologiyalar va adaptiv o‘quv resurslarining o‘rni ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqotda moslashtirilgan o‘quv dasturlari, qo‘llab-quvvatlovchi pedagogik muhit, o‘quvchilarning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishini rag‘batlantiruvchi metodlarning samaradorligi o‘rganiladi. Maqola natijalari inclusive ta’lim tizimida didaktik innovatsiyalarning qo‘llanishi maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim sifati va ijtimoiy integratsiyasini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun uyda yakka tartibdagi ta’lim samaradorligini oshirishda ertakterapiyaning ahamiyatini o‘rganadi. Tadqiqotda ertakterapiyaning bolalarning kognitiv, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri, shuningdek, ushbu usulning uy sharoitida ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlashdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada ertaklar orqali o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshirish, diqqatni jamlash va o‘z-o‘zini ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida tajriba va so‘rov metodlaridan foydalanilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining uyda ta’lim olish jarayonida ertakterapiyaning ta’siri sinovdan o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ertakterapiya nafaqat o‘quv jarayonini qiziqarli qiladi, balki bolalarning psixologik barqarorligini mustahkamlashga va o‘quv natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi. Maqola uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilar uchun ertakterapiyadan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi va kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo‘nalishlarni belgilaydi.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
В статье рассматриваются теоретико-методологические основы тригонометрической формы комплексного числа как фундаментального инструмента современного математического анализа. Проведён анализ геометрической природы комплексных чисел, определены модуль и аргумент как базовые характеристики комплексного числа, обеспечивающие переход от алгебраической к тригонометрической форме. Особое внимание уделено вычислительным преимуществам тригонометрической репрезентации при выполнении операций умножения, деления, возведения в степень и извлечения корней. Обоснована роль тригонометрической формы в формировании эффективных вычислительных моделей и её значение в инженерных, физических и аналитических приложениях.
11.01.2026 Ko`rish Yuklab olish