“Jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning oʻrni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

21.11.2025


МАЪНАВИЙ ҚАДРИЯТЛАР - ОҚИЛА ХОТИН -ҚИЗЛАР ГЕНДЕР ТЕНГЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ МУҲИМ ПОЙДЕВОР

Ойниса Мусурманова

Оқила хотин-қизлар гендер тенглигини таъминлашда миллий қадриятлардан самарали фойдаланиш бўйича амалга оширилаётган ижтимоий-маънавий чора-тадбирлар, яратилаётган шарт-шароитлар, гендер тенглик асосида иқтидор ва қобилиятларига кўра илмий билим, малака ва кўникмаларини такомиллаштириш борасида ислоҳатларнинг натижадорлиги, механизмлари, мазмун-моҳияти,таклиф ва тавсиялар ифода этилган.

21.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

KO‘KRAK SUTINING BIOLOGIK AHAMIYATI VA TARKIBIY XUSUSIYATLARI

Abdimalikova Jayrona Abdumajid qizi, Yo‘ldasheva Zarofat Egamberdiyeva

Ko‘krak suti insoniyat tarixida eng bebaho oziq manbai sifatida qadrlanadi. Bu sut chaqaloq uchun tabiiy, muvozanatli va biologik jihatdan to‘liq oziqlantiruvchi manbadir. Uning tarkibida 87% suv, qolgan qismi esa oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitamin va minerallardan iborat. Ayniqsa, kolostrum (birinchi sut) immunoglobulinlarga boy bo‘lib, chaqaloqni infektsiyalardan himoya qiladi. Ko‘krak sutidagi oqsillar — laktoferin va immunoglobulinlar — bola immun tizimini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yog‘lari esa miya hujayralari va ko‘rish tizimining to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlaydi. Laktoza energiya manbai bo‘lish bilan birga, ichak mikroflorasini normallashtiradi. Ko‘krak suti nafaqat chaqaloq salomatligi uchun, balki ona organizmi uchun ham foydalidir: bachadon qisqarishini tezlashtiradi, qon yo‘qotishni kamaytiradi va kelajakda ko‘krak bezi saratoni xavfini pasaytiradi. Shuningdek, ona va bola orasidagi ruhiy-psixologik aloqani mustahkamlaydi. Shu sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hayotning dastlabki olti oyida chaqaloqlarni faqat ko‘krak suti bilan oziqlantirishni tavsiya etadi.

05.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

IJTIMOIY BARQARORLIK SARI: XOTIN-QIZLAR FAOLLIGI VA OILAVIY MUSTAHKAMLIKNI UYG‘UNLASHTIRISH ORQALI TAZYIQSIZ JAMIYAT MODELI

Berdiyeva Nargiza

Mazkur maqolada jamiyat barqarorligini ta’minlashda xotin-qizlarning faolligi va oilaviy mustahkamlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi. Unda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida talqin etiladi. Oilaning mustahkamligi jamiyat barqarorligining poydevori ekani, ayniqsa ayollarning iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida tazyiqsiz ijtimoiy muhitni shakllantirish mumkinligi asoslab beriladi. Jumladan, maqolada innovatsion yondashuvlar asosida zo‘ravonlikka qarshi profilaktik choralar, ayollarning liderlik salohiyatini rivojlantirish va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi.

12.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XOTIN-QIZLARNING HUQUQ VA MANFAATLARINI QONUNIY HIMOYA QILISH

Karaxodjayeva Maxpuza Xamidullaevna

Mazkur maqolada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda davlat siyosatida ayollar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar tahlil qilingan. Shuningdek, xotin-qizlarning huquqiy himoyasi bo‘yicha xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyotidagi asosiy yo‘nalishlar o‘rganilgan.

12.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

FIZIKA TA’LIMIDA RAQAMLI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING PEDAGOGIK ZARURIYATI VA DIDAKTIK O‘RNI

Xudoyeva Hulkar Qandiyorovna

Mazkur maqolada fizika ta’limida raqamli innovatsion texnologiyalarning pedagogik zaruriyati va didaktik o‘rni yoritilgan. Raqamli texnologiyalarning o‘quv jarayoniga ta’siri, ularning samarali o‘qitishdagi roli hamda fizika darslarida qo‘llaniladigan zamonaviy raqamli vositalarning afzalliklari tahlil etilgan. Shuningdek, o‘qituvchining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish zarurligi, raqamli ta’lim muhitida o‘quvchi faolligini oshirish va mustaqil fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari bayon qilingan. Maqolada fizika fanini o‘qitishda virtual laboratoriyalar, interaktiv simulyatsiyalar, sun’iy intellekt va AR/VR texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari, ularni qo‘llash tamoyillari hamda o‘quv jarayoniga integratsiyalashning nazariy va amaliy jihatlari ochib berilgan.

12.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

THE RELEVANCE OF SHAKESPEARE IN CONTEMPORARY KYRGYZ AND UZBEK EDUCATION

Svetlana Alymkulova, Benazir Abdivalieva, Aizhan Zhumanazarova

This paper explores the continuing relevance of William Shakespeare’s works within the educational contexts of Kyrgyzstan and Uzbekistan. Despite differences in language, culture, and historical background, both nations share a growing interest in integrating world literature into their curricula as part of broader educational modernization. Shakespeare’s plays and sonnets offer students valuable insights into universal themes – love, power, morality, and identity – while also providing opportunities to enhance linguistic competence and critical thinking skills. The study examines how Shakespeare is currently taught in secondary and higher education institutions in both countries, highlighting pedagogical challenges such as translation issues, limited teaching resources, and cultural adaptation. It also discusses successful approaches that local educators employ to make Shakespeare more accessible and meaningful for Central Asian students. Ultimately, the paper argues that studying Shakespeare not only strengthens students’ literary and analytical abilities but also fosters intercultural understanding, global awareness, and appreciation of shared human values with Kyrgyz and Uzbek educational systems.

07.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

AYOLLAR INTELLEKTUAL SALOHIYATI - MILLIY TARAQQIYOT MEZONI

Ismatova Umida Foziljon qizi, Shayqulov Hamza Shodievich, Rasulova Muxsina Roziqovna, To’rayeva Gulzoda Xayrullayevna

Mazkur ilmiy maqola Yangi O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlarning ilmiy-ta’lim salohiyatini rivojlantirish masalalarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, ayollar ishtirokini zamonaviy innovatsion taraqqiyot mezonlari asosida baholashni maqsad qiladi. O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan . Taraqqiyot strategiyasi, “Ayollar daftari” instituti, Gender tenglikni ta’minlash milliy dasturi hamda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan davlat siyosati ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning normativ-huquqiy asoslarini mustahkamlamoqda. Shunga qaramay, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarda ayollar orasida yetakchilik lavozimlarida ishtirokning pastligi, ilmiy unvon olish jarayonlarida raqobatbardoshlikning yetarli emasligi, oilaviy-maishiy yuklamaning balandligi hamda psixologik to‘siqlar mavjudligi ushbu yo‘nalishda dolzarb muammolar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot xotin-qizlarning ta’lim va ilmiy faoliyatdagi imkoniyatlarini kengaytirish jarayonida ijtimoiy, iqtisodiy va institutsional omillarning o‘zaro bog‘liqligini ochib beradi hamda Yangi O‘zbekistonning modernizatsiya siyosatida ayollarning intellektual salohiyati muhim strategik resurs ekanini ilmiy asoslaydi.

07.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

THE ROLE AND IMPORTANCE OF DIGITAL LINGUISTICS, ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND TEACHING METHODS IN EDUCATION

Xamrayeva Maxliyo Yulduz qizi

This article explores the growing need and the influence of digital linguistics, artificial intelligence, and modern teaching methods in new alterations of education. Digital linguistics is considered as an essential part of today’s classroom teaching environment as it makes the lesson more interactive, engaging and helps with active learning the actual language that is in daily use. As digital tools develop, their offering assistance would grow with them, so they can analyze better, and allows learners to adjust them, taking into consideration their own needs in education. This endless adaptation strengthens the effectiveness of the new developing technologies and creates a bond between technologies and their users. It gives more insights to both teachers and students about the common mistakes that are made and might have been continuously overlooked in a matter of seconds, which helps them to work on that mistakes and become more confident in their skills of learning the language and for teaching it. Talking about artificial intelligence, it is more about getting a personalized feedback, plans, advice, guidance in the field of education and emotional support and instant process of data for the individual use, that is somehow related to the education as well. From small choices to making the crucial ones, AI always provides with unbiased advice and tips, proving its’ meaningful role in our lives. Finally, the article highlights how teaching methods have changed from traditional classrooms to the modern ones. How they have altered from being teacher-centered to being student-centered and the reasons why it is more efficient than the old methods that are used decades before. The combination of these three topics relation highlights the adaptability and the practicality of education, that is uniquely welcomed by both learners and educators.

07.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

СОЦИАЛЬНЫЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ЗАЩИТЫ ПРАВ ЖЕНЩИН В СЕМЬЕ, ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ СФЕРЕ И В ОБРАЗОВАНИИ

Вайс Элиз Юсуфовна, Агзамова Малика Муратовна

В статье рассматриваются современные социальные и психологические механизмы защиты прав и законных интересов женщин в ключевых сферах общественной жизни: семье, профессиональной деятельности, образовании и здравоохранении. Подчеркивается значимость гендерного равенства как фундаментального принципа государственной политики и международных обязательств, закреплённых в конвенциях ООН и других правовых актах. Особое внимание уделяется вопросам ликвидации дискриминации, профилактики домашнего насилия, обеспечению равного доступа женщин к рынку труда, образовательным ресурсам и медицинской помощи, включая репродуктивное здоровье.

07.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

ЛИНГВОКУЛЬТУРНЫЕ ГРАНИЦЫ СЧАСТЬЯ: ЭВФЕМИЗМЫ, ТАБУ И ФОРМИРОВАНИЕ ЖЕНСКОЙ ИДЕНТИЧНОСТИ В КЫРГЫЗСКОМ И АНГЛИЙСКОМ ДИСКУРСЕ

Ыпышова Нургуль Узакбаевна, Абдикаримова Малика Нышанбаевна, Ташиева Нуржамал Сайпидиновна

Исследование посвящено анализу роли языка в формировании гендерной идентичности и репрезентации женского опыта в условиях культурных изменений. Актуальность темы обусловлена необходимостью осмысления того, как лингвистические средства — особенно эвфемизмы и табу — регулируют восприятие женской роли в обществе. Научная новизна заключается в сопоставительном изучении кыргызского и английского дискурса, где выявляются различные модели женского счастья. Целью работы является определение лингвокультурных механизмов, формирующих нормативные представления о женской идентичности. Методологическая основа включает лингвокультурологический и дискурсивный анализ, а также кейс-анализ речевых практик. Результаты показывают, что в кыргызском дискурсе счастье женщины связано с семейной преданностью и коллективными ценностями, тогда как в английском — с эмоциональной автономией и личностным развитием. Эвфемистические и табуированные выражения выполняют функцию культурной фильтрации, ограничивая пространство допустимого высказывания.

07.12.2025 Ko`rish Yuklab olish