“Jamiyat barqarorligini taʼminlashda ayollarning oʻrni va roli: xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

21.11.2025


JAMIYAT RIVOJIDA XOTIN-QIZLAR KOLLABORATIV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Tojibayeva Nazokatxon

Ushbu maqolada oila va xotin-qizlar tizimi xodimlarining kollaborativ madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi – oila va xotin-qizlar tizimida faoliyat yurituvchi mutaxassislar o'rtasida hamkorlik muhitini yaratish va rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. Maqolada kollaborativ madaniyatning tarkibiy qismlari, shakllanish bosqichlari va rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan. Oila va xotin-qizlar tizimining o'ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda, xodimlarning kasbiy hamkorligini oshirish uchun interaktiv ta'lim texnologiyalari, mentorlik dasturlari, loyihaviy faoliyat va raqamli vositalardan foydalanish yo'llari ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

06.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

AYOLLARNING ILM-FAN VA TAʼLIM SOHASIDAGI ISHTIROKI, IMKONIYATLAR, TO'SIQLAR VA KELAJAKDAGI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Nodira Sulaymonova, Saidov Javohir Olimjon o‘g‘li

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ayollarning ilm-fan va taʼlim sohasidagi o‘rni, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘llari, mavjud imkoniyatlar va to‘siqlar tahlil qilinadi. XXI asrda innovatsiya, raqamli texnologiyalar va fan taraqqiyoti ijtimoiy barqarorlikning asosi sifatida qaralayotgan bir vaqtda, ayollarning bu sohalardagi faolligi global darajada dolzarb masalaga aylangan. Xususan, BMT Bosh Assambleyasining 2015-yildagi qarori asosida 11-fevral sanasining “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” deb belgilanishi dunyo hamjamiyatining ushbu muammo yechimiga e’tiborini oshirgan.

06.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

XALQARO TAJRIBANING O‘ZBEKISTON SHAROITIDA QO‘LLANILISHI: AMALIY MEXANIZMLAR VA ZARUR SHART-SHAROITLAR

Sirojidinova Nodira Rivojiddinovna

Maqolada dual ta’lim xalqaro tajribasining O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi, kasbiy ta’lim tizimiga dual ta’limni joriy etishning tizimli muammolari tahlil qilindi. Tahlil davomida kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi, dual ta’limni samarali yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston sharoitida huquqiy, metodik, pedagogik va infratuzilmaviy shart-sharoitlar, dual ta’limni kasbiy ta’lim uchun afzalliklari va jarayonda aniqlangan muammolar tahlil qilindi va xalqaro tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston kasbiy ta’lim tizimida dual ta’limni muvaffaqiyatli joriy etish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.

04.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI VA ROLI

Shodiyeva Shohsanam G‘anisher qizi, Xusanova Hayriniso Tayirovna

Ushbu maqolada jamiyat barqarorligini ta’minlashda xotin-qizlarning o‘rni va roli har tomonlama yoritilgan. Ayollarning oiladagi tarbiyaviy vazifasi, ularning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlardagi faolligi hamda ma’naviy barqarorlikni mustahkamlashdagi hissasi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, xotin-qizlar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri asoslab beriladi. Maqola xotin-qizlarning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyatini ochib berish va barqaror rivojlanishning muhim omili sifatida ularning rolini ko‘rsatishga qaratilgan.

04.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

XOTIN-QIZLARNING TA'LIM VA FAN SOHALARIDAGI FAOLLIGI -JAMIYAT FAROVONLIGINING DOLZARB AHAMIYATI

Rahimova Sarvinoz Sadiq qizi

Mazkur maqolada xotin-qizlarning ta’lim va fan sohalaridagi faolligi jamiyat farovonligining muhim omili sifatida tahlil qilingan. Muallif tomonidan ayollarning ta’lim tizimidagi o‘rni, ilmiy-tadqiqot va innovatsion jarayonlardagi ishtiroki, shuningdek, davlat siyosatida ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning dolzarb jihatlari yoritilgan. Maqolada xotin-qizlarning intellektual salohiyati va ularning ilmiy faoliyatini rivojlantirish orqali jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga erishish imkoniyatlari asoslab berilgan

04.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA XOTIN-QIZLARNING RO'LI VA AHAMIYATI

Qodirova Ra'no Tuxtayevna

Ushbu maqolada jamiyat barqarorligini ta’minlashda xotin-qizlarning ro‘li va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi faol qatnashuvi orqali jamiyatning rivojlanishi va farovonligiga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Shuningdek, gender tengligi tamoyillari asosida xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlanadi.

04.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

AYOLNING INTELLEKTUAL SALOHIYATI – ILM VA JAMIYATNI UYG‘OTUVCHI QUDRAT

Muxtarova Gulzodaxon Furkatbek qizi, Mirzaitova Muqaddamxon

Mazkur maqolada ayollarning intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotining ustuvor omili sifatida o‘rganilgan. Tadqiqotda ayollarning ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalaridagi faolligi ularning ijtimoiy mavqeini mustahkamlash hamda ma’naviy uyg‘onishni ta’minlashdagi o‘rni nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning ilmiy yondashuvi, innovatsion fikrlashi va ijtimoiy faolligi agrar jamiyatda barqaror rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida yoritilgan.

04.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

OʻZBEKISTONNING RIVOJLANISH TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI

Mustafoeva Durdona Asilovna, Haqqulova Munojat Nomozboyevna

Mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin qizlarning rolini oshirish, ularning ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, salomatligini mustahkamlash, qizlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish bugungi kunning muhim masalalaridan bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin qizlarning mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin qizlarning mamlakatimizda davlat boshqaruvida xotin-qizlarning o‘rnini mustahkamlash masalalari tahlil qilingan bo‘lib, fikr va mulohazalar ilmiy asoslangan.

04.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

JAMIYAT RIVOJI VA BARQARORLIGINI TA`MINLASHDA AYOLLARNING O`RNI

Go`zaloy Mamedova

Bugungi shiddatli zamonimizda Yangi O`zbekistonda ko`p sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijasida yuksak taraqqiyot yuz bermoqda. Bu esa jamiyatimiz rivojida asosiy omil bo`lib xizmat qilmoqda. Jamiyatning barcha qatlami bu jarayonda faol ishtirok etib, yurt ravnaqi, kelajagi uchun fidokorona xizmat qilmoqda. Bu o`rinda ayollarning jamiyatdagi mavqeyini alohida ta`kidlash maqsadga muvofiq. Ma`lumki, barcha zamonlarda o’zbek xalqida xotin-qizlarga alohida munosabat bo`lgan. Shunga ko’ra aytish mumkinri, hozirgi paytda ayollarning siyosat maydonida faol ishtiroki qadimdan mavjud Tarixga nazar solsak, buyuk sarkarda Amir Temur ham o`z davrida davlat boshqaruvida Bibixonimdan maslahat olgani, tang ahvolda undan madad so`ragani, Bobur Mirzoning 12 yoshida taxtga o`tirishi hamda onasi Qutlug`nigor oyimning ko`magida davlatni boshqarishi yoki Nodiraning Amir Umarxon vafotidan so`ng mamlakat ishlarini oqilona boshqargani, Tomarisning Kir IIga qarshi jangi va g`alabasi ajdodlarimizning aql-u zakosidan dalolat. “Oqqan daryo oqaveradi”, deganlaridek, bugungi kun yurtimiz siyosiy maydonida ham o`z o`rniga ega bo`lgan bir qancha rahbar-ayollar : S.Mirziyoyeva, T.Norboyeva, H.Umarova va boshqalari davlat boshqaruvida faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 2mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlarida ayollar rahbarlik qilmoqda . Bu ko`rsatkich ayollarning jamiyatda qanchalik faol ekanliklari isbotidir. So`nggi yillarda ayollarning haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilindi. Shu bois bugungi kunda ayollarga e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, nufuzini mustahkamlash, yetarli shart-sharoit yaratish alohida ahamiyatga ega.

04.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

MAHALLA INSTITUTI ORQALI XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLARDAGI ROLINI KUCHAYTIRISH: MAVJUD HOLAT VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR

Karimova Nozima Nurmuxamadovna, Umatalieva Kamila Taxirovna

Mazkur maqolada O‘zbekistonda mahalla institutining xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi murakkab va ikkiyoqlama roli nazariy jihatdan tahlil qilindi. Tahlil jarayonida mahallaning davlat siyosati ijrochisi sifatidagi institutsional-ma’muriy funksiyasi hamda an’anaviy ijtimoiy normalar tashuvchisi sifatidagi ijtimoiy-madaniy funksiyasi o‘rtasidagi ziddiyatlar va o‘zaro ta’sir nuqtalari o‘rganildi.

04.12.2025 Ko`rish Yuklab olish