Mazkur maqolada xususiy oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilingan. Talabalarning shaxslararo munosabatlari, muloqotga kirishuvchanligi, ijtimoiy moslashuvi, hamkorlik qobiliyati, empatiya, o‘zaro ishonch va guruhdagi psixologik muhit kabi omillarning ijtimoiy munosabatlar shakllanishidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xususiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, talabalar o‘rtasidagi hamkorlik va kommunikativ jarayonlarning ijtimoiy munosabatlar rivojiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida talabalarning ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishda individual-psixologik xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik moslashuv, kommunikativ kompetentlik va guruhiy o‘zaro ta’sirning o‘rni asoslab berilgan. Maqolada talabalarda ijobiy ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan psixologik yondashuvlar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
25.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qattiq jismlar fizikasiga oid mavzularni o‘qitishda vizual-modellashtirish va tajribaviy integratsiya tamoyilini qo‘llashning didaktik hamda metodik asoslari tahlil qilingan. Qattiq jismlar fizikasi bo‘yicha kristall va amorf jismlar, moddaning solishtirma erish issiqligi, erish va qotish jarayonlari kabi mavzularni o‘qitishda vizual modellar, fizik modellar, raqamli simulyatsiyalar va laboratoriya tajribalarini o‘zaro integratsiyalash orqali o‘quvchilarning ilmiy tushunchalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, vizual-modellashtirishning o‘quvchilarning fazoviy tasavvuri, mantiqiy fikrlashi va fizik hodisalarning mohiyatini anglashiga ta’siri asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, vizual modellarni real va virtual tajribalar bilan uyg‘unlashtirish qattiq jismlar fizikasiga oid mavzularni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilish faolligi hamda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlangan.
14.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarining samaradorligini baholashning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda samaradorlik tushunchasi strategik natijadorlik, boshqaruv shaffofligi, xodimlar ishtiroki, akademik etika va institutsional barqarorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq holda talqin qilingan. Korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarining tashkiliy, pedagogik, kommunikativ, raqamli va refleksiv yo‘nalishlari aniqlashtirilgan. Maqolada samaradorlikni baholash uchun mezonlar, indikatorlar va kutiladigan natijalar tizimi taklif etilgan.
12.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada zo‘ravonlikka uchragan ayollarning zo‘ravonlikka uchrash darajasi yosh ko‘rsatkichlari bo‘yicha Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari misolida qiyosiy tahlil qilingan. So‘rovnoma asosida zo‘ravonlik turlari, psixologik holat, oilaviy munosabatlar va yosh xususiyatlari o‘rganildi. Natijalar psixologik yordam hamda profilaktika ishlarini takomillashtirish, hududiy xususiyatlarni hisobga olgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
17.02.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada kompetensiyaviy yondashuv asosida astronomiya fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik va didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Raqamli ta’lim vositalari, interaktiv simulyatsiyalar, virtual laboratoriyalar va onlayn platformalarning talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida astronomiya ta’limini tashkil etishning afzalliklari hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar bayon etilgan.
20.02.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida virtual texnologiyalar yordamida axborot kompetentligini rivojlantirish tizimi haqida zaruriy pedagogik ma’lumotlar berilgan. Maqolada axborot kompetentlik ta’rifi, virtual ta’lim texnologiyasi mazmuni, maqsad va vazifalari, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashdagi imkoniyatlari va samaradorligi haqida ham fikrlar keltirilgan.
02.03.2026 Ko`rish Yuklab olish
This paper examines the role of virtual technologies in developing information competence among future primary school teachers and proposes a system-based approach for integrating digital tools into teacher education. The study emphasizes the importance of digital transformation in education and highlights how virtual learning environments enhance pedagogical preparation, self-directed learning, and professional adaptability. The research findings suggest that structured implementation of virtual technologies significantly improves students’ ability to access, analyze, and apply information in educational contexts. The proposed model includes diagnostic, motivational, theoretical-practical, and monitoring stages aimed at systematically developing information competence in teacher training programs.
02.03.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada ingliz tilida yozish ko‘nikmasini rivojlantirishda kommunikativ yondashuvning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi kunda chet tillarini o‘qitishda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yozish ko‘nikmasi talabalarning fikrlarini aniq, mantiqiy va mazmunli ifodalashida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada kommunikativ yondashuvning mazmun-mohiyati, uning yozma nutqni rivojlantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llanilish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, kommunikativ metodlarning talabalarning yozma kompetensiyasini shakllantirishdagi samaradorligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan.
15.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ingliz tilida yozma nutqini rivojlantirish jarayonida uchraydigan grammatik va leksik qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Yozma kompetensiyaning shakllanishiga ta’sir qiluvchi lingvistik va metodik omillar yoritilib, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan samarali pedagogik yondashuvlar tavsiya etiladi. Tadqiqot davomida mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi.
15.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida kompyuter tizimlarini joriy etishning hozirgi holatini, xususan, fizika fanini o‘qitish jarayonida ularning qo‘llanilishini tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kompyuter tizimlari va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyalashning asosiy yo‘nalishlari, afzalliklari, muammolari va kelajakdagi istiqbollari ko‘rib chiqiladi, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida qabul qilingan qonun hujjatlari va amaliy chora-tadbirlar tahlil qilinadi, fizika o‘qitishda simulyatsiya dasturlari, masofaviy ta’lim platformalari va raqamli infratuzilmaning o‘rni alohida e’tibor markazida bo‘lib, tadqiqot natijasida kompyuter tizimlarini yanada samarali joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
15.06.2026 Ko`rish Yuklab olish