“Oʻzbekiston san’atshunosligida dolzarb masalalar: nazariya va amaliyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

12.10.2026


АКТУАЛЬНОСТИ МУЗЕЙНЫХ ФОНДОВ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКЕ БУДУЩИХ МАСТЕРОВ ДЕКОРАТИВНО-ПРИКЛАДНОГО ИСКУССТВА

Равшан Фатхуллаев

Статья посвящена роли музейных фондов в профессиональной подготовке будущих мастеров декоративно-прикладного искусства. Автор рассматривает музейные фонды не просто как хранилища артефактов, а как живую научно-исследовательскую и технологическую лабораторию. В работе анализируются информационно-познавательная, технолого-аналитическая и эстетико-пластическая функции музейной среды, а также формы работы студентов (фондовые зарисовки, академическое и технологическое копирование, атрибуция). Подчеркивается незаменимость тактильного и фактурного опыта подлинника в сочетании с современными цифровыми технологиями для сохранения традиций и развития творческой индивидуальности будущих художников.

12.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

ЎЗБЕК ОПЕРАСИНИНГ ИЛК ПРОФЕССИОНАЛ САҲНА БЕЗАКЛАРИ: УСТА МЎМИН (НИКОЛАЕВ) ТАЖРИБАСИ

Дилафруз Қодирова

Ўзбек опера театри тарихи асрлар давомида яратилган ўзига хос халқ санъати (мусиқа, қўшиқ ва рақс)нинг Европа мусиқали театри тажрибаси билан синтезидан иборат. Ўзбек опера ва балет театрининг унсурлари ХХ аср бошида драматик ва мусиқали-драматик спектаклларни яратишда тенг иштирок этган илк театр труппалари фаолияти асосида шаклланган. Ҳамза Ҳакимзода Ниёзий, кейин Маннон Уйғур, Муҳиддин қори Ёқубовлар айнан мусиқий-драматик асосда ижод қилдилар. Муҳиддин қори Ёқубов раҳбарлигидаги мусиқали этнографик ансамбль ўзбек мусиқали театри пойдеворини қўйишда муҳим роль ўйнаган.

20.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

TEMURIYLAR AMALIY SANATIDAGI BADIIY USLUBLAR EVOLYUSIYASI VA TURKIY ESTETIK ANANALARNING O‘ZARO TA’SIRI

Dilafro‘z Qurbonova

Ushbu maqolada Temuriylar davri amaliy san’atining shakllanish bosqichlari, badiiy uslublarning rivojlanish qonuniyatlari hamda ushbu jarayonda turkiy estetik an’analarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Temuriylar renessansi davridagi sintezlashgan madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, xorijiy muzeylarda saqlanayotgan temuriylarga oid ashyolarning ilmiy tavsiflari ham yoritiladi.

19.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

ZAMONAVIY KINOSНUNOSLIK: MUAMMO VA YЕCНIMLAR

Niyazova Xafiza Xakimovna

Ushbu tezisda zamonaviy kinoshunoslik ilmining konseptual va metodologik muammolari hamda ularning bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar va mediaplatformalarning rivojlanishi kino san’atini anglashda yangicha nazariy yondashuvlarni talab etmoqda. Maqolada an’anaviy san’atshunoslik tahlilini raqamli gumanitar fanlar (Digital Humanities) va medianazariya bilan integratsiya qilish, shuningdek, globallashuv sharoitida milliy kinematografning o‘ziga xosligini saqlash bo‘yicha amaliy va nazariy yechimlar ilgari surilgan.

19.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

САНЪАТ ТАЪЛИМИ: ИННОВАЦИОН ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАР ВА ЗАМОНАВИЙ МЕТОДЛАР

Наргиза Хасанова Сагдуллаевна

Мақолада тасвирий санъат таълимида қўлланилаётган инновацион педагогик технологиялар ва замонавий методлар тизимли таҳлил қилинади. Лойиҳавий таълим, STEAM ёндашуви, рақамли воситалар, муаммоли таълим, «тескари синф» модели ва портфолио баҳолаш тизими каби замонавий усулларнинг тасвирий санъат фанини ўқитишдаги самарадорлиги ёритилган. Шунингдек, инновацион методларни амалиётга татбиқ этишдаги мавжуд муаммолар аниқланиб, уларни бартараф этиш бўйича таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.

19.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

THE CONTEMPORARY VIEW ON THE DOCUMENTING THE PRESENT: DIGITALISATION AND THE STUDY OF CONTEMPORARY ART IN UZBEKISTAN

M.M. Zayniddinova

This article considers existing documentation practices in Uzbekistan and their limitations, arguing for more sustained initiatives and a shared digital infrastructure that can support the long-term study of contemporary art.

19.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

XIX–XX ASRLARDA RUS BADIIY MAKTABLARINING SHAKLLANISHI VA USLUBIY TARAQQIYOTI

Zarifova Dilfuza Omon qizi

Mazkur maqolada XIX–XX asrlarda rus badiiy maktablarining taraqqiyot bosqichlari hamda ularning rangtasvir amaliyotiga olib kirgan uslubiy yangiliklari ko‘rib chiqiladi. Olib borilayotgan tadqiqotda akademik ta’lim an’analarining takomillashuvi, naturadan ishlashni o‘rganish metodlari, chizmatasvir hamda rangtasvirning o‘zaro aloqasi, kompozitsion tushunchaning shakllanishi va realistic yo‘nalishning rivojlanish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Shu bilan bir qatorda XX asr boshlarida an’anaviy akademik tayyorgarlikning yangi badiiy oqimlar bilan aloqasi haqida yoritiladi va ushbu tadqiqotda badiiy maktablarning asosiy metodik tamoyillari talqin etiladi.

19.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

RAQAMLI GRAFIKA DIZAYNINING GENEZISI VA NAZARIY KONSEPSIYALARI: JAHON DIZAYN TAJRIBASI KONTEKSTIDA

Yusupova Nigora Vasikdjanovna

Maqolada raqamli grafika dizaynining genezisi jahon grafik dizayni tarixidagi uzluksiz transformatsiya jarayoni sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli grafika dizaynining paydo bo‘lishini faqat kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi bilan cheklamasdan, yozuv va bosma madaniyat, sanoat davri vizual kommunikatsiyasi, modernistik tipografiya, tizimli dizayn, desktop publishing, tarmoq interfeyslari hamda algoritmik-generativ vositalar o‘rtasidagi tarixiy-mantiqiy bog‘liqlikni ochib berishdan iborat. Tarixiy-qiyosiy, formal-stilistik, tizimli va media-arxeologik yondashuvlar asosida raqamli grafika dizaynining olti bosqichli rivojlanish modeli taklif etiladi. Shuningdek, funksionalizm, grid tizimi, rang va idrok nazariyasi, semiotik-kommunikativ yondashuv, dasturiy dizayn hamda yangi media nazariyasi kabi konsepsiyalarning zamonaviy raqamli dizayn amaliyotiga ta’siri ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida raqamli grafika dizayni texnologik vosita emas, balki vizual grammatika, mualliflik modeli, kommunikativ mantiq va media muhitining birgalikdagi o‘zgarishidan tashkil topgan murakkab madaniy-estetik tizim sifatida izohlanadi.

19.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

YANGI O’ZBEKISTON ME’MORCHILIGIDA AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY USLUBDA BEZAKLARNING QO’LLANILISHI

Xusnutdinova Fazilat Abdumananova

Mazkur maqolada O’zbekiston zamonaviy me’morchiligida milliy amaliy san’at an’analarining qayta talqin qilinishi yog’och o’ymakorligi misolida tahlil etiladi. Tadqiqotda yog’och o’ymakorligining tarixiy me’moriy muhitdagi vazifasi, an’anaviy naqsh va kompozitsiyalarning badiiy dizaynxususiyatlari hamda ularning zamonaviy interyer va eksteryer yechimlarida qo’llanish imkoniyatlari ko’rib chiqilgan. Asosiy e’tibor an’anaviy bezakni zamonaviy binoga mexanik ravishda ko’chirish emas, balki uning kompozitsion mantig’i, material bilan ishlash madaniyati va milliy obrazini yangi me’moriy sharoitda davom ettirish masalasiga qaratiladi. Yog’och o’ymakorligining Xiva, Qo’qon, Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi hududlarda shakllangan mahalliy maktablari o’ziga xos badiiy usullari bilan ajralib turishi aniqlanadi. Tadqiqot davomida an’anaviy naqshlarning soddalashtirilishi, tabiiy yog’och fakturasining zamonaviy materiallar bilan uyg’unlashtirilishi, shuningdek, qo’l mehnati va yangi texnologiyalarning birgalikda qo’llanishi zamonaviy me’morchilikda milliylikni ifodalashning samarali yo’llaridan biri ekanligi asoslanadi. Natijada yog’och o’ymakorligi faqat bezak elementi emas, balki tarixiy xotira, madaniy davomiylik va zamonaviy milliy me’moriy qiyofani bog’lovchi badiiy vosita sifatida namoyon bo’lishi ta’kidlanadi.

19.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

TOSHKENT KO‘P QAVATLI TURAR-JOY ME’MORCHILIGIDA FASADNING BADIIY IMKONIYATLARI: XX ASR OXIRI VA XXI ASR BOSHIDAGI O‘ZGARISHLAR

Xusniddinova Muslimaxon Doniyor qizi

Mazkur maqolada Toshkent shahridagi turar joy me’morchiligida XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida yuz bergan badiiy tamoyillar o‘zgarishi san’atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida 1966-yildan 2010-yillargacha barpo etilgan turar joy binolarining me’moriy-tuzilmaviy xususiyatlari, tashqi fasadlaridagi monumental-badiiy bezaklar uchun qo‘llanish imkoniyatlari hamda ularning shahar muhitidagi estetik ahamiyati o‘rganiladi. Mazkur davr me’morchiligida keng qo‘llanilgan mozaika va mahobatli san’at namunalari, keyingi bosqichlarda esa mural san’atining turar joy binolari fasadlarida shakllanishi va rivojlanishi bosqichma-bosqich tahlil qilinadi.

19.10.2026 Ko`rish Yuklab olish