“SEL metodikalari (Social–emotional learning) asosida milliy tarbiya tizimini rivojlantirish: xalqaro tajriba, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

26.05.2026


SINGAPUR TA’LIM METODLARINING ZAMONAVIY TA’LIMDAGI O‘RNI: XALQARO BENCHMARK VA GLOBAL TRANSFORMATSIYA PARADIGMASI

Mamanazarova Oydiniso

Ushbu maqolada Singapur ta’lim tizimining zamonaviy global ta’lim landshaftidagi strategik o‘rni tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqot Singapur modelining asosiy ustunlari — meritoratik tanlov va ikki tillilik siyosatidan tortib, XXI asr kompetensiyalari (21CC) hamda sun’iy intellektga asoslangan ta’lim texnologiyalarigacha bo‘lgan evolyutsion bosqichlarini qamrab oladi. Shuningdek, maqolada ushbu modelning O‘zbekiston ta’lim islohotlari uchun amaliy ahamiyati, xususan, STEM yo‘nalishidagi hamkorlik va pedagog kadrlar malakasini oshirish misolida yoritiladi. Xalqaro tadqiqotlar (PISA, TIMSS) va hukumat hujjatlariga tayangan holda, Singapur tajribasi “kamroq o‘rgat, ko‘proq o‘rgan” falsafasidan tortib, inklyuziv va raqamli transformatsiyagacha bo‘lgan yo‘nalishlarda zamonaviy ta’lim uchun unikal benchmark modelini taqdim etadi.

25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

IJTIMOIY-EMOTSIONAL TA’LIMNING O‘QUVCHILAR SHAXSIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI

Karimov Komiljon Abdurahimovich

Mazkur maqolada ijtimoiy-emotsional ta’limning o‘quvchilar shaxsiy rivojlanishidagi o‘rni, uning pedagogik va psixologik asoslari, zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning emotsional barqarorligi, kommunikativ kompetensiyasi va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ijtimoiy-emotsional ta’limning o‘quvchilarda empatiya, o‘zini boshqarish, mas’uliyat, stressga bardoshlilik, jamoada ishlash va konfliktlarni tinch yo‘l bilan hal qilish kabi kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida ijtimoiy-emotsional ta’limni joriy etishning dolzarbligi va istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan.

25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

IJTIMOIY-EMOTSIONAL O‘QITISH METODIKALARINI SAMARALI TASHKIL ETISH ZAMON TALABI!

Ibraimov Xolboy Ibragimovich

Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari tez rivojlanayotgan davrda yosh avlodni nafaqat bilimli, balki ma’naviy barkamol, hissiy jihatdan barqaror va ijtimoiy mas’uliyatli etib tarbiyalash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, dunyo ta’lim tizimida keng qo‘llanayotgan SEL (Social–Emotional Learning) — ijtimoiy-emotsional o‘qitish metodikalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu metodika o‘quvchilarda hissiyotlarni boshqarish, samarali muloqot qilish, jamoada ishlash, muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda mas’uliyatli qaror qabul qilish kabi hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

MILLIY VA XALQARO TAJRIBALAR ASOSIDA IJTIMOIY-EMOTSIONAL TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Feruza Ibragimova

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida muhim pedagogik yo‘nalishlardan biri hisoblangan SEL (Social – Emotional Learning) metodikalarining mazmun-mohiyati, ularni milliy tarbiya tizimiga integratsiya qilish masalalari hamda xalqaro tajribalar tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni shakllantirishda uchrayotgan muammolar, ularning pedagogik va psixologik sabablari hamda amaliy yechimlari yoritilgan. Maqolada milliy qadriyatlar asosida yoshlarning emotsional barqarorligi, ijtimoiy moslashuvi va ma’naviy kamolotini rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

SOSİAL-EMOSİONAL ÖYRƏNMƏ ƏSASINDA MİLLİ TƏHSİL SİSTEMİNİN İNKİŞAFI: BEYNƏLXALQ TƏCRÜBƏ, PROBLEMLƏR VƏ HƏLL YOLLARI

Gunel Hummetli

Müasir dövrdə təhsil sistemində baş verən sürətli dəyişikliklər yalnız akademik biliklərin deyil, eyni zamanda sosial və emosional bacarıqların da inkişaf etdirilməsini vacib etmişdir. Sosial-emosional öyrənmə (SEL) metodologiyası şagirdlərin emosional intellektinin, empatiya qabiliyyətinin, ünsiyyət bacarıqlarının və sosial adaptasiya səviyyəsinin inkişafına yönəlmiş mühüm pedaqoji yanaşmalardan biri hesab olunur. Məqalədə SEL metodologiyalarının milli təhsil sistemində tətbiqi, beynəlxalq təcrübələr, mövcud problemlər və onların həlli yolları geniş şəkildə təhlil edilmişdir. ABŞ, Finlandiya, Sinqapur və Cənubi Koreya kimi ölkələrin təcrübələri müqayisəli şəkildə araşdırılmış, SEL proqramlarının şagird nailiyyətlərinə və məktəb mühitinə təsiri elmi mənbələr əsasında izah edilmişdir. Tədqiqat nəticələri göstərir ki, sosial-emosional öyrənmə şagirdlərin psixoloji dayanıqlığını artırır, aqressiv davranışların azalmasına səbəb olur və akademik uğurları yüksəldir. Məqalədə həmçinin Azərbaycan təhsil sistemində SEL yanaşmasının tətbiqi perspektivləri və bu istiqamətdə görülməsi vacib olan tədbirlər müəyyənləşdirilmişdir.

25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

IJTIMOIY-EMOTSIONAL O‘QITISH METODIKALARI VA ULARNI MILLIY TARBIYA JARAYONLARIDAGI AMALDIY AHAMIYATI

R.X. Djurayev

SEL (Social–Emotional Learning) metodikasining tarbiya borasidagi ahamiyati shundaki, u yosh avlodni nafaqat bilimli, balki ma’naviy yetuk, hissiy jihatdan barqaror va ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy tarbiya jarayonida bolaning ichki dunyosi, hissiyotlari va jamiyat bilan munosabatlari muhim o‘rin tutadi. SEL metodikasi aynan shu jihatlarni rivojlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

ETNOESTETIK QADRIYATLARNI O‘RGATISHDA TA’LIM BOSQICHLARI UZVIYLIGI

Erkinjonova Guljaxon Farxodjon qizi

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ta’limning uzluksiz tizimi doirasida etnoestetik madaniyatni shakllantirish masalasi kompleks tarzda ko‘rib chiqiladi. Mualliflar maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim bosqichlarida estetik tarbiya mazmuni, metodik yondashuvlar va mavjud muammolarni tahlil qiladi. Maktabgacha ta’limda xalq og‘zaki ijodi va san’at orqali bolalarda estetik didni shakllantirish muhimligi ta’kidlanadi. Umumiy o‘rta ta’limda esa “Tarbiya” fani, badiiy fanlar va tashabbus loyihalari orqali milliy qadriyatlarni singdirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Oliy ta’lim bosqichida pedagog kadrlarning estetik kompetensiyasini oshirish va tarbiya uzviyligini ta’minlash mexanizmlari ilgari suriladi. Maqolada har bir bosqichga oid muammolar va ularning yechimlari asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xulosa sifatida, uzluksiz ta’limda etnoestetik madaniyatni samarali shakllantirish uchun yagona konseptual yondashuv va metodik uzviylik zarurligi asoslanadi.

25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

SEL METODIKALARI (SOCIAL–EMOTIONAL LEARNING) ASOSIDA MILLIY TARBIYA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH: XALQARO TAJRIBA, MUAMMO VA YECHIMLARI

Baynazarova Gulnoza Abdurasulovna

В данной статье проанализированы теоретические основы методик SEL (Social–Emotional Learning), а также вопросы их интеграции в национальную систему воспитания. На основе международного опыта раскрыта значимость методик SEL в развитии социально-эмоциональных компетенций обучающихся. Также рассмотрены существующие проблемы в национальной системе воспитания, пути их преодоления и эффективные решения на основе инновационных педагогических подходов.

25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish