“Mahalla-oila-maktab hamkorligi asosida o‘quvchi-yoshlarda zo‘ravonlikka qarshi immunitetni shakllantirish: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

10.06.2026


GENDER TENGLIK VA O’ZINI ANGLASH

Xaydarova Sayyora Chinaliyevna

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda muhim mavzularidan biri bo‘lgan gender tengligi yoritiladi. Inson ruhiyati va shaxsiy taraqqiyoti ko‘p jihatdan jamiyatdagi turli xil kutilmalarga bog‘liq. Bundan tashqari turli xil bosimlarga duch kelganda inson o‘zini qanday anglashi kerakligi yoritilib o‘tiladi.

11.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

TALABALARNING IJODIY KOMPETENTLIGINI EVRISTIK METODLAR VA IJODIY TA’LIM MUHITI ORQALI RIVOJLANTIRISH

Abdullayeva Irodaxon Xayrulla qizi

Zamonaviy oliy ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri talabani tayyor bilimlar bilan qurollantirish emas, balki unda yangilik yarata olish, nostandart vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish va o‘ziga xos yechim taklif eta bilish qobiliyatini shakllantirishdir. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonunida ta’lim shaxsning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilganligi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida esa o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etish, talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Shu bois talabalarning ijodiy kompetentligini rivojlantirish masalasi bugungi pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biriga aylandi.

12.08.2026 Ko`rish Yuklab olish

SUN’IY INTELLEKTGA NISBATAN HISSIY QARAMLIKNING PSIXOLOGIK MAZMUNI VA ILMIY-NAZARIY YONDASHUVLARI

Oqmurzayev Dilshod Jo‘raqul o‘g‘li

Jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt texnologiyalarining shaxs psixologiyasi, emotsional farovonligi, motivatsiyasi, ijtimoiy munosabatlari hamda xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy tadqiqotlarda sun’iy intellekt bilan doimiy muloqot qilish natijasida ayrim foydalanuvchilarda texnologiyaga nisbatan ishonchning ortishi, hissiy tayanch sifatida qabul qilinishi, yolg‘izlik hissining vaqtinchalik kamayishi, biroq real ijtimoiy munosabatlarga ehtiyojning pasayishi va emotsional qaramlikning kuchayishi kuzatilayotgani ta’kidlanmoqda.

07.08.2026 Ko`rish Yuklab olish

SHAXSNING O‘ZINI ANGLASH, O‘Z HISSIY HOLATLARINI BOSHQARISH, IJTIMOIY MUHITGA MOSLASHISH PSIXOLOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MAJMUASI SIFATIDA

Botirova Yorqinoy Dilshod Qizi

Psixologik madaniyat shaxsning o‘zini anglash, o‘z hissiy holatlarini boshqarish, ijtimoiy muhitga moslashish, muloqot madaniyatini rivojlantirish hamda shaxslararo munosabatlarda samarali faoliyat yuritish qobiliyatlari majmuasi sifatida qaraladi. U shaxsning ichki psixik jarayonlarini anglash va boshqarish imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, uning ijtimoiy faoliyatini optimallashtiradi. Zamonaviy psixologik yondashuvlarda psixologik madaniyat shaxsning integrativ xususiyati sifatida talqin qilinadi va u kognitiv, emotsional, irodaviy, refleksiv va kommunikativ komponentlardan tashkil topgan murakkab tizim sifatida baholanadi.

17.07.2026 Ko`rish Yuklab olish

KREATIV TAFAKKURNING AVLODLARARO TRANSFORMATSIYASI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI TENDENSIYALAR VA PSIXOLOGIK OMILLAR

Yusupova Gulbahor

Mazkur maqolada kreativ tafakkurning avlodlararo transformatsiyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi zamonaviy tendensiyalar va psixologik omillar tahlil qilinadi. Xususan, Z va Alfa avlodlari misolida raqamli muhit, ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar hamda kognitiv jarayonlarning kreativlik shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Shuningdek, kreativ tafakkurning rivojlanish dinamikasi, uning psixologik mexanizmlari va ta’lim jarayonida qo‘llanilishi bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

30.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

MAHALLA–OILA–MAKTAB HAMKORLIGI ASOSIDA O‘QUVCHI-YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH VA EKOLOGIK MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Yusupova Sabrina Dilshod qizi

Mazkur maqolada mahalla, oila va maktab hamkorligi asosida o‘quvchi-yoshlarda ekologik ong, ekologik madaniyat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish masalalari yoritiladi. Bugungi kunda ekologik muammolarning kuchayib borishi yosh avlodda tabiatni asrash, resurslardan oqilona foydalanish, chiqindilarni kamaytirish va sog‘lom ekologik muhitni saqlashga doir bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishni talab etmoqda. Maqolada ekologik tarbiyani samarali tashkil etishda maktab ta’limi, oilaviy tarbiya hamda mahalla institutining o‘zaro hamkorligi muhim omil sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarda ekologik muammolarni anglash, ularning oldini olish va bartaraf etishda amaliy faoliyat, targ‘ibot ishlari, ekologik tadbirlar va jamoatchilik nazoratining ahamiyati asoslab beriladi.

30.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

KITOB MUTOLAASI VOSITASIDA AGRESSIV XULQ-ATVORNING OLDINI OLISH

Yunusova Dildoraxon Xikmat qizi, Qalandarova Shaxnoza Olim qizi

Mazkur tezisda o‘quvchilarda agressiv xulq-atvorning oldini olishda kitob mutolaasining tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilingan. Kitobxonlikning yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamoloti, empatiya, muloqot madaniyati va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, oila, maktab va mahalla hamkorligi asosida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali zo‘ravonlikning oldini olish yo‘llari bayon etilgan.

30.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

BOSHLANG‘ICH MAKTABDA O‘QITUVCHILAR VA OTA-ONALAR O‘RTASIDAGI SAMARALI O‘ZARO HAMKORLIKNING QONUNIYATLARI, TAMOYILLARI, PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK SHARTLARI

Yuldashev G‘ayratjon Ne’matjon o‘g‘li

Ushbu maqolada boshlang‘ich maktabda o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari hamda psixologik-pedagogik shart-sharoitlari yoritiladi. Ota-ona va pedagog o‘rtasidagi hamkorlik bola shaxsining barkamol rivojlanishida hal qiluvchi omil sifatida tahlil qilinadi.

30.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

RAQAMLI MAKONDA O‘QUVCHILAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MAHALLA, MAKTAB VA OTA-ONALAR HAMKORLIGI

Umaraliyeva Muxayo Abdugaparovna

Mazkur maqolada raqamli makonda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashda mahalla, maktab va ota-onalar hamkorligining pedagogik, ijtimoiy hamda tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida bolalar va o‘smirlarning internetdan foydalanish ko‘lami kengayib borayotganligi, bu esa turli xavf-xatarlar, jumladan, kiberzo‘ravonlik, zararli axborotlar ta’siri, internetga qaramlik va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirayotgani tahlil qilingan.

30.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

IJTIMOIY XAVFSIZ MUHIT YARATISHDA MAHALLA, TA’LIM MUASSASALARI VA OTA-ONALAR HAMKORLIGINING PROFILAKTIK AHAMIYATI

Xudayberdiyev Mirolim Iskandar o‘g‘li

Mazkur maqolada ijtimoiy xavfsiz muhitni shakllantirishda mahalla, ta’lim muassasalari va ota-onalar hamkorligining profilaktik ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishda ushbu institutlarning o‘zaro hamkorligi muhim omil sifatida yoritilgan. Shuningdek, hamkorlikning mavjud holati, muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha ilmiy xulosalar bayon etilgan.

30.06.2026 Ko`rish Yuklab olish