“Ta’lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion strategiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

10.09.2026


ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ ДИАГНОСТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Мустафаева Замира Саидкуловна

В статье рассматриваются дидактические возможности развития диагностической компетентности будущих педагогов в процессе профессиональной подготовки. Обоснована актуальность формирования способности будущего специалиста, анализировать педагогические ситуации, выбирать диагностические методы, интерпретировать полученные данные и принимать обоснованные педагогические решения.

12.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TA’LIM SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI TASHKILIY-PEDAGOGIK OMILLAR: TASNIFI, TAHLILI VA BOSHQARUV MEXANIZMLARI

Jo‘rayev Dilshod Rashidovich

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi tashkiliy-pedagogik omillar tizimli tasniflangan, ularning ta’sir darajasi eksperimental ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Omillar ichki-tashqi, subyektiv-obyektiv, moddiy-texnik va kadrlarga oid mezonlar bo‘yicha guruhlangan. Tadqiqot natijalari 2024-2025 o‘quv yilida 10 ta maktab, 270 nafar pedagog va rahbar xodim, 300 nafar o‘quvchi ishtirokidagi so‘rovnoma va statistik tahlillarga asoslangan. Omillarning ta’lim sifatiga ta’sir kuchi regressiya tahlili yordamida aniqlangan bo‘lib, eng kuchli ta’sir etuvchi omillar - rahbarning boshqaruv uslubi (β=0,42), o‘qituvchilar motivatsiyasi (β=0,38), byurokratik yuklama (β=-0,35) va moddiy-texnik baza (β=0,29) ekanligi aniqlangan. Ushbu omillarni boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA CHET TILLARNI O‘QITISHDA DIZAYN-FIKRLASH METODI ORQALI TAKOMILLASHTIRISHNING TAJRIBA-SINOV JARAYONI

Gulnoza Toshmuhammedova

Oliy ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitish jarayonida talabalar motivatsiyasining pasayishi, o‘quv dasturlarining yetarlicha moslashuvchan emasligi va mashg‘ulotlarda faol ishtirokning sustligi kabi muammolar uchraydi. Mazkur maqolada ushbu muammolarni kamaytirishda dizayn-fikrlash metodidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Dizayn-fikrlash talabaning ehtiyojlarini tushunish, muammoni aniq belgilash, ijodiy yechimlar ishlab chiqish, ularni amaliyotda sinash va natijalarga qarab takomillashtirishga asoslangan yondashuvdir. O‘zbekistonning uchta oliy ta’lim muassasasida ingliz tilini o‘rganayotgan 120 nafar bakalavriat talabasi eksperimental va nazorat guruhlariga ajratilgan. Natijalar dizayn-fikrlash asosida ta’lim olgan guruhda til testlari natijasi 27 foizga, an’anaviy usuldan foydalangan guruhda esa 13 foizga oshganini ko‘rsatadi. Eksperimental guruh ishtirokchilarining 84 foizi motivatsiya va darsdagi faolligi oshganini bildirgan; nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 52 foizni tashkil etgan. Ushbu natijalar dizayn-fikrlashni talaba markazidagi, hamkorlikka va amaliy muloqotga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishda qo‘llash istiqbolli ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, yondashuvni turli tillar, madaniy muhitlar va til bilish darajalarida yanada chuqurroq o‘rganish zarur.

11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

DESIGNING VIDEO-BASED TASKS TO FOSTER COGNITIVE ENGAGEMENT AND CRITICAL THINKING AMONG PROSPECTIVE ENGLISH TEACHERS

Abdujalilova Ra’nohon Bahramjon qizi

This article explores how video-based tasks can support cognitive engagement and critical thinking among prospective English teachers. Drawing on international and Uzbek scholars’ perspectives, it proposes an approach that connects pre-, while-, and post-viewing activities with comprehension, analysis, and evaluation.

11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY-IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

Mavlonova Gulchehra G’ulomovna

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda boshlang‘ich ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,ayniqsa pedagoglarning faoliyatining sifatini hamda malakasini uzluksiz oshirish orqali keng islohotlar olib borilishi natijasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning keng va o‘ziga xos tizimi yo‘lga qo‘yildi va bu borada ijodiy kompetentlikni shakllantirishning elektron monitoring tizimini yaratish lokal modulli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, talabalarning ijodkorligini baholash mezonlari va parametrlarini aniqlashtirishning prognostik modellarini tatbiq etishning me’yoriy asoslari ishlab chiqildi.

05.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

BO‘LAJAK RUS TILI O‘QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING RAQAMLI DIDAKTIK TA’MINOTINI YARATISH BOSQICHLARI

Erkinova Nozima Utkir qizi

Ushbu maqolada bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini raqamli didaktik muhit asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Raqamli ta’lim resurslariga qo‘yiladigan talablar, raqamli didaktik muhit tamoyillari hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ahamiyati ochib berilgan.

29.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

CLOSING THE FINANCING LOOP OF RAILWAY INNOVATION: DEPRECIATION-BALANCE FORECASTING AND A FOUR-CHANNEL INNOVATION DEVELOPMENT FUND FOR UZBEKISTAN’S SEPARATED RAILWAY

Muradov Bahrom

Innovation spending in state-owned railways is often financed from the residual of the annual budget, so it rises in good years and collapses in bad ones. This article examines the problem for JSC Uzbekistan Railways after the 2023 separation and proposes a design that ties innovation resources to asset renewal rather than to profit. The wear of fixed assets is modelled with a depreciation-balance identity, et = (et−1 + a)/(1 + γω), calibrated on reporting data (a = 0.1039, γ = 0.3888; R2 = 0.965 against 0.211 for a regression alternative). The identity yields a steady-state rule from which the critical investment share is derived: keeping wear at the 60% threshold requires investment of at least 44.5% of total expenditure, whereas the share was 24.25% in 2025. At that share no interior equilibrium exists, and wear in the inertial scenario reaches 79.9% by 2031. On the financing side, a four-channel innovation development fund is built from a 1.5% tariff allocation, a 1% allocation from the investment programme, recycling of 50% of the foreign currency saved through localization, and a residual subsidy channel. The fund grows from UZS 336.3 billion in 2026 to UZS 735.0 billion in 2031 (UZS 3,122.4 billion cumulatively), exceeds the 2% research-intensity target in every year and every sensitivity variant without subsidies, and lowers the coefficient of variation of innovation spending from 100.1% to 26.2%. The currency-savings channel closes a financial loop between the fund and the network’s industrial core, raising the self-financing share from 4.3% to 11.7%.

10.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

BO‘LAJAK MADANIYAT SOHASI XODIMLARINING PRODYUSERLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Shomurodov Avazbek Abdulxamidovich

Ushbu tezisda bo‘lajak madaniyat sohasi xodimlarining prodyuserlik kompetensiyalarini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, prodyuserlik faoliyatining ko‘p qirrali tabiyati hisoblangan ijodiy g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishdan tortib, tashkiliy-boshqaruv ko‘nikmalarigacha bo‘lgan kompetensiyalar majmui atroflicha yoritilgan. Shuningdek, an’anaviy motivatsion yondashuvlar hamda metodlarga ham qisqacha to‘xtalib o‘tilgan.

17.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI MENEJERLARINING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI TASHXISLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Abdumo‘minova Lobar Abdujabbarovna

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti menejerlarining intellektual salohiyatini tashxislashning pedagogik shart-sharoitlari, mazkur jarayonning mazmuni va uni samarali tashkil etish mexanizmlari yoritilgan. Menejerlarning tahliliy fikrlashi, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishi, boshqaruv faoliyatini rejalashtirishi, innovatsion yondashuvlardan foydalanishi hamda o‘z faoliyatini refleksiv baholash qobiliyatlarini aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, tashxislash jarayonida mezon va ko‘rsatkichlarni belgilash, individual yondashuvni ta’minlash, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanish muhitini yaratish va natijalarni boshqaruv amaliyotiga tatbiq etishning ahamiyati asoslangan. Maqolada maktabgacha ta’lim menejerlarining intellektual salohiyatini tizimli ravishda o‘rganish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar bayon etilgan.

24.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

TAYYORLOV GURUHI BOLALARIDA KREATIV TASAVVURNI RIVOJLANTIRISHDA SYUJETLI-ROLLI VA REJISSYORLIK O‘YINLARINING O‘RNI

Abdusattorova Umida Abdusamad qizi

Tezisda tayyorlov guruhi bolalarining kreativ tasavvurini syujetli-rolli va rejissyorlik o‘yinlari vositasida rivojlantirishning nazariy asoslari va amaliy usullari yoritilgan. “Kutilmagan mehmon”, “Ertaklar salati”, “Sehrli sandiq” va “O‘yin rejasi” usullari tavsiflangan.

24.10.2026 Ko`rish Yuklab olish