“Ta’lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion strategiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

10.09.2026


BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA AKMEOLOGIK YONDASHUVNI RIVOJLANTIRISHNING AMALIY TEXNOLOGIK TIZIMI

Mirzaliyeva Dilobar Sherali qizi

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida akmeologik yondashuvni rivojlantirishning amaliy texnologik tizimi masalalari ko‘rib chiqiladi. Akmeologiya, insonning shaxsiy va professional rivojlanish jarayonlarini o‘rganadigan fan sifatida, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini yanada samarali va natijali qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolaning maqsadi – bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida akmeologik yondashuvni rivojlantirishning bosqichli amaliy-texnologik tizimini ishlab chiqish va uning samaradorligini asoslashdan iborat.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

LEGAL FOUNDATIONS FOR ENSURING THE PRINCIPLE OF COMPETITIVE NEUTRALITY IN UZBEKISTAN

Khayrullaeva Makhliyo

Ushbu tezis O‘zbekiston hududida raqobat neytralligi tamoyilini ta’minlash uchun huquqiy asoslarni o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalar va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluvchi huquqiy me’yorlar va institutsional mexanizmlarni aniqlashdan iboratdir. Tadqiqotda normativ-huquqiy tahlil, qiyosiy-huquqiy yondashuv va institutsional tahlil kabi usullar qo‘llaniladi. Raqobat neytralligini ko‘rib chiqishda davlatning mulkdor, tartibga soluvchi, xaridor va moliyalashtiruvchi sifatidagi turli funksiyalarining bozor ishtirokchilariga nisbatan asossiz ustunlik yoki cheklovlarga olib kelmasligi zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqot natijasida raqobat neytralligini konstitutsion kafolatlar, ma’muriy-huquqiy vositalar, raqobat qonunchiligi, davlat yordamini nazorat qilish tizimi hamda davlat xaridlari mexanizmlarining bir-biri bilan bog‘liq tizimi sifatida shakllantirish taklif etiladi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

IQTIDORLI O'QUVCHILAR BILAN ISHLASHNING IJTIMOIY- PEDAGOGIK TIZIMI

Kattaqulova Nozbibi Shokir qizi

Mazkur maqolada iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning ijtimoiy-pedagogik tizimi to'g'risidagi ma'lumotlar bayon qilingan.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

INKLYUZIV TA’LIMDA KITOBXONLIKNING AHAMIYATI

Kamoljonova Dilfuza Xoldorovna

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida kitobxonlikning o‘quvchilar intellektual, ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. Inklyuziv ta’lim barcha bolalarga, jumladan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarga ham teng ta’lim olish imkoniyatini yaratishni nazarda tutadi. Bunday muhitda kitobxonlik o‘quvchilarning bilim olish, mustaqil fikrlash, muloqot qilish, tasavvurini kengaytirish va jamiyatga moslashish ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

TARBIYAVIY ISHDA INKLYUZIV TA’LIM MUHITINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK TA’MINOTINI RIVOJLANTIRUVCHI OMILLAR

A. Jumabayev

Maqolada tarbiyaviy ish sharoitida inklyuziv ta’lim muhitining ijtimoiy-pedagogik ta’minotini rivojlantiruvchi omillar tadqiq etiladi. “Ijtimoiy-pedagogik ta’minot” tushunchasining mohiyati va tarkibiy tuzilishi ochib beriladi; inklyuziv muhitni shakllantiruvchi normativ-huquqiy, kadrlar, ijtimoiy-psixologik, moddiy-texnik hamda milliy-madaniy omillar tasniflanadi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA BOLALAR ADABIYOTI VOSITASIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ESTETIK DIDINI RIVOJLANTIRISH

Il’yasova Dilshoda akmal qizi

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik didini bolalar adabiyoti vositasida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda bolalar adabiyoti namunalarining o‘quvchilarda go‘zallikni anglash, badiiy obrazlarni idrok etish, estetik baholash va ijodiy munosabatni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim sharoitida turli individual imkoniyat va ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni adabiy-badiiy faoliyatga jalb etish orqali ularning estetik qadriyatlar, empatiya, o‘zaro hurmat va ijtimoiy-madaniy munosabatlarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Bolalar adabiyotidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar estetik tarbiya va inklyuziv ta’limning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlovchi muhim omil sifatida asoslanadi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

“GULISTON” JURNALIDA ADABIY-TANQIDIY MAQOLALAR TALQINI

Donayeva Malika Nemat qizi

XX asrning 30-yillari o‘zbek adabiyoti tarixida murakkab va ziddiyatli davrlardan biri hisoblanadi. Mazkur davrda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi keskin o‘zgarishlar adabiyot va san’at rivojiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Shunga qaramay, o‘zbek adabiy jarayoni to‘xtab qolmadi. Davriy matbuot sahifalarida badiiy asarlar bilan bir qatorda adabiy-tanqidiy va ilmiy-tahliliy maqolalar ham muntazam e’lon qilindi. Ana shunday nashrlardan biri “Guliston” jurnali bo‘lib, uning sahifalarida o‘zbek adabiyoti, mumtoz meros, zamonaviy ijodkorlar hamda jahon adabiyoti namoyandalarining ijodiga oid muhim materiallar berib borildi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

ГОСУДАРСТВЕННАЯ ПОЛИТИКА ПО ЗАЩИТЕ ПРАВ РЕБЁНКА

Алимов Мирсардар Соатович

Государственная политика Республики Узбекистан в области защиты прав ребёнка представляет собой систему правовых, организационных, социальных, педагогических и профилактических мер, направленных на обеспечение жизни, здоровья, безопасности, достоинства и полноценного развития каждого ребёнка. В учебной программе данная тема охватывает законные гарантии прав ребёнка, право на свободу и личную неприкосновенность, дополнительные гарантии для детей, нуждающихся в социальной защите, а также национальные и международные основы обеспечения детской безопасности.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

TURIZM TA’LIMI MAZMUNI, AMALIY MASHG‘ULOTLAR VA IJTIMOIY HAMKORLIKNING TARBIYAVIY IMKONIYATLARI

Abdug‘aniyev Tohirjon Tursunboy o‘g‘li

Mazkur maqolada turizm ta’limi vositasida talabalarda ma’naviy-axloqiy va madaniyatlararo kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Maqolada kompetentlikni rivojlantirishning maqsadi, bosqichlari, pedagogik shart-sharoitlari, metodlari, vositalari va baholash mezonlari yoritilgan. Turizm ta’limida qadriyatli vaziyatlar, madaniy meros obyektlari, gidlik faoliyati, xizmat ko‘rsatish etikasi, madaniyatlararo dialog, keys-stadi, loyiha metodi, raqamli resurslar va refleksiv portfolio asosida talabalar kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi taklif etilgan.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY-EMOTSIONAL KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Umarliyeva Muxayo Abdugaparovna

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim muhitida o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi pedagogik-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Inklyuziv ta’lim tushunchasining zamonaviy talqini, ijtimoiy-emotsional kompetentlikning tarkibiy qismlari (o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, ijtimoiy anglash, munosabatlarni boshqarish va mas’uliyatli qaror qabul qilish) yoritilgan.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish