“Ta’lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirish: pedagogik shart-sharoitlar va innovatsion strategiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

10.09.2026


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA MAKTAB-OILA HAMKORLIGI

Sharofova Nilufar Ilhom qizi

Oila bolaning shaxsiy, ma’naviy va nutqiy rivojlanishini ta’minlovchi muhim ijtimoiy-tarbiyaviy muhitdir. Ota-ona va yaqin atrofdagi kishilarning xulq-atvori, muomala madaniyati hamda nutqiy namunalari bolaning ijtimoiylashuvi va kommunikativ kompetensiyasi shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bolaning nutqiy ko‘nikmalari, muloqot kompetensiyasi va ma’naviy ehtiyojlarini rivojlantirishga, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichidan tizimli e’tibor qaratish dolzarb pedagogik vazifa hisoblanadi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

“TARBIYA” FANINI O‘QITISHDA MILLIY QADRIYATLARNI INKLYUZIV TA’LIM MAZMUNIGA INTEGRATSIYA QILISH: OILA, MAKTAB VA MAHALLA HAMKORLIGI

Samiyeva Dilbar Shukrullayevna

This article analyzes the pedagogical potential of integrating national values into the content of inclusive education in teaching the subject “Education” and strengthening cooperation among the family, school, and community. It explores ways to develop students’ tolerance, humanism, cooperation, and mutual respect based on the alignment between national values and the principles of inclusive education. Recommendations are also provided for using interactive methods in “Education” lessons and strengthening family–school–community cooperation.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

TA’LIM JARAYoNI SUB’EKTLARIDA INKLYuZIV MADANIYaTNI RIVOJLANTIRIShNING IJTIMOIY PEDAGOGIK YO‘NALIShLARI VA MEXANIZMLARI

R.G. Safarova

ushbu maqolada alohida ta’lim ehiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun inklyuziv muhitni yaratish, uning asosiy yo‘nalishlari, parametrlari, ta’lim jarayoni sub’ektlarining inklyuziv madaniyatini rivojlantirish muammolari inklyuziv ta’lim sohasidagi qonunchilik, inklyuziv ta’limning imkoniyatlari, O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning infrastrukturasining mavjud holati, ushbu yo‘nalishda o‘z еchimini kutayotgan muammolar, o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar, maktab ma’muriyati va hamjamiyatning inklyuziv madaniyatini rivojlantirish mexanizmlari haqida fikr yuritilgan. Maqola ilmiy pedagogik jamoatchilik va ota-onalar uchun manba sifatida xizmat qiladi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

XORAZM VILOYATI QISHLOQ XO’JALIK MAXSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNI STATISTK TADQIQI

Sadullayev Muzaffar O’tkir O’g’li

Ushbu maqolada Xorazm viloyati qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan va yo’nalishlardan unumli foydalanish shu bilan birgalikda ushbu jarayonni yanada jadallashtirish masalalari yoritilgan.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

NOTO‘LIQ OILA VA UNDAGI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARNING YUZAGA KELISHI

Rustamova Mo‘tabar Ravshanovna

Mazkur tezisda noto‘liq oilaning mohiyati, vujudga kelish sabablari hamda unda kuzatiladigan ijtimoiy-psixologik muammolar kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, xorij psixolog olimlarining ilmiy qarashlariga tayangan holda noto‘liq oilalarning farzand psixikasi, tarbiya jarayoni va oilaviy muhitga ta’siri yoritiladi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

IJTIMOIYLASHUV DAVRIDA O‘QUVCHI YOSHLARDA INKLYUZIV MADANIYATNI SHAKILLANTIRSHDA OILA MAKTAB VA MAXALLA ҲAMKORLIGINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Qulmatov Norqobil Eshmamatovich, Rizzaev Shavkatjon Rixsiboevich

Ushbu maqolada ijtimoiylashuv jarayonida o‘quvchi yoshlarda inklyuziv madaniyatni shakllantirishda oila, maktab va mahalla hamkorligining pedagogik-ijtimoiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Inklyuziv madaniyatning mazmuni, uning shaxsning ijtimoiylashuvi, bag‘rikengligi, hamkorlik ko‘nikmalari, inson qadr-qimmatini hurmat qilishi va turli xil ijtimoiy guruhlarga mansub tengdoshlarini qabul qilishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, oila, maktab va mahalla institutlarining inklyuziv tarbiyadagi o‘ziga xos funksiyalari, ular o‘rtasidagi hamkorlikning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari hamda mavjud muammolar bayon etilgan. Maqolada inklyuziv madaniyatni shakllantirishning asosiy komponentlari sifatida hamkorlik, tenglik, bag‘rikenglik, ijtimoiy mas’uliyat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asoslab berilgan.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

OILA–MAKTAB HAMKORLIGI – INKLYUZIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM PEDAGOGIK SHARTI

L.M. Qoraxonova

Mazkur maqolada ta’lim jarayoni ishtirokchilarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik imkoniyatlari, innovatsion strategiyalari hamda oila va maktab hamkorligining ahamiyati tahlil qilingan. Inklyuziv madaniyat ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari, qobiliyatlari, ta’lim ehtiyojlari va ijtimoiy tajribasidan qat’i nazar, ularni teng qadriyatga ega shaxs sifatida qabul qilish, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini qaror toptirishni nazarda tutadi. Shuningdek, oila va maktabning yagona tarbiyaviy pozitsiya asosida hamkorlik qilishi, ota-onalarning inklyuziv kompetentligini oshirish, oilaviy muhitda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat qadriyatlarini mustahkamlash masalalari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning inklyuziv ta’limni individuallashtirishdagi ahamiyati asoslangan. Maqola yakunida ta’lim amaliyoti uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

UMUMIY O‘RTA TALIM MAKTABLARIDA FIZIKA O‘QITISHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING AMALIY AHAMIYATI

Ortiqov Iskandar Furqat o'g'li

Maqolada umumiy o‘rta talim maktablarida o’quvchilarni krelajakda egallashi mumkin bo’lgan kasblarda fizikani fanlararo integratsiya asosida o’qitishning amaliy ahamiyati qarab chiqilgan.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

HUDUDIY MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

O‘roqov Mamurali Odil o‘g‘li

Mazkur tezisda hududiy mehnat resurslaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, ularning hududlar kesimida shakllanishi hamda ulardan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Mehnat resurslarining demografik tarkibi, iqtisodiy faolligi, bandlik darajasi, migratsiya jarayonlari, ishlab chiqarishning tarmoq tuzilmasi va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida baholangan. Shuningdek, hududlar o‘rtasidagi mehnat bozori nomutanosibliklarini kamaytirish, mehnat resurslarini oqilona taqsimlash hamda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar yoritilgan. Tadqiqot natijalari hududiy bandlik siyosatini takomillashtirish, mehnat resurslaridan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini rivojlantirish hamda hududlarning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

TURIZMNING TARBIYAVIY SAMARADORLIGINI TA’MINLASHNING PEDAGOGIK QONUNIYATLARI, TAMOYILLARI VA MEXANIZMLARI

Nafasov Doniyor Shernafasovich

Mazkur tezisda turizmning shaxs tarbiyasidagi o‘rni, uning tarbiyaviy samaradorligini ta’minlovchi pedagogik qonuniyatlar, tamoyillar hamda mexanizmlar tahlil qilinadi. Turistik faoliyat yoshlarning ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik, ekologik va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali vositasi sifatida yoritiladi.

16.09.2026 Ko`rish Yuklab olish