“Oliy ta’limda inson va sun’iy intellekt hamkorligi: ta’lim kelajagi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

24.09.2026


ТЕХНОЛОГИИ ФОРМИРОВАНИЯ ДИАГНОСТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ

Мустафаева Замира Саидкуловна

Статья посвящена рассмотрению технологий формирования диагностических умений у будущих педагогов в системе высшего образования. В условиях динамично развивающегося образовательного процесса возрастает необходимость в высококвалифицированных специалистах, способных эффективно диагностировать и корректировать процесс обучения. Анализируются различные методы и подходы, применяемые в образовательных организациях для подготовки студентов педагогических направлений в области диагностики образовательных результатов, включая как традиционные, так и инновационные практики. Также рассматриваются преимущества интеграции современных технологий в процесс подготовки будущих педагогов для эффективной оценки знаний и умений обучающихся.

12.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DIDAKTIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Shabbazova Nodira Xamzayevna

Mazkur tezisda bo‘lajak o‘qituvchilarning didaktik ijodkorligini rivojlantirish jarayonida generativ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari va zarur shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Didaktik ijodkorlikning mazmuni, uning pedagogik faoliyatdagi o‘rni hamda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida innovatsion o‘quv topshiriqlari, ta’lim ssenariylari va baholash vositalarini loyihalash masalalari yoritiladi. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning texnologik-pedagogik kompetensiyalarini shakllantirish, mustaqil ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish, refleksiv yondashuvini rivojlantirish va sun’iy intellektdan mas’uliyatli foydalanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik shart-sharoitlar asoslanadi.

11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

DIGITAL REFLECTION AS A CREATIVE FEEDBACK LOOP: RETHINKING PROFESSIONAL GROWTH IN PRE-SERVICE PRIMARY TEACHER EDUCATION

Mavlonova Gulchehra G.

This paper reinterprets digital reflection as a generative feedback loop in the preparation of future primary school teachers. Drawing on the reflective component, electronic portfolios, online journals, lesson-video analysis, and individualized development trajectories described in Mavlonova’s (2026) doctoral dissertation abstract, it proposes a three-movement cycle: document teaching practice, interpret evidence, and redesign subsequent instruction. The argument is that reflection contributes to professional creativity only when it produces a reasoned change in pedagogical action. An illustrative evidence matrix and a proposed assessment structure translate the conceptual cycle into observable learning activities. The paper carefully distinguishes the dissertation’s integrated experimental findings from untested claims about digital reflection as a standalone intervention. Its contribution is a focused framework for connecting reflection, teacher agency, and creative instructional revision.

06.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN INDIVIDUAL TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI

D.A. Dadaboyeva

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun individual ta’limni tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari va metodik asoslari yoritilgan. Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali bolalarning individual xususiyatlari, ta’lim olish imkoniyatlari va rivojlanish ehtiyojlarini hisobga olish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, moslashtirilgan o‘quv materiallarini ishlab chiqish, ta’lim topshiriqlarini individuallashtirish hamda pedagogik qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishda sun’iy intellektning ahamiyati asoslangan. Maqolada maxsus va inklyuziv ta’lim amaliyotida sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbollari hamda mavjud muammolar yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar bayon etilgan.

15.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

GERMANIYA VA JANUBIY KAREYADA OLIY TA’LIMNI MOLIYALASHTIRISH SIYOSATI

Qurbonov Baxromjon Baxtiyor o‘g‘li

Mazkur maqolada Germaniya va Janubiy Koreyada oliy ta’limni moliyalashtirish siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy moliyaviy manbalari va ta’lim tizimini rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Germaniyada davlat va hududiy hukumatlar tomonidan moliyalashtirish, ilmiy grantlar hamda universitetlar va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari yoritilgan. Janubiy Koreyada esa davlat grantlari, talabalar kontrakt to‘lovlari, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va xususiy sektor ishtirokining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, har ikki mamlakat tajribasi asosida oliy ta’limni moliyalashtirishda davlat ko‘magi, ilmiy salohiyatni rivojlantirish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishning ahamiyati ochib berilgan.

14.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

MEHNAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA INSON OMILINING O‘RNI VA AHAMIYATI

O‘roqov Azizbek Usmonaliyevich

Mehnat faoliyatidagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda inson omili tez-tez tilga olinadi, biroq uning mazmuni ko‘pincha xodimning xatosigacha toraytiriladi. Ushbu maqolada shaxsning individual imkoniyatlari, ish joyidagi talablar, jamoaviy munosabatlar va tashkilot boshqaruviga oid qarorlar mehnat xavfsizligiga qanday o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda maqsadli tanlangan 15 ta ilmiy va institutsional manba asosida narrativ adabiyotlar sharhi o‘tkazilib, xalqaro hamda AQShdagi o‘lim bilan yakunlangan ishlab chiqarish hodisalari statistikasi grafik shaklda taqdim etildi. Tahlil xavfsiz xulq-atvor, mehnat talablari, xavfsizlik muhiti, dastlabki ogohlantiruvchi belgilar orqali o‘rganish va xavfni boshqarish choralari iyerarxiyasi yo‘nalishlarida tashkil etildi. Ilmiy manbalarga ko‘ra, bilim va motivatsiya muhim bo‘lsa-da, ular vaqt bosimi, kadrlar ta’minoti, vazifalarni loyihalash, rahbarlik hamda muammolar haqida jazodan qo‘rqmasdan xabar berish imkoniyatidan ajralgan holda ishlamaydi. Tadqiqotlar belgilangan qoidalarga rioya qilishni xavflarni aniqlash va bartaraf etishda faol ishtirok etishdan farqlaydi. Taklif etilgan konseptual yondashuv inson faoliyatini xatoning o‘zi bilan izohlash o‘rniga, umumiy mehnat tizimi doirasida ko‘rib chiqadi. O‘lim statistikasi kasbiy xavf ko‘lamini ko‘rsatadi, ammo inson xatosi sabab bo‘lgan holatlar ulushini aniqlamaydi. Xodimlar ishtiroki, tuzatish choralarining bajarilishi, himoya vositalarining samaradorligi va jarohatlanish ko‘rsatkichlarini birlashtiruvchi baholash mezonlari taklif etiladi. Asosiy xulosa shuki, tashkilotlar mehnat sharoitlarini qayta loyihalash, himoya qatlamlarini mustahkamlash va xodimlar tajribasidan uzluksiz takomillashtirish manbai sifatida foydalanish orqali xavfsiz qarorlar qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Ushbu modelning sababiy samaradorligi amaliy ish joylarida istiqbolli tadqiqotlar bilan tekshirilishi lozim.

14.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

SONLI USULLAR BOʻYICHA ILMIY TADQIQOTDA INSON VA SUNʼIY INTELLEKT HAMKORLIGI: KOSHI TIPIDAGI SINGULYAR INTEGRALLAR UCHUN OPTIMAL KVADRATUR FORMULA MISOLIDA

Aliyev Shoxjaxon Eshdavlatovich

Maqolada sonli usullar sohasidagi ilmiy tadqiqotda tadqiqotchi va sunʼiy intellekt (SI) yordamchisining hamkorligi aniq masala – Koshi tipidagi singulyar integrallar uchun Sard maʼnosidagi optimal kvadratur formulani sonli amalga oshirish misolida tahlil qilingan. Vazifalar taqsimoti va SI natijalarini mustaqil tekshirish bayonnomasi taklif etilgan. Hamkorlik natijasida hol uchun murakkablikdagi algoritm olingan; u chiziqli sistemaning toʻgʻridan-toʻgʻri yechimi bilan aniqlikda mos keladi va yupqa profil sirtidagi bosim koeffitsiyentini hisoblashga qoʻllangan. Tekshiruv SI tayyorlagan loyihadagi hamda avvalgi matndagi noaniqliklarni aniqlash imkonini bergan. Magistratura va doktoranturada SIdan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

13.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

OLIY TA’LIM RAHBARLARINING KOMMUNIKATIV KREATIVLIGINI DIAGNOSTIKA QILISH VA MONITORING MEZONLARI

Mamatova Xilola Muxiddinovna

Maqolada oliy ta’lim muassasalari rahbar-xodimlarining kommunikativ kreativligini aniqlash va rivojlanish dinamikasini kuzatishga mo‘ljallangan ko‘p manbali diagnostik-monitoring tizimi asoslanadi. Konstrukt ochiq muloqot, kreativ fikrlash, hamkorlikni tashkil etish, raqamli kommunikatsiya hamda refleksiya va qayta aloqa parametrlariga ajratildi. Standartlashtirilgan so‘rov va topshiriqlar ekspert intervyusi, kuzatuv, keys va faoliyat dalillari bilan triangulatsiya qilindi. Pilot sinovda 120 respondent ma’lumotlari asosida ichki muvofiqlik koeffitsienti α=0,89, tasdiqlovchi omil tahlilida CFI=0,92 va RMSEA=0,06 natijalari qayd etildi. Natijalar vositaning monitoring uchun istiqbolli ekanini ko‘rsatadi, biroq baholashni jazolovchi attestatsiyaga aylantirmaslik, mahalliy me’yorlarni ishlab chiqish va o‘lchov invarianti hamda mezon validligini keyingi bosqichlarda tekshirish zarurligi asoslanadi.

13.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

BO‘LAJAK MATEMATIKA O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AMALIY AHAMIYATI

Ilhomova Sadoqat Ulug‘bek qizi

Maqolada bo‘lajak matematika o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanishning amaliy ahamiyati ko‘rib chiqildi. 2021–2025-yillarda xalqaro nashrlarda e’lon qilingan sakkizta manba, ikkita asosiy ramka va uchta milliy me’yoriy hujjat tahlil qilindi. DigCompEdu, HeDiCom, TPACK va YuNESKOning pedagoglar uchun sun’iy intellekt kompetensiyalari ramkalari taqqoslanib, ularning kesishuvi aniqlandi. Olti raqamli texnologiya guruhi matematika o‘qituvchisining innovatsion faoliyatining to‘rt tarkibiy qismi bilan moslashtirildi va har bir guruhning matematik tushunchalarni vizuallashtirish, masala yechish, modellashtirish, baholash va refleksiya jarayonlaridagi amaliy ahamiyati baholandi. Bo‘lajak matematika o‘qituvchilari tayyorgarligidagi asosiy bo‘shliq raqamli ko‘nikma bilan uni sinalgan pedagogik yechimga aylantirish qobiliyati o‘rtasidagi uzilish ekani belgilandi.

10.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ УСЛОВИЙ ДИФФУЗИОННОГО ЛЕГИРОВАНИЯ НА МАГНИТНОЕ УПОРЯДОЧЕНИЕ КРЕМНИЯ, ЛЕГИРОВАННОГО Mn И Ge

Зикриллаев Н.Ф. , Абдкрахманов Б.А., Кушиев Г.А. , Казаков T.O.

В настоящее время одним из перспективных направлений полупроводникового материаловедения является развитие спинтроники, позволяющей управлять электрическими и магнитными свойствами материалов. Особый интерес представляет получение кремниевых систем с устойчивым магнитным упорядочением при комнатной температуре.

09.10.2026 Ko`rish Yuklab olish