Mazkur maqolada adabiy merosning ommaviy axborot vositalarida talqin etilishi keng qamrovda tahlil qilindi. Gazeta, jurnal, televideniye va internet orqali adabiy qadriyatlarning ommaga yetkazilish jarayonlari, jurnalistik janrlarning adabiy merosni targ‘ib etishdagi o‘rni ko‘rsatildi. Adabiyotshunoslik va jurnalistika yondashuvlari taqqoslandi, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda OAVning ta’siri hamda xorijiy tajribalar o‘rganildi.
10.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Zamonaviy ta'lim tizimining asosiy talablaridan biri o'qituvchilarning ta'lim jarayonini samarali baholash kompetensiyasiga ega bo'lishlaridir. Ushbu maqola raqamli ta'lim muhitida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ushbu kompetensiyasini rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan. Maqolada raqamli baholashning turli usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, o'qituvchilarning ushbu sohadagi bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari o'qituvchilarni tayyorlashning sifatini oshirish va raqamli ta'lim samaradorligini yaxshilashga qaratilgan.
25.09.2026 Ko`rish Yuklab olish
Teacher prestige is usually discussed through pay, working conditions, professional autonomy, preparation, and public esteem. Less attention is given to the community institutions that translate professional quality into everyday recognition. Uzbekistan offers a distinctive case through the mahalla, a territorially rooted institution that connects households, schools, and local social life. Drawing on Kamalov’s (2026) dissertation and international scholarship on teacher status, social capital, relational trust, professional identity, and school–family–community partnership, this article develops a functional account of the mahalla within a wider teacher-prestige ecosystem. The analysis identifies five community functions: reinforcing norms of respectful educational interaction, recognizing professional contribution, supporting community participation, mediating social problems that affect schooling, and sustaining non-crisis contact between teachers and local residents. These functions are potentially valuable only when professional boundaries remain clear. Pedagogical decisions, appraisal, confidentiality, and formal accountability cannot be transferred to neighborhood actors. A comparative domain-coverage chart clarifies how Uzbekistan, Korea, Finland, and Singapore are used in the dissertation’s international discussion without treating the cases as a league table. The central contribution is therefore not a proposal to export the mahalla. It is a broader claim: teacher prestige is strengthened when locally legitimate institutions make professional work socially visible while leaving professional authority intact.
25.09.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatish jarayonida noverbal kommunikatsiya vositalari, xususan, imo-ishoralar, tana harakatlari, yuz ifodasi, ko‘z bilan aloqa va mimikadan foydalanishning pedagogik-metodik ahamiyati yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik va kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda, verbal axborotni noverbal vositalar bilan uyg‘unlashtirish xorijiy til materialini tushunish, o‘zlashtirish va uzoq muddat xotirada saqlash imkoniyatlarini oshirishi asoslab berilgan. Maqolada imo-ishoralarning lug‘at boyligini shakllantirish, tinglab tushunish, kommunikativ faollik, emotsional munosabat va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, Total Physical Response (TPR), imo-ishoralar asosida hikoyalash, didaktik o‘yinlar, qo‘shiq va harakatli mashqlar kabi metodlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Mavzuga oid ilmiy qarashlar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
15.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada tarkibida hayvon nomi keladigan badiiy detalning psixologik tasvirdagi vazifasi ko‘rib chiqiladi. Bunday detalning ikki turi – qiyos tarkibidagi va voqelikda mavjud hayvonga tayanuvchi detal – farqlanadi hamda ularning bilvosita psixologizm shakllari bilan bog‘lanishi asoslanadi. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani va Ernest Hemingueyning “Chol va dengiz” qissasi hamda “Kilimanjaro qori” hikoyasidan olingan parchalar tahlil qilinadi. Ikki adib matnida detalning turi va tasvir yo‘nalishi bo‘yicha izchil farq borligi ko‘rsatiladi.
18.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir etuvchi jamoatchilik nazorati omillari pedagogik va boshqaruv nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Huquqiy-tashkiliy asoslar, jamoatchilik subyektlarining faolligi, axborot ochiqligi, monitoring, jamoatchilik fikri, ekspertiza, qayta aloqa, boshqaruv qarorlarining sifati va ijro nazoratining ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri yoritilgan. Ota-ona, mahalla, pedagogik jamoa, o‘quvchilar va jamoat tashkilotlari ishtirokining bevosita hamda bilvosita ta’sir imkoniyatlari asoslangan. Jamoatchilik nazoratini ta’lim sifati, tarbiyaviy muhit, o‘quvchilar xavfsizligi, ijtimoiy ishonch va boshqaruv samaradorligini o‘zaro bog‘laydigan kompleks boshqaruv mexanizmi sifatida tashkil etish zarurati ochib berilgan.
18.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirishda akademik etika va korporativ qadriyatlarning o‘rni tahlil qilingan. Akademik halollik, shaffoflik, mas’uliyat, adolat, hurmat, ochiq kommunikatsiya va jamoaviy hamkorlik oliy ta’lim boshqaruvining muhim qadriyatlari sifatida asoslangan. Tadqiqotda akademik etika korporativ boshqaruv madaniyatining aksiologik asosi, korporativ qadriyatlar esa universitet jamoasini umumiy missiya atrofida birlashtiruvchi institutsional mexanizm sifatida talqin qilingan. Maqolada akademik etika va korporativ qadriyatlarni boshqaruv amaliyotiga integratsiya qilish yo‘nalishlari taklif etilgan.
12.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ekologik ta’lim-tarbiya vositasida hayot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Bolalarda tabiatga ongli munosabatni rivojlantirish, ekologik xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilishga mas’uliyatli munosabatni tarkib toptirish hamda ekologik xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri xatti-harakatlarni shakllantirishning mazmuni tahlil qilingan. Shuningdek, ekologik ta’lim jarayonida kuzatish, tajriba, amaliy faoliyat va o‘yin texnologiyalaridan foydalanish orqali bolalarning ekologik bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va hayot xavfsizligi madaniyatini rivojlantirishning samarali usullari asoslab berilgan.
03.07.2026 Ko`rish Yuklab olish
Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar ta’limida alohida yondashish jarayoni tо‘laqonli ta’lim va tarbiya shart-sharoitlarini yaratish va har bir bolaning psixofizik xususiyatlarini inobatga olishni talab qiladi. Zamonaviy psixologik-pedagogik yordamga kompleks nuqsonli bolalar aynan ruxiy rivojlanishi sustlashgan kar bolalar muxtoj bо‘ladi. Kompleks nuqsonli bolalarni о‘qitish jarayonining mazmuni shaxs va bilish jarayonlarini о‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda tashkil qilinadi. (G.P.Bertin, N.Y.Donskaya, T.V.Rozanova, M.F.Titova va boshqalar).
18.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
В данной статье рассматриваются становление и развитие инклюзивной системы образования в Республике Казахстан, ее нормативно-правовые основы, практическая реализация и актуальные вопросы современности. Автор рассказывает о подготовке школ и педагогов к внедрению инклюзивного образования, нехватке специальных педагогических кадров, доступности инфраструктуры и работе с родителями. Кроме того, содержатся рекомендации и пути развития инклюзивного образования Казахстана на основе международного опыта. В статье теоретически и практически дифференцируется потенциал создания инклюзивной среды в социальной значимости и социальной адаптации детей с особыми образовательными потребностями.
20.01.2026 Ko`rish Yuklab olish