“Inson va raqamli agentlar hamkorligi. Ta’lim tizimi oldidagi chaqiriqlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

17.04.2026


ФИСКАЛ НОМАРКАЗЛАШТИРИШ ШАРОИТИДА МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТЛАР БАРҚАРОРЛИГИНИ РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР АСОСИДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ (ЎЗБЕКИСТОН МИСОЛИДА)

Сарвар Маҳмудов

Ушбу илмий мақолада Ўзбекистонда фискал номарказлаштириш шароитида маҳаллий бюджетлар барқарорлигини таъминлашда рақамли технологияларнинг ўрни ва таъсири комплекс тарзда таҳлил қилинган. Тадқиқот доирасида 2019-2024 йиллар мобайнида маҳаллий бюджетлар даромадлари ва харажатлари динамикаси, солиқ тушумлари таркиби ҳамда рақамли бошқарув инструментларининг жорий этилиши натижалари ўрганилди. Олиб борилган статистик ва қиёсий таҳлиллар натижаларига кўра, рақамли трансформация жараёнлари маҳаллий бюджетлар даромадларининг ўртача 18-22 фоизга ўсишига, шунингдек, яширин иқтисодиёт улушининг 5-7 фоизга қисқаришига хизмат қилгани аниқланди. Бундан ташқари, электрон давлат харидлари тизими ва рақамли молиявий назорат механизмларининг жорий этилиши харажатлар самарадорлигини 10-12 фоизга оширишга имкон берган.

15.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

POLSHA VA CHEXIYA TAJRIBASI ASOSIDA INFLYATSION TARGETLASH MEXANIZMLARINI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Nabiyev Muhammadnosirxon

Zamonaviy makroiqtisodiy siyosatda narxlar barqarorligini ta’minlash markaziy banklarning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Narxlar barqarorligi aholining real daromadlari, biznesning investitsion qarorlari, kredit bozori va uzoq muddatli iqtisodiy rejalashtirish uchun muhim shartdir. Shu nuqtai nazardan inflyatsion targetlash rejimi pul-kredit siyosatini aniq maqsadga yo‘naltiruvchi va iqtisodiy agentlar kutilmalarini boshqaruvchi samarali mexanizm sifatida e’tirof etiladi.Inflyatsion targetlash sharoitida markaziy bank o‘rta muddat uchun inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichini belgilaydi va foiz stavkasi, ochiq bozor operatsiyalari, kommunikatsiya siyosati hamda prognozlash tizimi orqali ushbu maqsadga erishishga harakat qiladi. Mazkur rejim faqat joriy inflyatsiyani pasaytirishga emas, balki aholi va biznesning kelajakdagi narxlar bo‘yicha kutilmalarini barqarorlashtirishga ham xizmat qiladi. Yevropa Markaziy banki o‘rta muddatli simmetrik 2 foizlik inflyatsiya maqsadini narxlar barqarorligini ta’minlashning asosiy tayanchi sifatida baholaydi [1].

18.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

“QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA RESURS TEJAMKOR USULLARNING INNOVATSION MEXANIZMLARI”

Mamasoliyev Jahongirbek To‘lqin o‘g‘li, Abdumalikov Aziz Elyor o‘g‘li, Odilova Umida Zokirjon qizi, Musurmonqulova Gulsanam Ummatqul qizi, Otabekov Muzaffar Otabek o‘g‘li

Ushbu maqolada bugungi kunda global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning eng muhim sharti hisoblangan qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida an’anaviy dehqonchilik uslublaridan raqamli ekotizimlarga o‘tishning zaruriyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada Yer resurslarini boshqarishda GIS (geografik axborot tizimlari), datchiklar tarmog‘i va sun’iy intellektga asoslangan monitoring tizimlarining o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, resurs tejamkor texnologiyalarni (tomchilatib sug‘orish, aqlli o‘g‘itlash) joriy etish orqali yer unumdorligini saqlab qolish va mahsulot tannarxini kamaytirishning innovatsion mexanizmlari taklif etilgan. Maqola yakunida raqamlashtirish jarayonlarini milliy agrar sektorga adaptatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

02.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

SUN’IY INTELLEKT MODELLARI ASOSIDA KORXONALARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI BAHOLASH

Shamsitdinova Xonzoda Mardonbek qizi

Mazkur maqolada korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. An’anaviy moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida baholash usullarining cheklovlari o‘rganilib, ularni mashinaviy o‘rganish algoritmlari bilan integratsiyalashgan holda qo‘llash taklif etiladi. Tadqiqotda moliyaviy indikatorlar asosida prognozlash modeli ishlab chiqilib, u strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo‘llanilishi asoslab berilgan. Natijalar sun’iy intellekt asosidagi yondashuv korxonalarning risklarini oldindan aniqlash va barqarorligini oshirishda samarali vosita ekanini ko‘rsatdi.

29.04.2026 Ko`rish Yuklab olish

LEADING THE FUTURE OF EDUCATION: AI, TECHNOLOGY, AND STRATEGIC MANAGEMENT

Ruhshona Nematova

The rapid advancement of artificial intelligence (AI) and digital technologies is fundamentally transforming education systems worldwide. This paper explores how leadership and strategic management must evolve to effectively integrate AI-driven solutions into educational environments. It argues that the future of education depends not only on technological adoption but also on visionary leadership, data-informed decision-making, and adaptive management practices. The study highlights the intersection of AI, leadership, and educational transformation, emphasizing the need for a systemic and human-centered approach.

27.04.2026 Ko`rish Yuklab olish

TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKTNING ROLI

Davronov Shakhbos Erkin, Qahhorov Siddiq Qahhorovich

Bugungi kunda raqamlashtirish va sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta'lim tizimiga tubdan yangi talablar qo'ymoqda. Mehnat bozori esa an'anaviy akademik bilimlardan tashqari, yangi turdagi kompetentliklarni — tahliliy fikrlash, raqamli savodxonlik, moslashuvchanlik va texnologik hamkorlik qobiliyatlarini talab qilmoqda. Xususan, Xalqaro mehnat tashkilotining 2023-yilgi ma'lumotlariga ko'ra, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar (big data) sohalari eng tez rivojlanayotgan kasbiy ko'nikmalar sifatida belgilangan. Shu fonida oliy ta'lim muassasalari oldida talabalarni nafaqat nazariy bilim bilan, balki real kasbiy vazifalarni hal eta oladigan amaliy kompetentliklar bilan qurollantirish vazifasi ko'ndalang bo'lib turibdi. Aynan shu nuqtada sun'iy intellekt texnologiyalari — ta'limiy agent, adaptiv o'qitish tizimi va bilishni qo'llab-quvvatlovchi vosita sifatida — muhim pedagogik instrument bo'lib xizmat qila olishi ilmiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

23.04.2026 Ko`rish Yuklab olish

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA EMOTSIONAL INTELLEKT ASOSIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

N.D. Аminova

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining o‘quv motivatsiyasini oshirishda emotsional intellektning o‘rni, ta’sir mexanizmlari va psixologik-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Motivatsiyaning shakllanishi o‘qituvchining emotsional kompetensiyasi, o‘quvchi bilan o‘zaro munosabat sifati, sinfdagi emotsional muhit va ijobiy psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan chambarchas bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi. Xorijiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan EI–motivatsiya modellarining (Goulman, Mayer–Salovey, Pekrunning Emotsional-o‘quv modeli) afzalliklari tahlil qilinib, mahalliy ta’lim tajribasi bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari motivatsiyasini oshirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan emotsional-intellektual strategiyalar ishlab chiqildi.

23.04.2026 Ko`rish Yuklab olish

FIZIKA DARSLARIDA PEDAGOGIK MAHORATNI OSHIRISH

Yusupov Nurbek Husan o‘g‘li, Jo‘rayeva Zarina Shavkat qizi

Bugungi kunda ta'lim tizimida o‘qituvchining pedagogik mahorati katta ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, fizika kabi murakkab va amaliyotga asoslangan fanlarda o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilimlarini mustahkamlashda o‘qituvchining malakasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Pedagogik mahorat nafaqat bilimni yetkazish, balki uni o‘quvchilarga sodda, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazish san'atidir. Ushbu maqolada fizika darslarida pedagogik mahoratni oshirish yo‘llari va usullari haqida so‘z yuritiladi.

23.04.2026 Ko`rish Yuklab olish

ALGORITMIK TAFAKKUR – DASTURLASH KOMPETENSIYASINING ASOSIY OMILI SIFATIDA

Xayitova Dilovar Ismat qizi

Tezisda algoritmlash va dasturlash kompetensiyalarining nazariy asoslari hamda tarkibiy tuzilmasi yoritilgan. Algoritmik tafakkur muammoni tahlil qilish, ma’lumotlarni strukturalashtirish va yechimni formal ifodalash qobiliyati sifatida talqin etiladi. Dasturlash kompetensiyasi kognitiv, operatsion va ijodiy komponentlar birligida asoslangan. Kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim hamda STEAM yondashuvi ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishning samarali vositasi sifatida izohlangan.

23.04.2026 Ko`rish Yuklab olish

KATTALAR TA’LIMIDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH OMILLARI

Tursunova Marjona Bektosh qizi

Mazkur tezisda kattalar ta’limi jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish omillari tahlil qilingan. Andragogik yondashuv asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning nazariy jihatlari yoritilib, interfaol metodlar hamda raqamli ta’lim texnologiyalarining o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, LMS platformalarining didaktik imkoniyatlari va ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.

23.04.2026 Ko`rish Yuklab olish