Tezisda front-end dasturlashni o‘qitish jarayoniga dual ta’lim elementlarini raqamli texnologiyalar yordamida joriy etish va uni IT korxonalaridagi ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyalash masalalari yoritilgan. Universitet – IT korxona – raqamli platforma uchligiga asoslangan integratsiya modeli taklif etilib, real buyurtmalar asosidagi loyihalar, Git/GitHub, vazifalarni boshqarish tizimlari va mentorlik vositalarining o‘rni asoslangan. Mualliflarning tajriba-sinov natijalari amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvning samaradorligini tasdiqlaydi.
29.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada xorijiy ilmiy stajirovka jarayonlarini raqamlashtirish samaradorligini AS-IS va TO-BE holatlari bo‘yicha ko‘p mezonli baholash modeli ishlab chiqiladi. Model jarayon vaqtini, faol inson mehnatini, qayta ishlash ulushini, takroriy ma’lumot kiritishni, avtomatlashtirish darajasini, kuzatuvchanlikni va ma’lumotlar sifatini yagona baholash konturida birlashtiradi. Turli yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar [0,1] oraliqqa normallashtiriladi va vaznlangan integral samaradorlik indeksiga keltiriladi; kamayishi ijobiy va oshishi ijobiy bo‘lgan mezonlar uchun alohida normallashtirish qo‘llanadi. Integral natijaning vaznlarga bog‘liqligi sababli sensitivity analysis majburiy bosqich sifatida ko‘riladi. Amaliy AS-IS/TO-BE baholarda yetti asosiy operatsiya bo‘yicha jami faol vaqt 660 daqiqadan 65 daqiqagacha, qog‘oz sarfi 250 varaqdan 50 varaqqa kamaygani va tashkilotlararo transport xarajati 2 mln so‘mdan 0 so‘mga tushgani qayd etilgan. Ushbu qiymatlar tanlanma hajmi ko‘rsatilmagan amaliy o‘rtacha baholar bo‘lgani uchun deskriptiv natija sifatida talqin qilinadi.
22.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada raqamli o‘quv muhiti sharoitida matematik masala yechish strategiyalarini rivojlantirish masalasi hamda sun’iy intellekt vositalarining didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi o‘quvchilarning matematik fikrlashini rivojlantirish, turli yechim strategiyalarini solishtirish va tanlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Shuningdek, adaptiv ta’lim, xatolarni tahlil qilish va ko‘p strategiyali yondashuv kabi imkoniyatlar orqali o‘quv jarayonini individuallashtirish va samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
10.07.2026 Ko`rish Yuklab olish
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qila olishi, jamoada samarali ishlashi hamda intellektual faoliyatga tayyorligini rivojlantirish ustuvor pedagogik vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida an’anaviy reproduktiv o‘qitish modeli o‘rnini o‘quvchini faol subyekt sifatida namoyon etishga xizmat qiluvchi innovatsion pedagogik texnologiyalar egallamoqda. Shu nuqtai nazardan koperativ o‘qitish texnologiyalari ta’lim jarayonini demokratlashtirish, o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik muhitini shakllantirish va intellektual kompetensiyalarni rivojlantirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
10.07.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy va ijodiy kompetentligini baholash jarayonini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. [4], [5] Xususan, an’anaviy baholash usullarining cheklovlari tahlil qilinib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida rivojlantirish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot doirasida avtomatlashtirilgan raqamli platformalardan foydalanishning afzalliklari, ularning funksional imkoniyatlari hamda baholash jarayoniga ta’siri o‘rganilgan.[1], [3] Shuningdek, bunday platformalar yordamida talabalar faoliyatini tizimli monitoring qilish, natijalarni aniqlik va shaffoflik asosida baholash imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada taklif etilgan yondashuvlar talabalar salohiyatini to‘g‘ri aniqlash, ularning ilmiy va ijodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
24.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada sun‘iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida mediasavodxonlik kompetensiyalarini shakllantirish masalalari pedagogik nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Maqolada mediasavodxonlikning zamonaviy ta’rifi, uning SI bilan bog‘liq yangi qirralari hamda pedagoglar va o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar tizimi tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an‘anaviy mediasavodxonlik tushunchasi SI davrida yangi mazmun bilan boyishi lozim: sun‘iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentni tanib olish, algoritmik tarafkashlikni aniqlash va raqamli axborot muhitida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari bugungi ta’lim tizimining ustuvor vazifalariga aylanmog‘i kerak.
24.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat sharoitida oʻquvchilarning media savodxonligini shakllantirishning pedagogik va didaktik asoslari tadqiq etilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar va media vositalaridan unumli foydalanish, oʻquvchilarda axborotni tanqidiy tahlil qilish, feyk (yolgʻon) ma’lumotlarni saralash hamda media-madaniyatni rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Maqolada media ta’limni umumta’lim fanlariga integratsiya qilish modeli, pedagogik shart-sharoitlar va interaktiv dars ishlanmalari tahlil qilingan.
24.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida IT yechimlari asosida dual ta’lim tizimini raqamlashtirishning samaradorligi, boshqaruv mexanizmlari hamda kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, raqamli boshqaruv, ta’limni boshqarish tizimlari va analitik vositalar orqali dual ta’lim jarayonini optimallashtirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyani kuchaytirishda zamonaviy IT texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tajriba asosida dual ta’lim tizimida samaradorlik ko‘rsatkichlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim sifatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
23.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida differensial ta’limga tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari o‘rganilgan. L.S.Vygotskiy, C.A.Tomlinson, L.S.Shulman, V.D.Shadrikov va Fuchs kabi xorijiy olimlarning yondashuvlari K.Qosimova – S.Matchonov klassik metodikasi hamda G.A.Xolboyevaning milliy-ma’naviy integratsiya konsepsiyasi bilan uyg‘unlashtirilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan to‘rt bosqichli metodik tizim, diagnostika vositalari (MKT, dars loyihalash rubrikasi, pedagogik vaziyat case-study) va besh asosiy printsipga asoslangan integratsion model differensial yondashuv malakalarini shakllantirishda samarali ekanligi ko‘rsatilgan.
23.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida internet axborotlarining milliy va global qadriyatlar shakllanishidagi ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan so‘rov (n=910), 15 ekspert suhbati va 500+ internet-kontent tahliliga ko‘ra, respondentlarning 71,3 foizi internetning qadriyatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirini, 63,8 foizi esa internet an’anaviy qadriyatlar eroziyasiga sabab bo‘layotganini qayd etgan. Ekspertlar qadriyatlar transformatsiyasining 5 ta mexanizmini, internetning ijtimoiy ahamiyati esa 4 ta funksiyasini (integratsion, normativ, identifikatsion, translyatsion) aniqlagan.
23.06.2026 Ko`rish Yuklab olish