Mazkur maqolada Toshkent viloyatining janubiy qismida joylashgan Piskent tumanining geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurs salohiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda tumanning ma’muriy-geografik joylashuvi, relyefi, iqlim sharoiti, tuproq qoplami hamda suv resurslarining hudud xo’jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, sug’oriladigan yerlar va yaylovlardan foydalanish, dehqonchilik va chorvachilikni rivojlantirish, bog’dorchilik va uzumchilikni kengaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda mahalliy xom ashyoni qayta ishlash imkoniyatlari ko’rib chiqilgan. Piskent tumanining tabiiy-geografik xususiyatlari uning qishloq xo’jaligi, sanoat va turizm yo’nalishlarini kompleks rivojlantirish uchun muayyan imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. Maqolada tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, suv resurslarini tejash, yaylovlardan me’yorida foydalanish hamda hududning tabiiy va turistik salohiyatini rivojlantirish bo’yicha amaliy yo’nalishlar asoslab berilgan.
14.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur tadqiqotda soliq salohiyatini baholashning nazariy asoslari, uning iqtisodiy mazmuni va zamonaviy metodologik yondashuvlari tadqiq etilgan. Soliq salohiyatini aniqlashda soliq bazasini baholash, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asoslangan ekonometrik usullar, vakillik soliq tizimi (Representative Tax System — RTS) hamda fiskal salohiyat indeksidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, soliq salohiyati (Tax Capacity), soliq sa’y-harakati (Tax Effort) va soliq tafovuti (Tax Gap) tushunchalarining o‘zaro farqlari yoritilgan. Turli metodologik yondashuvlarning afzalliklari va cheklovlari qiyosiy tahlil qilinib, soliq salohiyatini baholashda mamlakatning iqtisodiy tarkibi, institutsional sharoitlari va soliq ma’murchiligi xususiyatlarini hisobga olish zarurligi asoslangan. Tadqiqot natijalari soliq tushumlarini prognozlash, fiskal imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda soliq siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
13.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Актуальность исследования обусловлена необходимостью сокращения операционных затрат, ускорения обслуживания клиентов, повышения качества банковских услуг и обеспечения устойчивости операционной деятельности в условиях цифровой трансформации финансового сектора. Цель исследования заключается в разработке комплексной системы KPI, позволяющей оценивать результаты реинжиниринга с учётом финансовых, операционных, клиентских и риск-ориентированных показателей. Методологическую основу составляют сравнительный анализ, процессный подход, концепция сбалансированной системы показателей (Balanced Scorecard) и метод оценки динамики показателей до и после внедрения организационных изменений. Предлагаемая модель предусматривает формирование интегрального индекса эффективности реинжиниринга и его использование для принятия управленческих решений. Практическая значимость заключается в возможности адаптации модели к кредитным, расчётным и клиентским процессам коммерческого банка.
13.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
This study analyses temporal changes in the frequency, human impact, and economic costs of climate-related disasters across Asia from 1900 to 2024, using data from the Emergency Events Database (EM-DAT) and temperature anomaly records from the National Oceanic and Atmospheric Administration (NOAA). Six disaster types were examined: floods, storms, droughts, extreme temperatures, mass movements (wet), and wildfires. Results demonstrate a consistent upward trend in disaster occurrences and their consequences across all sub-regions of Asia, with a statistically significant positive correlation between rising temperature anomalies and both disaster frequency (R² = 0.64) and economic damage (R² = 0.58). Asia's mean land temperature has already exceeded 2.0°C above early 20th-century levels, with warming accelerating markedly since the 1980s. These findings underscore the urgent need for climate-adaptive disaster risk reduction strategies across the continent.
28.09.2026 Ko`rish Yuklab olish
Tezisda charm korxonalari uchun xomashyo taʼminotchisini tanlashda narx, sifat va sotuv natijasini birgalikda baholash masalasi yoritiladi. Monografiyadagi shartli misol asosida 81,75 ballik reyting qayta hisoblanadi. Sotuv koʻrsatkichiga korxonaning oʻzi ham taʼsir qilishi sababli uni taʼminotchi sifati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tenglashtirish cheklovlari koʻrsatiladi. Yetkazib berish intizomi, qabuldagi sifat va partiyalar kuzatuvchanligiga asoslangan takomillashtirilgan yondashuv taklif etiladi.
22.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
The rise of social media marketing has changed the way brands engage with consumers. It helps businesses distribute content, connect with consumers and influence their buying decisions. This thesis aims to investigate the impact of social media marketing on consumer engagement and purchase intention.
28.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Zamonaviy iqtisodiyotda mamlakatlar raqobatbardoshligi intellektual salohiyat bilan belgilanmoqda, inson kapitalining eng istiqbolli qatlami esa iqtidorli yoshlardir. Bu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoni bilan yoʻlga qoʻyilgan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi alohida oʻrin tutadi: u iqtidorli yoshlar bilan ishlashning butun zanjirini, saralashdan bitiruvchilar hamjamiyatgacha, yagona hujjat doirasida tartibga soladi. Tashabbus endigina joriy etilayotgan hozirgi bosqichda uning integratsiyalashgan boshqaruv arxitekturasini ilmiy jihatdan tahlil qilish alohida dolzarblik kasb etadi: tizim shakllanish pallasida ekan, uning kuchli va zaif jihatlarini erta aniqlash keyingi bosqichlarda samaradorlikni belgilaydi.
23.07.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada agrologistika korxonalarining institutsional mohiyati, funksional tuzilishi va faoliyatining obyektiv zaruriyati kompleks tahlil etiladi. O'zbekistondagi agrologistika infratuzilmasining hozirgi holati rasmiy statistik ma'lumotlar asosida baholanib, ushbu korxonalarni tashkil etishning ob'yektiv zaruriyati asoslanadi.
27.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ушбу мақолада Самарқанд вилоятининг ўтлоқи тупроқлар шароитида маккажўхорининг ўртапишар “Ўзбекистон 601 ЕСВ” ва тезпишар “Қорасув 350АМВ” дурагайларининг экиш меъёри ва туп қалинлигига боғлиқ ҳолда ўсиши, ривожланиши, ҳосилдорлигини ўрганиш натижалари баён этилган. Тадқиқот натижалари экиш меъёрларининг ошиб бориши билан силос масса ҳосилдорлигининг ошиб бориши ва экиш меъёри (st) 55 минг уруг/га бўлганда Ўзбекистон 601 ЕСВ” ўртапишар дурагайида силос масса ҳосилдорлиги 31.9 тоннани, экиш меъёри 105 минг уруғ/га бўлганда 47.1тоннани, такрорий экилган Қорасув 350 АМВ тезпишар дурагайида мувофиқ ҳолда 24.5; 39.2 т/га силос масса ҳосили олинган. Бир гектардан озуқа бирлигининг чиқими ва ҳазмланадиган протеин миқдори бўйича маълумотлар ҳам баён қилинган.
15.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu tezisda Boysun cho‘lbairi tog‘larida o‘simliklarning balandlik mintaqalari bo‘ylab tarqalish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hududning tabiiy-iqlimiy sharoiti, relyef xususiyatlari hamda ekologik omillarning o‘simlik qoplamiga ta’siri o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, balandlik ortishi bilan o‘simlik turlarining tarkibi va zichligi o‘zgaradi. Past hududlarda cho‘l o‘simliklari, o‘rta mintaqalarda butazor va o‘tloq o‘simliklari, yuqori balandliklarda esa alp va subalp o‘simliklari ustunlik qiladi. Tadqiqot hudud florasini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim ilmiy xulosalar beradi.
25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish