“Ota-ona va maktab hamkorligi: farzand kamoloti uchun xalqaro tarbiya modellari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

24.04.2026


UZLIKSIZ TA’LIM JARAYONLARIDA ME’MORLIK OBIDALARIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Botirova Nazokat Ro‘zimona

Данная статья посвящена вопросу использования материалов об архитектурных памятниках для обогащения исторических знаний учащихся, развития у них чувства национальной гордости. В статье содержится краткая информация об имеющихся в Узбекистане исторических памятниках XVIII – XIX веков, которые связаны с определенной эпохой и событиями, рассмотрены возможности использования иллюстративных материалов, экскурсий для интеллектуального и духовно – нравственного развития учащихся

08.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

OʻQUVCHILARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Yoqubjonov A.F.

Mazkur maqolada umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari va pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Globallashuv sharoitida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, fuqarolik masʼuliyati va harbiy burchni anglash koʻnikmalarini shakllantirish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, taʼlim va tarbiya uygʻunligi asosida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishning samarali yoʻnalishlari, didaktik modellari va amaliy mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida mazkur jarayonni takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

08.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

BOLALAR TARBIYASIDA MAHALLA, MAKTAB VA OILA HAMKORLIGINING ZARURATI

Atayeva Gulruh

Mazkur maqolada bolalar tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligining ijtimoiy-pedagogik zarurati ilmiy asosda tahlil qilingan. Tarbiyaviy jarayonning uzviyligi, tizimliligi va samaradorligini ta’minlashda uch ijtimoiy institutning integratsiyasi muhim omil sifatida yoritilgan. Shuningdek, hamkorlikning nazariy asoslari, funksional yo‘nalishlari, tashkiliy mexanizmlari va kutilayotgan natijalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada zamonaviy ijtimoiy sharoitda bolalar tarbiyasini samarali tashkil etish uchun mahalla – maktab - oila modelining ahamiyati ochib beriladi hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

08.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Abdug‘aniyev Ozod Tursunboy o‘g‘li

Ushbu maqolada talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda barkamol va yetuk shaxsni tarbiyalashning mazmun-mohiyati, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar hamda qadriyatga yo‘naltirilgan ta’limning ilmiy-metodik yondashuvlari yoritilgan. Shuningdek, talabaning jamiyatda kechayotgan voqea va jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarda faol qatnashuvini ta’minlash orqali uning qadriyatlarga oid madaniyatini boyitish masalalari ochib beriladi. Mazkur jarayonlar natijasida umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, professional kompetentligiga ega bo‘lgan, jamiyat rivojiga hissa qo‘sha oladigan mutaxassislarni tayyorlashning samarali yo‘llari asoslab beriladi.

08.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

O‘SMIRLARDA BAG‘RIKENGLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRISHDA OTA-ONALAR UNIVERSITETINING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Xalilov Toshtemir Toshpulatovich

Mazkur maqolada o‘smirlar shaxsida bag‘rikenglik fazilatini shakllantirishda ota-onalar universitetining pedagogik, ijtimoiy va tarbiyaviy imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ota-onalar universiteti faoliyatining asosiy funksiyalari, uning oila–maktab–jamiyat hamkorligidagi o‘rni, shuningdek, bag‘rikenglikni rivojlantirishda ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish mexanizmlari yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari o‘smirlar tarbiyasida ota-onalar bilan ishlashning samarali shakllarini joriy etish zaruratini asoslab beradi.

07.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

ЭМОЦИОНАЛЬНЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ У ПОДРОСТКОВ: ГЕНДЕРНЫЕ РАЗЛИЧИЯ

Байменова Ботагоз Серикбаевна, Kudaibergenova Aruzhan Farhat kyzy

В данной статье рассматриваются теоретические основы эмоционального интеллекта подростков и его гендерные особенности. Анализируются структура эмоционального интеллекта, его основные компоненты и влияние на психологическое развитие личности. Кроме того, на основе отечественных и зарубежных исследований выявляются различия в эмоциональном развитии юношей и девушек, а также описываются причины этих различий. Результаты исследования показывают, что эмоциональный интеллект является важным фактором, влияющим на социальную адаптацию и поведение подростков.

07.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

AQLI ZAIF O‘QUVCHILARNING GRAFOMOTOR KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA OTA-ONA VA MAKTAB HAMKORLIGIGA ASOSLANGAN INTEGRATIV TARBIYA MODELLARI

Tashkenbayeva Dilafruz Baxtiyor qizi

Mazkur maqolada aqli zaif o‘quvchilarning grafomotor ko‘nikmalarini rivojlantirishda ota-ona va maktab hamkorligiga asoslangan integrativ tarbiya modellari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Neyropsixologik, sensor integratsion va pedagogik yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan modellarning samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari hamkorlik asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining yuqori natijadorligini ko‘rsatadi.

07.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

BADIIY MATNDA KОNSЕPTNING NAMOYON BO‘LISHI VA GENDER LINGVISTIKASI

Shukurova Matluba Xoshimovna

Ushbu maqolada oʻzbеk аyol ijоdkоrlаri lirikаsidа hаm shаrqоnа chuqur lirizm yoki drаmаtizm qаtlаridа аyol ruhiyati, kеchinmаlаri, аyollik qаlbi vа jоzibаsi bilаn gеndеr хususiyatlаriga doir ilmiy qarashlar tahlil qilingan.

07.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Abdug‘aniyev Ozod Tursunboy o‘g‘li

Ushbu maqolada talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda barkamol va yetuk shaxsni tarbiyalashning mazmun-mohiyati, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar hamda qadriyatga yo‘naltirilgan ta’limning ilmiy-metodik yondashuvlari yoritilgan. Shuningdek, talabaning jamiyatda kechayotgan voqea va jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarda faol qatnashuvini ta’minlash orqali uning qadriyatlarga oid madaniyatini boyitish masalalari ochib beriladi. Mazkur jarayonlar natijasida umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, professional kompetentligiga ega bo‘lgan, jamiyat rivojiga hissa qo‘sha oladigan mutaxassislarni tayyorlashning samarali yo‘llari asoslab beriladi.

07.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

GLOBALLASHUV SHAROITIDA TARBIYA: XALQARO MODELLAR VA ULARNING O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDAGI TRANSFORMATSIYASI

Dilshoda Jalilova

Mazkur maqolada globallashuv jarayonining kuchayib borishi sharoitida tarbiya tizimining mazmuni va shakllarida yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Xususan, Finlandiya, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlar tajribasida shakllangan zamonaviy tarbiya modellarining asosiy xususiyatlari ochib beriladi. Ushbu modellar orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijtimoiy mas’uliyat, jamoaviylik va shaxsiy rivojlanish kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimiga joriy etish jarayonidagi imkoniyatlar va muammolar tanqidiy tahlil qilinadi. Maqolada milliy qadriyatlar va xalqaro yondashuvlar uyg‘unligiga asoslangan transformatsion model taklif etilib, tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

07.05.2026 Ko`rish Yuklab olish