Mazkur maqolada Shayboniylar davri tarixini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari va didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tarixiy tafakkurni shakllantirishga oid xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida tarixiy voqealarni sabab-oqibat munosabatlarida o‘rganish, tarixiy manbalarni tanqidiy tahlil qilish, tarixiy shaxslar faoliyatini baholash hamda dalillarga asoslangan xulosalar chiqarishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Shayboniylar davriga oid tarixiy materiallardan foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tavsiflangan.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ijtimoiy-madaniy dunyoqarashini rivojlantirishda milliy va jahon musiqiy merosining pedagogik-falsafiy salohiyati tadqiq etilgan. Musiqiy asarlarni tinglash va idrok etish jarayoni shaxsning fikrlash madaniyati (fikr tarbiyasi) bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilingan. Maqolada ushbu muammo yuzasidan Yevropa va O‘zbekiston olimlarining ilmiy qarashlari qiyosiy o‘rganilib, o‘quvchilarning tanqidiy, mustaqil va mantiqiy fikrlashini faollashtiruvchi zamonaviy pedagogik metodlar hamda ularning amaliy ahamiyati yoritilgan.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada tarixiy vaziyatlarni tanqidiy baholash orqali o‘quvchilarda fikr tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Tarix fanining o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, voqea-hodisalarning sabab va oqibatlarini aniqlash, tarixiy manbalarni tahlil qilish hamda asoslangan xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, tarixiy meros va innovatsion pedagogik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, muammoli ta’lim, munozara, keys-stadi va rolli modellashtirish metodlaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Tarixiy vaziyatlarni tahlil qilishga asoslangan ta’limning o‘quvchilarda fikrlash madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni asoslangan.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida “Javobdan masalaga” metodidan foydalanishning metodik imkoniyatlari yoritilgan. O‘quvchilarga berilgan javob asosida masala tuzishni bosqichma-bosqich o‘rgatish, mantiqiy fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirish usullari bayon etilgan.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan R-2850-fond (Abdusamat Xanturayevich Boboxoʻjayev, 1904–1975) 1-roʻyxati fikr tarbiyasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Fondning ilmiy, pedagogik va xizmat faoliyatiga oid boʻlimlari koʻrib chiqilib, ular asosida tarix darslarida oʻquvchilarning mustaqil, tanqidiy va tarixiy fikrlashini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsion strategiyalarni qoʻllash mexanizmi taklif etiladi.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada fikr tarbiyasining o‘smir qizlarda o‘ziga ishonchni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari, mazkur jarayonning psixologik-pedagogik asoslari hamda samarali tashkil etish shart-sharoitlari yoritilgan. O‘smirlik davrida o‘zini anglash, o‘z imkoniyatlarini baholash, mustaqil fikrlash va ijtimoiy munosabatlarda o‘z o‘rnini topish jarayonlarining o‘ziga ishonch bilan o‘zaro aloqasi tahlil qilingan. Shuningdek, tarixiy pedagogik qarashlar va zamonaviy ta’lim strategiyalarini uyg‘unlashtirish, refleksiv faoliyatni tashkil etish, muammoli vaziyatlardan foydalanish, ijobiy pedagogik muhit yaratish hamda oila, maktab va mahalla hamkorligini kuchaytirishga doir yondashuvlar asoslangan. Maqola yakunida o‘smir qizlarda o‘ziga ishonchni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taklif etilgan.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish jarayonida laboratoriya va namoyish tajribalaridan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarning mustaqil, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Laboratoriya va namoyish tajribalarini muammoli savollar bilan uyg‘unlashtirish, «tajribadan oldin- tajriba jarayonida - tajribadan keyin» bosqichlari asosida ishlash hamda refleksiv savollardan foydalanish usullari taklif etilgan.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada matematik nutq va matematik fikrlashning o‘zaro munosabati psixologik-pedagogik hamda matematik ta’lim nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Matematik nutq faqat shakllangan fikrning tashqi ifodasi emas, balki matematik mazmunni anglash, mulohazani tartibga solish, semantik bog‘lanishlarni aniqlash, asoslash va refleksiya qilish vositasi ekanligi asoslanadi. Mahalliy, MDH va xorijiy tadqiqotlarni qiyosiy tahlil qilish asosida «fikrlash → nutqiy ifoda → tekshirish va aniqlashtirish → qayta tuzilgan fikrlash» sikli taklif etiladi. Matematik fikrlashni rivojlantirish uchun tushuntirish, savol tuzish, taqqoslash, xatoni izohlash, isbotni rekonstruksiya qilish hamda verbal, ramziy va grafik reprezentatsiyalar o‘rtasida o‘tishga qaratilgan topshiriqlardan muntazam foydalanish zarurligi ko‘rsatiladi.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Bugungi kunda tafakkurni tarbiyalash eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. To‘g‘ri ta’lim va tarbiya tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga hamda hech qanday o‘ylamay va mulohaza yuritmasdan qabul qilingan qarorlar tufayli kelib chiqadigan nizolarni oldini olishga yordam beradi. Maqolada fikr tarbiyasiga oid tarixiy yondashuvlar Sharq allomalari merosi misolida o‘rganilib, ularning zamonaviy ta’limdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy tahlil va manbalar bilan ishlash usullaridan foydalanildi. Natijada Sharq allomalari qarashlarida fikr tarbiyasi idrok, xotira, mantiq va axloqiy me'yor birligi sifatida talqin qilinishi ko‘rsatildi hamda bu g‘oyalarni tarix ta'limida qo‘llash imkoniyatlari asoslandi.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
В статье рассматриваются возможности социально-эмоционального обучения в развитии ответственного принятия решений у младших школьников. Раскрывается связь осмысленного выбора с пониманием эмоций, саморегуляцией, учётом позиции другого человека и оценкой последствий поступка. На основе теоретического анализа научно-методической литературы систематизированы педагогические механизмы, обеспечивающие переход от знания нравственных норм к их применению в повседневных ситуациях. Представлены способы использования проблемных ситуаций, ролевых игр, совместной деятельности и рефлексивных бесед. Обоснована необходимость последовательной педагогической поддержки самостоятельного выбора ребёнка в психологически безопасной образовательной среде.
15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish