“Turk dunyosi amaliy bezak san’ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

28.10.2026


MILLIY HUNARMANDCHILIK RIVOJIDA MARG`ILON AN’ANAVIY TO`QIMACHILIGINING O`RNI

Xakimova Ozoda Po`lat qizi

Maqolada mustaqillik davrida o`zbek an’anaviy hunarmandchiligining yurtimiz madaniy hayotidagi tutgan o`rni, yoqolib borayotgan xalq hunarmandchiligining tiklanish jarayonlari, bugungi kundagi Marg`ilon shahrida faoliyat olib borayotgan yetuk usta hunarmandlar ijodi yoritilingan.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

QADIMGI TURKIY RUNIK (O‘RXUN–ENASOY) YOZUVINING O‘ZBEKISTON AMALIY SAN’ATIDA TUTGAN O‘RNI: O‘TMISH, BUGUN VA KELAJAK

Urunov Toyir Xamitovich

Ushbu maqolada qadimgi turkiy runik (O‘rxun–Enasoy) yozuvi O‘zbekiston amaliy san’ati tarixiga aloqador moddiy manbalar, grafik ifoda xususiyatlari va zamonaviy dizayndagi ijodiy imkoniyatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning manbashunoslik asosini O‘rxun yodgorliklariga doir turkologik tadqiqotlar, Farg‘ona vodiysidan topilgan qisqa turkiy bitiklar haqidagi arxeologik nashrlar, Unicode standarti va UNESCOning nomoddiy madaniy merosga doir hujjatlari tashkil etadi. Tarixiy-qiyosiy, paleografik tavsif, semiotik hamda grafik-kompozitsion tahlil usullari qo‘llanadi. Tahlil O‘zbekiston hududidagi ayrim sopol buyumlarga tushirilgan runik belgilarni yozuv va moddiy buyumning bevosita uchrashuvi sifatida, keyingi davrlar naqshlari bilan shakliy o‘xshashlikni esa mustaqil isbot talab qiladigan hodisa sifatida baholash zarurligini ko‘rsatadi. Maqolada asl bitikning ilmiy nusxasi, uning tushuntirilgan ko‘rgazmaviy talqini va zamonaviy ijodiy stilizatsiyasini farqlashga asoslangan uch pog‘onali yondashuv taklif etiladi. Sopol, to‘qimachilik, dekorativ panel, shrift va raqamli ekspozitsiyada foydalanishning amaliy mezonlari bayon qilinadi. Xulosada yozma merosni saqlash bilan innovatsion dizayn o‘rtasida manba, ma’no va estetik yaxlitlikka asoslangan muvozanat zarurligi asoslanadi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

ПОЛНОЕ И НЕПОЛНОЕ ДОМИНИРОВАНИЕ

Тиллаева Зебо Ёрбековна, Исломджонов Асадуллох

Генетика — наука о наследственности и изменчивости организмов. Одним из важнейших вопросов генетики является наследование признаков от родителей к потомству. Основные закономерности наследования были установлены Грегором Менделем в опытах с посевным горохом. Разные формы одного и того же гена называются аллелями. При взаимодействии аллельных генов могут наблюдаться различные типы наследования. К важнейшим из них относятся полное и неполное доминирование.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

РЕШЕНИЕ ЗАДАЧ ПО ДВОЙНОМУ КРОССИНГОВЕРУ

Тиллаева З.Ё., Агзамова Д.

В статье представлена информация о явлении двойного кроссинговера в хромосоме, а также об определении расстояния между генами. Кроме того, разъясняются методы решения задач определённых типов.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

XX ASR BOSHLARIDA BAUHAUS USLUBINING ESTETIK VA FUNKSIONAL SHAKILLANISH XUSUSIYATLARI

Diyora Tilavova

Mazkur tezisda XX asr boshlarida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy, texnologik va iqtisodiy o'zgarishlar fonida Bauhaus uslubining estetik va funksional jihatdan shakillanish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, sanoat inqilobi, mashina davrining talablari hamda Valter Gropius asos solgan maktabning san'at va texnologiya uyg'unligidagi kontsepsiyalari ilmiy asosda tahlil qilingan.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

XORAZM AMALIY BEZAK SAN’ATINING MILLIY O‘ZIGA XOSLIGI VA UNI ZAMONAVIY DIZAYN TA’LIMIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI

Taganov Ravshanbek Otaboyevich, Yaxshiboyeva Sadoqat Umrbek qizi

Mazkur maqolada Xorazm amaliy bezak san’atining milliy o‘ziga xosligi, tarixiy shakllanish xususiyatlari, naqsh kompozitsiyasi, ranglar uyg‘unligi, geometrik va islimiy bezaklarning badiiy-estetik ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, hududning an’anaviy hunarmandchilik namunalari, xususan, yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, naqqoshlik, kulolchilik va kashtachilik an’analarini zamonaviy dizayn ta’limi jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Milliy badiiy merosni raqamli texnologiyalar, grafik loyihalash, rangshunoslik, kompozitsiya va loyihaviy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalarning ijodiy tafakkuri, milliy estetik didi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari asoslanadi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

ARXIVDAGI XX ASRNING 2-YARMIGA OID FOTOHUJJATLARNING BADIIY XUSUSIYATLARI

Sobitova Gulchehra Akmal qizi

Maqolada O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi fondlarida saqlanayotgan XX asrning ikkinchi yarmiga oid fotohujjatlarning badiiy xususiyatlarini o‘rganishning nazariy va amaliy mezonlari ishlab chiqiladi. Fotohujjat tarixiy dalil bo‘lishi bilan birga, kompozitsiya, rakurs, yorug‘lik-soya, tonal yechim, ritm, faktura, vaqt va makonning vizual talqini orqali estetik mazmun hosil qiluvchi obraz sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, formal-stilistik, ikonografik, semiotik, vizual tahlil va manbashunoslik usullari qo‘llanildi. Natijada XX asr ikkinchi yarmi arxiv fotografiyasiga xos hujjatlilik va badiiylik sintezi, reportajning “hal qiluvchi lahza” tamoyili, inson va mehnat obrazining markazlashuvi, me’moriy-industrial geometriya, qora-oq tasvirning tonal plastikasidan rangli fotografiyaga bosqichma-bosqich o‘tish hamda mafkuraviy reprezentatsiya bilan individual muallif nigohi o‘rtasidagi murakkab munosabatlar ajratib ko‘rsatildi. Fotohujjatni formal-plastik, hujjatli-semantik va arxiv-kontekstual qatlamlarda birgalikda o‘rganishga asoslangan uch qatlamli tahlil modeli taklif etildi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

GILDAN RANGGACHA: MARKAZIY OSIYO KOSHINKORLIGINING BADIIY-TEXNOLOGIK TARAQQIYOTI

Lobar Shukurova

Markaziy Osiyo me’morchiligida koshinkorlik rang, material, naqsh va texnologiya uyg‘unligiga asoslangan muhim amaliy-bezak san’ati turi sifatida shakllangan. Ushbu maqolaning maqsadi koshinkorlikning pishiq g‘isht va o‘yma terrakotadan sirlangan g‘isht, koshinli mozaika hamda mayolikagacha bo‘lgan badiiy-texnologik taraqqiyotini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot tarixiy-qiyosiy, badiiy-tahliliy va texnologik yondashuvlarga asoslanib, yozma manbalar, me’moriy yodgorliklar, koshin bezaklariga oid ilmiy adabiyotlar hamda koshinkor va usta-restavratorlar bilan o‘tkazilgan suhbat materiallarini qamrab oladi. Tahlil natijalari koshinkorlikning birdaniga shakllangan bezak turi emas, balki g‘ishtdan naqshli terish, o‘yma terrakota, sirlangan g‘isht, koshinli mozaika va mayolika kabi o‘zaro bog‘liq bosqichlar orqali rivojlanganini ko‘rsatadi. Mazkur taraqqiyot jarayonida material va texnologiyadagi o‘zgarishlar me’moriy bezakning rang tizimi, kompozitsiyasi va badiiy ifoda imkoniyatlarini kengaytirgan. Sir va rang hosil qilish texnologiyalarining takomillashuvi esa koshinkorlikning me’moriy yuzani tashkil etuvchi yaxlit badiiy tizimga aylanishida muhim omil bo‘lgan. Shu jihatdan koshinkorlik Markaziy Osiyo amaliy-bezak san’atida material, texnologiya va badiiy tafakkurning tarixiy rivojini aks ettiruvchi muhim san’at turi sifatida baholanadi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT MUZEYINING XORIJIY SHARQ KOLLEKSIYASIDA XITOY AMALIY SAN’ATI NAMUNALARI

Shodmonova Saodat Shodi qizi

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi O‘rta Osiyodagi eng qadimiy va yirik muzeylardan biri. Uning kolleksiyasi shakllanishi 1918-yilda Toshkent xalq universiteti muzeyi sifatida boshlangan. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi kolleksiyasining turli yo‘nalishlarining boy tarixi hamda ularning tarixiy ahamiyati bilan durdona asarlar O‘zbekiston xalq amaliy san’ati, rangtasvir hamda Rus va G‘arbiy Yevropaga tegishli va Sharq mamlakatlarining amaliy san’atining noyob durdona buyumlari hamda tasviriy san’at va Xitoy xalq amaliy san’atining ko‘p asrlik noyob buyumlari san’at darajasida ishlangan farfor vazalar chinni hamda kluozane uslubida ishlanganligi va yog‘och o‘ymakorligida mebellar ro‘zg‘or anjomlarini usta hunarmandlar tomonidan falfasiy yondashgan holda badiiy uslubda yasalgan eksponatlar va minatyuralari muzeyning kolleksiyasidan o‘rin olgan durdona eksponatlari saqlanadi

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

TASVIRIY SAN’AT VA CHIZMACHILIK FANLARINI O‘QITISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR VA ULARNI MILLIY TA’LIM TIZIMIGA JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Sherov Dilshod Reyimberganovich, Rahimov Hamro Amanbayevich

Maqolada tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini o‘qitishda Finlyandiya, AQSh va Germaniya ta’lim tizimlarida to‘plangan ilg‘or tajribalar tahlil qilingan. Fenomenga asoslangan o‘qitish, ustaxona (studiya) tafakkuri, fazoviy tasavvurni rivojlantirish va STEAM yondashuvining mohiyati yoritilgan. Xorijiy tajribani O‘zbekiston pedagogika oliy ta’lim muassasalari sharoitiga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish