Mazkur maqolada rangtasvir san’atida makon va vaqtning badiiy sintezi, vizual obrazlarning ramziy mazmuni hamda kompozitsion tafakkurning tomoshabin idrokiga ta’siri tahlil qilinadi.Shuningdek tarixiy voqelikni zamonaviy badiiy tafakkur orqali qayta talqin qilish, o‘tmish va bugungi kun o‘rtasidagi ma’naviy-falsafiy bog‘liqlikni tasviriy vositalar orqali ochib berishga qaratilgan. Asarda tarixiy obrazning badiiy talqini hokimiyat, inson tabiati, zulm va ma’naviy inqiroz kabi dolzarb masalalar haqida mushohada yuritishga undaydi. Makonning kompozitsion tashkil etilishi, ramziy belgilar, ranglar munosabati hamda vizual qarama-qarshiliklarning o‘zaro aloqasi asarning g‘oyaviy mazmunini shakllantiruvchi omillar sifatida o‘rganiladi. Rangtasvirning nafaqat voqelikni tasvirlash, balki yashirin ma’nolarni ochish, tarixiy xotirani faollashtirish va tomoshabinni mustaqil fikrlashga chorlash imkoniyatlari yoritiladi. Maqolaning ahamiyati tarixiy mavzuning zamonaviy badiiy ifodasi orqali makon, vaqt va inson tafakkuri o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ochib berish bilan belgilanadi.
10.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada Rishton kulolchilik maktabida badiiy an’analarni avloddan avlodga uzatishning asosiy mexanizmlari san’atshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Usta-shogird munosabatlari, ustaxona muhiti, amaliy ko‘rsatish va takrorlash, naqsh va rang tizimini o‘zlashtirish hamda sirlash va pishirishga doir texnologik bilimlarning uzatilishi asosiy tadqiqot yo‘nalishlari sifatida belgilandi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, Rishton maktabining davomiyligi alohida shakl yoki bezaklarni mexanik takrorlash bilan emas, balki buyumni yaratishning yaxlit badiiy-texnologik tajribasini egallash orqali ta’minlanadi. Shu jihatdan usta-shogird tizimi mahalliy badiiy merosni saqlash va yangi avlod ijodida rivojlantirishning faol mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi.
10.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada Xuroson va O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri san’atining yirik namoyandalaridan biri Kamoliddin Behzodning Sharq miniatyurasi rivojiga qo‘shgan hissasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Rassom ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, kompozitsion yechimlari, ranglar uyg‘unligi, inson obrazining psixologik talqini hamda kitob bezagi va portret san’atining takomillashuvidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Behzod ijodida an’anaviy badiiy tamoyillarning yangi tasviriy imkoniyatlar bilan boyitilishi, uning ijodiy merosi va miniatyura maktabining keyingi davrlar san’atiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari Behzod ijodining Sharq tasviriy san’ati tarixidagi badiiy, estetik va madaniy ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.
10.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmida o‘zbek kinosida davr muammolarini yoritishda kinoqahramon obrazidagi libosning badiiy va ramziy xususiyatlari tahlil qilinadi. Dastlabki o‘zbek filmlarida libosning qahramonning ijtimoiy mavqei, milliy mansubligi va mafkuraviy qarashlarini ifodalashdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. An’anaviy va zamonaviy liboslar qarama-qarshiligi orqali jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, eski va yangi hayot tarzi o‘rtasidagi ziddiyatlarning vizual ifodalanishi ochib beriladi. Ovozli kino shakllanishi jarayonida libosning ramziy va dramaturgik vazifalari kuchayib, u kinoqahramon obrazini yaratishning muhim badiiy vositasiga aylangani asoslanadi.
10.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
В статье исследуется потенциал азербайджанского декоративно-прикладного искусства в контексте сохранения и популяризации национально-культурного наследия, а также развития туристического сектора. Ковроткачество, художественная керамика, медничество, ювелирное искусство, производство кялагаи, резьба по дереву и другие традиционные ремёсла рассматриваются как значимые образцы культурного наследия, отражающие историческую память народа, его эстетическое мировоззрение и региональные культурные особенности. Цель исследования заключается в определении возможностей трансформации произведений декоративно-прикладного искусства в ресурсы культурного туризма и обосновании значимости их интеграции в туристические маршруты, музейную деятельность, творческие мастерские и цифровые платформы популяризации. В исследовании применяются системный подход, сравнительный анализ, изучение документов и методы оценки культурного наследия в качестве туристического ресурса. Проведённый анализ показывает, что интеграция традиционных ремёсел в туристическую сферу может способствовать международному признанию национальной культуры, повышению региональной экономической активности, передаче ремесленных традиций из поколения в поколение и развитию креативной экономики.
10.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada amaliy bezak san‘atini ta’lim tizimida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, xususan, kulolchilik hunarining o‘quvchilar ijodiy salohiyati, estetik tafakkuri va milliy-madaniy qadriyatlarga munosabatini shakllantirishdagi o‘rni tahlil etiladi. Kulolchilik san’atining tarixiy taraqqiyoti, o‘zbek milliy kulolchilik maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu hunarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar, loyiha asosida o‘qitish, ustoz-shogird an’anasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati asoslab beriladi. Kulolchilik mashg‘ulotlarini tizimli tashkil etish orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, estetik did, mehnatsevarlik, sabr-toqat va milliy madaniy merosga hurmat tuyg‘ularini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.
10.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada Xorazm viloyati Hazorasp tumanida shakllangan miniatyura va naqqoshlik usto-shogird ijodxonasi faoliyatining shakllanish tarixi, pedagogik tajribasi, amaliy natijalari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot muallifning 1993-yildan boshlangan ijodiy va 1994-yildan davom etib kelayotgan pedagogik faoliyati, shuningdek, xonadon sharoitida tashkil etilgan usto-shogird maktabi tajribasiga asoslangan.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Воспитание полноценно развитой духовно-нравственной личности является приоритетной задачей государственной политики. Это считается актуальным для воспитания у студентов патриотизма и качеств творчества путем изучения, художественных произведений, общечеловеческих ценностей. В статье анализируются именно эти параметры.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada zamonaviy san’atshunoslikning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan mahobatli haykaltaroshlikning badiiy-estetik, ijtimoiy-madaniy va me’moriy xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etiladi. Globallashuv, urbanizatsiya va madaniy qadriyatlarning yangilanishi sharoitida monumental san’at asarlarining milliy identifikatsiyani ifodalash, tarixiy xotirani saqlash hamda jamoat makonining estetik qiyofasini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda mahobatli haykaltaroshlikning me’moriy muhit bilan uyg‘unligi, kompozitsion yechimlarning badiiy ta’sirchanligi, tarixiy shaxslar obrazini yaratishdagi talqin muammolari, an’anaviy va zamonaviy materiallardan foydalanish hamda haykaltaroshlik merosini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish orqali monumental asarlarni baholashda faqat tashqi shakl va o‘lcham emas, balki ularning mazmuniy yaxlitligi, fazoviy muvozanati, tarixiy asoslanganligi va jamoatchilik bilan kommunikativ aloqasi muhim mezonlar ekanligi asoslanadi. Shuningdek, O‘zbekiston mahobatli haykaltaroshligining rivojlanish istiqbollari milliy badiiy an’analar, zamonaviy plastik tafakkur va shaharsozlik talablarining integratsiyasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot yakunida mahobatli haykaltaroshlik asarlarini yaratish va san’atshunoslik nuqtayi nazaridan baholashning kompleks yondashuvi taklif etiladi.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
В статье исследуются историческая эволюция, технологические особенности и современные интерпретации искусств гялямкарлыг (батик) и басманахыш (набойка по ткани), являющихся уникальными и фундаментальными направлениями многовекового материально-культурного наследия Азербайджана. В работе на научно-технологическом уровне анализируются древние принципы материаловедения — процесс получения черных чернил из ламповой сажи, протрава (фиксация) текстильных волокон раствором квасцов, вырезание ксилографических (деревянных) штампов из твердых пород древесины и их импрегнация (пропитка) липидами.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish