Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida qadimgi va ilk o‘rta asrlar davrida shakllangan haykaltaroshlik san’atining tarixiy-nazariy ildizlari, evolyutsion bosqichlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda antik davr va Kushon imperiyasi san’ati, Dalvarzintepa arxeologik yodgorliklaridan topilgan noyob plastik asarlar, Markaziy Osiyoda buddaviylik madaniyati ta’sirida yuzaga kelgan haykaltaroshlik an’analari yoritiladi. Shuningdek, ilk o‘rta asrlar Toxariston (Ajinatepa, Qoratepaning so‘nggi davrlari), Sug‘d va Xorazm monumental plastikasining qiyosiy xususiyatlari ochib berilib, mahalliy badiiy tafakkur va ellinistik madaniyat sintezi natijasida yuzaga kelgan sinkretik plastik tilning rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan.
14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Müzeler, kültürel mirasın korunması ve geçmiş toplumlara ait bilgi, üretim biçimleri ve kültürel değerlerin ziyaretçilere aktarılmasında önemli bir işleve sahiptir. Dijital teknolojilerin müzecilik alanında kullanımının yaygınlaşması, eserlerin üretim süreçleri, kullanım amaçları ve kültürel bağlamlarıyla birlikte ele alınmasına yönelik yeni olanaklar sunmaktadır. Bu bağlamda dijital görselleştirme, hareketli anlatımlar ve yapay zekâ destekli uygulamalar, arkeolojik ve geleneksel seramik kültürünün ziyaretçilere aktarılmasında kullanılabilecek yöntemler arasında yer almaktadır. Bu çalışmanın amacı, dijital teknolojilerin müze ziyaretlerinde seramik eserlerin üretim tekniklerinin, biçimsel özelliklerinin, yüzey süslemelerinin ve sembolik anlamlarının aktarımına sağlayabileceği olanakları incelemektir. Çalışmanın kapsamını, arkeolojik ve geleneksel seramik eserlerin dijital ortamda görselleştirilmesi, üretim aşamalarının canlandırılması ve motiflerin kültürel bağlamlarıyla açıklanmasına yönelik dijital uygulamalar oluşturmaktadır. Araştırmada, müzecilik, dijital kültürel miras ve yapay zekâ uygulamalarına ilişkin akademik yayınlar ile uluslararası kurumsal kaynakların incelendiği betimsel bir literatür değerlendirmesi yöntemi benimsenmiştir. Bu doğrultuda dijital görsel ve hareketli anlatımların seramik kültürünün tanıtılmasına ve ziyaretçilerin eserleri anlamlandırma süreçlerine sağlayabileceği katkılar ele alınmıştır. Çalışma sonucunda, dijital teknolojilerin seramik eserlerin üretim süreçlerinin, görsel özelliklerinin ve kültürel anlamlarının daha anlaşılır biçimde sunulmasına katkı sağlayabilecek görselleştirme ve yorumlama araçları olduğu değerlendirilmiştir. Bununla birlikte, dijital canlandırmaların tarihsel gerçeklikle ilişkisinin açıkça ortaya konulması ve bilimsel verilerle desteklenmesi gerektiği vurgulanmıştır.
14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada Xiva me’moriy merosida amaliy bezak san’atining tutgan o‘rni, tarixiy shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, shuningdek, uning tasviriy-ifodaviy hamda estetik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil etiladi. Xiva tarixiy me’morchiligida yog‘och o‘ymakorligi, koshinkorlik, ganchkorlik va naqqoshlik kabi amaliy san’at turlarining me’moriy obyektlardagi fazoviy muhiti va bezak kompozitsiyasi haqida yoritiladi. Tarixiy obidalar misolida bezak elementlarining me’moriy yaxlitlikni ta’minlashdagi naqshlarning shakliy tuzilishi, ranglar uyg‘unligi shuningdek, amaliy bezak san’atida namoyon bo‘ladigan milliy badiiy an’analar, mahalliy ustalarning ijodiy xususiyatlari va an’anaviy bezash usullarining o‘ziga xos jihatlari organilgan. Maqolada me’moriy inshootlarning qiyofasini shakllantiruvchi bezak vositalari muhim omil sifatida baholanib, uning Xiva madaniy merosining o‘ziga xosligini ifodalash, tarixiy-badiiy qadriyatlarni saqlash hamda kelajak avlodlarga yetkazishdagi ahamiyatining o‘rni ifodalangan.
14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada o‘zbek amaliy san’ati na’munalarining milliy rangtasvirchi rassomlarimiz ijodidagi badiiy ifodasi, ularning kompozitsion hamda konseptual yechimi, koloriti va plastik qurilishidagi o’ziga xos jihatlar tadqiq etilib, amaliy san’at elementlariga oid shakliy - estetik tamoyillarning dastgohli rangtasvir tizimi bilan uyg’unlashuvi atroflicha o’rganiladi. Kashtachilik, zardo’zlik, kulolchilik, hamda milliy amaliy san’atimizning boshqa turlariga tegishli bo’lgan unsurlarning kartinalardagi aksi, asarning badiiy - kompozitsion tugalligiga xizmat qilibgina qolmay, uning milliy identikligini oshirishga, o’zbekona ruh va madaniy xotiraning matoga muhrlanishiga asos bo’lgan omil sifatida ifoda etiladi. Tadqiqotning nazariy negizini tarixiy, qiyosiy, hamda formal - kompozitsion tahlil metodlari tashkil etadi.
14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Tezisda Markaziy Osiyo tarixiy me’moriy bezaklarining ikki ko‘rinishi — takrorlanuvchi ko‘k-oq geometrik koshin naqshi hamda yulduzsimon markaziy kompozitsiyaga ega naqsh — misolida raqamli rekonstruksiya va zamonaviy fasadga moslashtirish yondashuvi taklif etiladi. Tadqiqotning metodik asosi Rhinoceros 3D (Rhino) va vizual algoritmik modellashtirish muhiti Grasshopper hisoblanadi. Naqshlarning manba tasvirlari asosida kontur, simmetriya, modul va takrorlanish qoidalarini aniqlash; ularni parametrlar orqali boshqariladigan geometriyaga aylantirish; so‘ngra fasad qismi yoki dekorativ panel sifatida sinash ko‘zda tutiladi. Toshhovli saroyi naqshlari bo‘yicha Rhino va Grasshopper ishlatilgan avvalgi tadqiqot mavjudligi sababli, ushbu ishning farqli jihati yangi dasturiy vositani qo‘llashda emas, balki ikki turdagi naqshni amaliy fasad moduliga aylantirish metodikasini qiyoslashda belgilanadi.
14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada turkiy xalqlar amaliy bezak sanʼatining umumiy merosi doirasida oʻzbek anʼanaviy naqshlarini zamonaviy buyumlar dizaynida qoʻllashning badiiy-uslubiy asoslari koʻrib chiqilgan. Islimiy va girih naqshlarining kompozitsion xususiyatlari tahlil qilinib, ularni zamonaviy buyumlarga moslashtirishning asosiy tamoyillari va yondashuvlari belgilangan. Tadqiqot natijalari amaliy bezak sanʼati va dizayn sohasidagi tadqiqotchilar, pedagoglar va talabalar uchun foydali boʻlishi mumkin.
14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada IX–X asrlarga oid, Samarqanddagi Afrosiyob muzeyida saqlanayotgan sirlangan sopol buyumlarni ta’mirlash va restavratsiya qilish masalalari yoritiladi. Mazkur davrga oid sopol buyumlar o‘zining badiiy bezaklari, sir qatlami, shakliy xususiyatlari hamda ishlab chiqarish texnologiyasi bilan muhim tarixiy va madaniy ahamiyatga ega. Maqolada sopol buyumlarning saqlanish holatini o‘rganish, ulardagi shikastlanish va yemirilish jarayonlarini aniqlash, sirlangan yuzalarning xususiyatlarini tahlil qilish hamda restavratsiya usullarini tanlash masalalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tarixiy ashyolarning asl ko‘rinishi va moddiy tuzilishini saqlab qolish, zamonaviy konservatsiya tamoyillarini qo‘llash hamda muzey eksponatlarining uzoq muddat saqlanishini ta’minlashning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari IX–X asrlarga oid sirlangan sopol buyumlarni ilmiy asosda saqlash, ta’mirlash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada O‘zbekiston rangtasvirida akademik rangtasvir maktabini an’analarini saqlagan holda, individual badiiy konsepsiyasiga ega bo’lgan zamonaviy rangtasvir yo’nalishlarida ijod qilayotgan rassomlar asarlarini o‘rganiladi. Xususan zamonaviy badiiy jarayonni anglash va tahlil etishda Akmal Ikromjonov ijodining ahamiyati ilmiy jihatdan tadqiq etiladi. Mustaqillik davridagi rassomlar ijodida yuzaga kelgan erkin badiiy tafakkur, falsafiy mushohada, yangi plastik yechimlar, rang va shakllar xilma xilligi kabi muhim o‘zgarishlar Akmal Ikromjonov asarlari misolida tahlil etilib, ularni zamonaviy milliy rangtasvir taraqqiyotidagi o’rnini ochib beradi.
11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Visual art has long served as an important medium for expressing human emotions, thoughts, and psychological experiences. This article examines the relationship between visual art and human psychology, with particular attention to the role of color and emotional expression in contemporary artistic practice. The study analyzes how artistic elements such as line, form, composition, and color influence viewers’ emotional perception and psychological response. The research is based on theoretical analysis of aesthetic and psychological literature, as well as interpretative analysis of selected works by Uzbek artists. Special attention is given to the psychological influence of color and its ability to evoke emotional resonance between artworks and viewers. In addition, the article discusses the significance of art therapy as a psychological method that uses artistic activity to facilitate emotional expression and psychological well-being. The findings demonstrate that visual art plays an important role not only in aesthetic perception but also in emotional communication, psychological development, and cultural expression. The results highlight the importance of integrating artistic education and creative practices into the development of individual aesthetic consciousness and emotional intelligence.
11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada tog‘li hududlarda joylashgan zamonaviy sanatoriya komplekslarini loyihalash jarayonida milliy hunarmandchilik va amaliy san’at namunalaridan foydalanishning me’moriy, estetik va funksional jihatlari tahlil qilinadi. Tog‘li hududlarning tabiiy-landshaft xususiyatlari, sanatoriya muassasalarining sog‘lomlashtiruvchi vazifalari hamda milliy madaniy merosning interyer va eksteryer dizaynidagi o‘rni o‘rganiladi.
11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish