В статье исследуется меховая одежда казахов как целостная система материальной культуры, объединяющая климатическую адаптацию, социальную семантику и художественные приёмы обработки материала. На основе научной типологии традиционного костюма, опубликованных музейных описаний и сравнительного конструктивно-композиционного анализа рассматриваются тон, ішік, тымақ и бөрік. Подробно сопоставлены два атрибутированных экспоната из собрания музея-заповедника «Отырар»: сеңсең тон (ТК-1254) и қасқыр ішік (ТК-6138). Выделены способы взаимодействия меха, кожи и текстильной основы, роль меховой отделки в формировании силуэта и границ одежды, а также различие утилитарной и статусной функций. Предложена схема интерпретации традиционного изделия в современном дизайне, основанная на сохранении ремесленного знания, а не буквальном воспроизведении исторического образца.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada qo‘g‘irchoq teatrida badiiy obraz yaratishning tasviriy va sahnaviy vositalari tahlil qilinadi. Qo‘g‘irchoqning shakli, hajmi, rangi, materiali, tuzilishi va harakat imkoniyatlarining obraz yaratishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, rassom, rejissyor va aktyor hamkorligining spektakl mazmunini ochib berishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. O‘zbek qo‘g‘irchoq teatri rassomlarining ijodiy izlanishlari, V. Akudin tomonidan yaratilgan qo‘g‘irchoq va dekoratsiyalar, sahna liboslari, ovoz va musiqaning badiiy obrazga ta’siri haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy qo‘g‘irchoq teatrida raqamli texnologiyalar, interaktivlik va yangi sahnaviy yechimlardan foydalanish imkoniyatlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida qo‘g‘irchoqning badiiy qiyofasi, texnik tuzilishi va aktyor ijrosi o‘zaro uyg‘unlashgandagina yaxlit va ta’sirchan sahnaviy obraz yuzaga kelishi asoslanadi..
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
В статье рассматривается вопросы комплексные художественно-технологические реконструкции Каракалпакского традиционного свадебного головного убор невест «САУКЕЛЕ». На основе этнографических источников И. В. Богословской и так же из анализов музейных экспонатов, исследуется структура убора, используемые материалы, а также семантика вышивки узоров. Предложена методика поэтапной практической и графической реконструкции всех элементов и деталей убора.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
This article examines the headdresses of the peoples of Central Asia as one of the most significant and distinctive elements of traditional costume. Particular attention is paid to the symbolism of color and its semantic meanings, which could convey both positive and negative connotations. Color symbolism played an important role in the rituals associated with the life cycle, from birth to funeral ceremonies. Traditional cultural features were most clearly expressed in headdresses, which preserved archaic forms and symbolic elements over long periods. The omission or alteration of specific details without valid reasons was considered dangerous, as such changes were associated with traditional beliefs and cultural perceptions. The study analyzes the symbolic meanings, social functions, and artistic features of female and male headdresses among the peoples of Central Asia.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada O‘zbekiston amaliy bezak san’atining ikki muhim yo‘nalishi kulolchilik va xattotlikning o‘zaro munosabati Akbar Rahimov hamda Rahimovlar kulolchilik sulolasi ijodiy merosi doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sopol buyumlar yuzasida arab yozuvlarining badiiy bezak vositasiga aylanishi, epigrafik kompozitsiyalarning shakllanishi, yozuv va naqsh o‘rtasidagi munosabat, shuningdek, tarixiy keramika namunalaridagi xattotlik an’analarining zamonaviy ijodda qayta talqin qilinishi masalalariga e’tibor qaratiladi. Afrosiyob, Somoniylar va Temuriylar davri keramikasi bilan bog‘liq tarixiy-badiiy tajriba Rahimovlar sulolasi ijodiy izlanishlarini o‘rganish uchun muhim kontekst sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada xattotlikning faqat matnni ifodalash vositasi emas, balki sopol buyumning kompozitsion tuzilishi, estetik ta’siri va madaniy mazmunini shakllantiruvchi badiiy unsur ekanligi asoslanadi.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
This article examines current transformations in the decorative and applied arts of the Turkic world through the interaction of heritage, design practice, digital technology, and the creative economy. Its purpose is to identify stable patterns in the renewal of traditional craft and to propose criteria that distinguish meaningful continuity from superficial ethnic styling. The evidence includes peer-reviewed studies of Kazakh and Uzbek art, UNESCO records on carpet weaving, yurt making, ceramics, and sericulture, and WIPO guidance on traditional cultural expressions. Comparative-typological, formal-semantic, and qualitative content analysis were employed. Five connected tendencies emerged: reinterpretation of ornamental structures; collaboration between craft practitioners and designers; digital documentation and circulation; environmentally responsible production; and recognition of individual authorship and community cultural rights. The findings indicate that a tradition remains viable not through literal repetition of historical forms, but through the continued relationship among meaning, material, technique, and intergenerational transmission. The article concludes with practical criteria for assessing contemporary projects.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada reklama fotografiyasida vizual metafora yaratishning nazariy asoslari, badiiy-kompozitsion xususiyatlari va kompyuter-grafik usullari tahlil qilinadi. Fotomontaj, qatlamli kompozitsiya, obyektlarni transformatsiyalash, raqamli retush, rang korreksiyasi, 3D modellashtirish va sun’iy intellekt vositalarining metaforik obraz yaratishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, vizual metaforani ishlab chiqish bosqichlari hamda uni baholash mezonlari taklif etiladi.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada o‘zbek milliy dekorativ elementlarini zamonaviy interyer kompozitsiyasiga uyg‘unlashtirish masalasi tahlil qilinadi. Milliy naqshlardan foydalanishning kompozitsion, rang, masshtab, material va funksional mezonlari yoritilib, ularni interyer dizaynida qo‘llash bo‘yicha tahliliy sxema taklif etiladi.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada Samarqand kulolchilik maktabining tarixiy shakllanishi, Afrosiyob sopol buyumlarining badiiy xususiyatlari hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Xudoyberdi Haqberdiyev ijodida milliy kulolchilik an’analarining davomiyligi yoritilgan. Shuningdek, ustaning «So‘g‘diyona» turkumidagi asarlarining kompozitsion yechimi, ramziy mazmuni, ranglar uyg‘unligi va bezak uslublari tahlil qilingan.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada mustaqillik davri o‘zbek kinosida yaratilgan tarixiy-afsonaviy filmlar – “Marg‘iyona” (1997), “Alpomish” (2000) va “Elparvar” (2018) kinokartinalarining tasviriy yechimida turkiy xalqlar amaliy bezak san’ati an’analari: kulolchilik, zargarlik, kashtachilik, libos bezagi, devoriy rangtasvir va me’moriy dekor unsurlarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Kinorassom faoliyati amaliy san’at merosini audiovizual madaniyat vositasida aktuallashtirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi. Dekoratsiya, kostyum va rekvizitning informativ, xarakterologik, ramziy-semantik hamda kompozitsion-koloristik vazifalari aniqlanib, tarixiy autentiklik bilan muallifona stilizatsiya o‘rtasidagi muvozanat baholanadi.
09.11.2026 Ko`rish Yuklab olish