“Turk dunyosi amaliy bezak san’ati: tarix zamonaviylik va kelajak istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

28.10.2026


“XX ASR BIRINCHI YARMIDA O‘ZBEK RASSOMLARI IJODIDA MILLIY MEROS VA RUS BADIIY TAJRIBASI”

Zarifova Dilfuza Omon qizi

Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmida O‘zbekiston dastgohli rangtasviri rivojiga rus badiiy maktablarining ta’siri va milliy bezak an’analarining o‘zbek rassomlari ijodida namoyon bo‘lishi yoritiladi. Bu davrda O‘zbekistonda yangi tasvirlash usullari, rang bilan ishlash tajribasi va kompozitsiya tuzish tamoyillari shakllana boshladi. Rassomlar Yevropa va rus rangtasvirining yutuqlarini o‘rganish bilan birga, o‘zbek xalqining turmush tarzi, me’moriy obidalari, milliy naqshlari va ranglaridan ham ilhom oldilar. Maqolada ushbu jarayonning milliy san’at rivojidagi o‘rni hamda tarixiy an’analarni zamonaviy ijod bilan bog‘lash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

ЎЗБЕК РАНГТАСВИРИДА БОЛАЛАР ОБРАЗИ: БАДИИЙ ТАЛҚИН, ПСИХОЛОГИК ИФОДА ВА МИЛЛИЙ ХУСУСИЯТЛАР

Юсупова Шарофат Юнусовна

Мазкур мақолада Ўзбекистон тасвирий санъатида портрет жанри, ўзбек рассомлари ижодида болалар образининг бадиий-психологик талқини ва унинг миллий маданий қадриятлар билан боғлиқ жиҳатлари тадқиқ этилади. Абдулҳақ Абдуллаев, Раҳим Аҳмедов, Собир Рахметов каби рассомлар ижоди мисолида болалар қиёфасининг индивидуаллик, психологик, маънавий поклик ва ижтимоий муҳит билан боғлиқ бадиий хусусиятлари таҳлил қилинади.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

TOSHKENT ME’MORCHILIGIDAGI MOZAIKALARNING MATERIAL-TEXNIK XUSUSIYATLARI VA BADIIY YECHIMLARI

Xusniddinova Muslimaxon Doniyor qizi

Mazkur maqolada Toshkent shahridagi monumental mozaika san’ati namunalari materiallarning xususiyatlari, mozaika elementlarining shakli va ularni kompozitsion joylashtirish usullari asosida ikki guruhga ajratib o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mozaika asarlarini yaratishda foydalanilgan materiallar hamda alohida elementlarning shakliy xususiyatlari yaxlit badiiy obrazning shakllanishiga qay darajada ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdan iborat. Birinchi guruhga marmar, turli tabiiy toshlar, yarim qimmatbaho minerallar, keramik plitkalar va boshqa materiallardan tayyorlangan, o‘lchami hamda shakli tasvirning mazmuni va kompozitsion yechimiga mos ravishda tanlangan bo‘laklar yordamida yaratilgan mozaikalar kiritiladi. Bunday asarlarda materialning tabiiy rangi, fakturasi, yorug‘likni aks ettirish xususiyati va bo‘laklarning individual shakli tasvirning plastik ifodadorligini kuchaytirishi mumkin. Ikkinchi guruhni esa, asosan, bir xil yoki o‘zaro yaqin o‘lcham va shakldagi mozaika elementlarini muntazam joylashtirish orqali yaxlit tasvir hosil qilingan namunalar tashkil etadi. Ushbu turdagi mozaikalarda badiiy obraz alohida bo‘laklarning shakliy xilma-xilligidan ko‘ra, ularning o‘zaro munosabati, ranglar uyg‘unligi, ritmik takrorlanishi va umumiy kompozitsion tuzilishi orqali namoyon bo‘ladi. Mazkur ikki guruhning qiyosiy tahlili orqali material tanlovi, elementlar shakli va ularni terish texnikasining tasviriy ifoda vositalari bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Maqolada Toshkent shahridagi monumental mozaika namunalari misolida mazkur xususiyatlarning badiiy obraz, tasvirning hajmiy-plastik ifodasi, ranglar munosabati va kompozitsion yaxlitlikka ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, mozaika elementlarining shakli va joylashtirilishidagi farqlar asarning tomoshabinga vizual ta’siri, tasvirning idrok etilishi hamda me’moriy muhit bilan uyg‘unlashuviga qanday ta’sir ko‘rsatishi masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot Toshkent monumental mozaika san’atini material, texnologiya va badiiy ifoda o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, shahardagi mozaika merosini tasniflash va uning badiiy xususiyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

REKLAMA DIZAYNIDA TIPOGRAFIYANING VIZUAL TA’SIRCHANLIKNI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI

Xudaynazarova Mashhura

Ushbu maqolada reklama dizaynida tipografiyaning vizual ta’sirchanlikni oshirishdagi o‘rni va ahamiyati tadqiq etiladi. Shrift tanlash, harflar o‘lchami va qalinligi, oraliq masofalar, matn kompozitsiyasi hamda vizual ierarxiya tamoyillarining iste’molchi idrokiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, shriftning emotsional-semantik xususiyatlari, uning brend identikasi bilan uyg‘unligi, kinetik tipografiya imkoniyatlari va o‘zbek lotin alifbosiga xos tipografik muammolar ko‘rib chiqilib, reklama loyihalarida tipografiyadan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

XXI ASRDA SAN’AT BRENDINGINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI: NAZARIY ASOSLAR

Xolboyeva Ra’no Anvarovna

Maqolada XXI asrda keskin-global qarama qarshiliklar va o‘zgarishlar, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozga yuz tutilishlar davrida san’at institutlarining muqobil moslashuvi hamda brendingning bu jarayonlarda san’at institutlariga qay darajada ko‘mak berishi va moslashuv jarayonini yanada tezroq amalga oshishida yordami tahlil qilinadi. Bugungi kun nigohida san’at asarining birlamchi estetik obyektdan global brendga integratsiyalashuvini nazariy va amaliy keyslar (Bilbao Guggenhaym muzeyi, Luvr Abu-Dabi hamda Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi) misolida maqolada yoritiladi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

ЮҚОРИ ҲАРОРАТГА ЧИДАМЛИ МАХСУС КИЙИМ ПАКЕТИНИНГ ИССИҚЛИКДАН ҲИМОЯЛАШ ХУСУСИЯТИНИ ЭКСПЕРТ БАҲОЛАШ

Ходжаева Камола Турдиевна, Расулова Мастура Кабиловна

Мақолада юқори ҳароратга чидамли махсус кийим пакетида иссиқликдан ҳимоялашнинг таъсир даражасини ўрганиш эксперт баҳолаш усулидан фойдаланган ҳолда амалга оширилди. Эксперт сифатида мутахассислик кафедра профессор-ўқитувчилари, ишлаб чиқариш корхоналарининг мутахассислари ва ёнғин хавфсизлиги ходимларидан иборат ўн нафар иштирокчилар қатнашдилар. Экспертлар гуруҳи томонидан тавсия этилаётган юқори ҳароратга чидамли махсус кийим пакетини қўллаш жараёнига таъсир этувчи омиллар, яъни бахя йириклиги; пакет юза зичлиги; пакет қалинлиги; пакетдаги бахяқаторлар орасидаги масофа; оловбардошлилик; иссиқлик ўтказувчанлик; қўлланадиган материаллар тури; материаллар толавий таркибининг мухимлик даражаси аниқланди. Эксперт мутахассисларининг фикрига кўра, тавсия этилаётган юқори ҳароратга чидамли махсус кийим пакетини қўллаш жараёнига таъсир этувчи омилларнинг энг муҳим кўрсаткичлари: пакет юза зичлиги; пакетдаги бахяқаторлар орасидаги масофа; пакет қалинлиги кўрсаткичлари ҳисобланади.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

XONLIKLAR DAVRI LIBOS MADANIYATINING ILMIY-NAZARIY HAMDA IJTIMOIY-MADANIY TADQIQI

Xayitboboyeva Xurshida Pirmaxmatovna

Mazkur maqolada xonliklar davri libos madaniyatining ilmiy-nazariy hamda ijtimoiy-madaniy asoslari tadqiq etiladi. Xiva, Qo‘qon va Buxoro xonliklari davrida shakllangan an’anaviy liboslarning tarixiy rivojlanish bosqichlari, badiiy-estetik xususiyatlari, bezak unsurlari hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy mavqe va madaniy qadriyatlarni ifodalashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, liboslarning mahalliy urf-odatlar, diniy qarashlar, hunarmandchilik an’analari va etnomadaniy omillar ta’sirida shakllanishi yoritiladi. Tadqiqot natijasida xonliklar davri liboslari o‘zbek milliy madaniy merosining muhim tarkibiy qismi ekanligi hamda zamonaviy dizayn va amaliy san’at rivojida muhim manba sifatida xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

СОХРАНЕНИЕ КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ ТЮРКСКОГО МИРА: ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЕ ТРЕНДЫ И СТРАТЕГИЧЕСКИЕ ВЕКТОРЫ

Хасанова Камила

В статье представлен комплексный анализ современных реальных проектов и инициатив, направленных на сохранение, изучение и популяризацию материального и нематериального культурного наследия тюркского мира. Рассматриваются институциональные механизмы межгосударственного взаимодействия (деятельность ТЮРКСОЙ, Организации тюркских государств, Тюркской академии и Фонда тюркской культуры и наследия), научно-академические проекты, а также инновационные инструменты в сфере креативных индустрий, цифровизации и искусственного интеллекта. Проведен анализ существующих инициатив, выявлены ключевые проблемы и определены приоритетные векторы развития с учетом трендов цифровой трансформации и глобального культурного туризма.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

АБСТРАКТНАЯ ЖИВОПИСЬ МУЗАФФАРА АБДУЛЛАЕВА: К ПРОБЛЕМЕ ТИПОЛОГИЧЕСКОГО СХОДСТВА С НЕЙРОГРАФИЧЕСКИМ МЕТОДОМ

Хапов Василий Николаевич

Статья посвящена исследованию особенностей художественного мышления бухарского художника Музаффара Абдуллаева в контексте трансформации фигуративного образа в сторону самостоятельной пластической структуры. На материале произведений «Автопортрет» (1980), «Плод» (1981), «Музыка души» (1987), «Жизнь» (1990), «Музыкант» (2000) и «Сон» (2013) рассматривается постепенное изменение функции линии, цвета, ритма и фигуративной формы. Особое внимание уделяется переходу линии от функции обозначения контура к самостоятельному носителю движения и эмоционального напряжения, а фигуративного мотива — к элементу единой пластической системы. Предлагается рассматривать данный процесс через понятие самоорганизации формы, при котором взаимодействие линий, пятен, цветовых отношений и ритмических повторов приводит к формированию целостной композиционной структуры. В качестве современной аналитической модели используется принцип нейрографики. При этом подчёркивается, что речь не идёт об историческом влиянии нейрографического метода на творчество Абдуллаева: нейрографика возникла позднее основных этапов формирования художественного языка художника и используется исключительно как инструмент типологического сопоставления. Делается вывод о том, что абстрагирование в живописи Абдуллаева происходит не посредством полного отказа от предметности, а через изменение статуса изображения: линия, цвет и фигура постепенно приобретают автономную пластическую функцию.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

TURKIY DUNYODA MAHOBATLI RANGTASVIR AN’ANALARINING O‘ZGARISHI: TARIXIY MEROS, ZAMONAVIY YO‘NALISHLAR VA ISTIQBOLLAR

Xalilov Ilhomjon Isroiljonovich

Ushbu maqolada turkiy dunyoda mahobatli rangtasvir an’analarining tarixiy taraqqiyoti va zamonaviy o‘zgarishlari O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon hamda Qirg‘iziston san’ati misolida o‘rganiladi. Afrasiyob devoriy rasmlari, Toshkent me’moriy muhitidagi mozaikalar, Uzoqboy Qo‘shqinboyev ijodi, Shaki xon saroyi bezaklari, Boku metropolitenining «Nizomiy» bekati va Bedri Rahmi Eyüboğlu asarlari qiyosiy tahlil qilinadi. Xalq amaliy bezak san’ati, miniatyura va adabiy merosning mahobatli kompozitsiyalarda qayta talqin etilishiga e’tibor qaratiladi. Milliy badiiy xususiyatlar mavzu va ramzlar bilan birga kompozitsiya, rang munosabatlari, material hamda me’moriy muhit bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘lishi asoslanadi. Mahobatli rangtasvirni rivojlantirishda tarixiy asarlarni saqlash, kasbiy ta’limni takomillashtirish va ijodiy hamkorlikni kengaytirishga doir takliflar bildiriladi.

14.11.2026 Ko`rish Yuklab olish