“Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondashuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalanish mexanizmlari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

29.10.2026


O‘SMIRLAR AQLIY TARAQQIYOTI VA FIKR TARBIYASIDA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Ummatkulova Nigora Umarqulovna

Mazkur tezisda o‘smirlarning aqliy taraqqiyoti va fikr tarbiyasini ta’minlashda oila hamda maktab hamkorligining psixologik-pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. O‘smirlik davrida abstrakt va mantiqiy fikrlash, metakognitiv nazorat, muammoni hal qilish, mustaqil qaror qabul qilish, o‘z fikrini dalillash hamda o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatlari faol shakllanishi sababli bu jarayonda oilaviy va maktab muhitining o‘zaro uyg‘unligi alohida ahamiyat kasb etishi asoslanadi. Ota-onaning ta’limiy ishtiroki, kognitiv rag‘batlantirish, muloqot, o‘smir avtonomiyasini qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchining rivojlantiruvchi ta’lim usullari, maktabga daxldorlik hissi va oila–maktab o‘rtasidagi muntazam axborot almashinuvi asosiy mexanizmlar sifatida ko‘rib chiqiladi.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

ISAJON SULTONNING “ABU RAYHON BERUNIY” TARIXIY ROMANIDA FIKR VA TAFAKKUR TALQINI

Ismoilova Fotima Baxriddinovna

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakili Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” tarixiy-biografik romanida fikr tarbiyasi va tarixiy tafakkur masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asarda buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy shaxsiyatining tarixiy va badiiy qirralari, uning ilmga munosabati, haqiqatni anglashga intilishi, kuzatish va tajribaga asoslangan tafakkuri, inson va olam munosabatlariga qarashi tahlil qilinadi. Maqolada “fikr tarbiyasi” tushunchasi bilimning inson hayotidagi o‘rnini tushunishga undovchi vosita sifatida izohlanadi. Shuningdek, romanning o‘ziga xos kompozitsion qurilishi, voqealarning turli hikoyachilar tomonidan bayon qilinishi, Beruniy obrazining bevosita emas, ko‘pincha boshqa qahramonlar nigohi orqali ochilishi tarixiy tafakkurni shakllantiruvchi badiiy vositalar sifatida tahlil qilinadi.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

RAQAMLI MEDIA TIL NORMATIVLIGI: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA TAHRIR MEXANIZMLARI

Ismoilova Zuxro Baxriddinovna

Mazkur maqolada raqamli media muhitida shakllanayotgan ijtimoiy tarmoq tilining lingvistik xususiyatlari hamda zamonaviy muharrirlik faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda kommunikatsiyaning tezkorligi, qisqaligi, dialogikligi va multimodalligi natijasida qisqartmalar, o‘zlashma birliklar, internet jargonlari, emoji, hashtag, aralash grafik shakllar kabi vositalarning faol qo‘llanishi kuzatilmoqda. Bunday til birliklari norasmiy muloqotda kommunikativ qulaylik yaratishi bilan birga, ommaviy axborot va ta’limiy kontentda adabiy til me’yorlariga rioya qilish masalasini dolzarblashtiradi. Maqolada ijtimoiy tarmoq matnlarini tahrirlashda muharrirning vazifalari, til me’yorlari va muallif uslubini saqlash o‘rtasidagi muvozanat, axborotning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy raqamli tahrir strategiyalari yoritiladi. Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoq kontentini tahrirlash uchun lingvistik va media-savodxonlikka asoslangan kompleks yondashuv taklif etiladi.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

YANGI AVLOD INTELLEKTUAL SALOHIYATI: MA’NAVIY-AXLOQIY VA IJTIMOIY MAS’ULIYAT UYG‘UNLIGI

Ismailov Dilshod Baxriddinovich

Ushbu maqolada globallashuv jarayonlarida yangi avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy yetukligi va ijtimoiy mas’uliyatini shakllantirishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda yuksak intellekt va faol fuqarolik pozitsiyasi uyg‘unligi adolatli jamiyat barpo etishning strategik asosi ekanligi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari misolida ochib beriladi. Shuningdek, yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash va bilimini millat farovonligiga yo‘naltirish borasidagi amaliy taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI ASOSIDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING IJTIMOIY-SIYOSIY MOHIYATI

Boqiev Farhod Esanovich

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston strategiyasi asosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-siyosiy mohiyati, nazariy-metodologik asoslari hamda jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Vatanparvarlikning ijtimoiy ong, milliy identiklik, fuqarolik mas’uliyati, siyosiy madaniyat va ijtimoiy faollik bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda davlat yoshlar siyosati, milliy-ma’naviy qadriyatlar, tarixiy xotira, fuqarolik jamiyati institutlari va ta’lim tizimining o‘rni asoslanadi. Globallashuv va raqamli axborot muhiti sharoitida vatanparvarlik tarbiyasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy xulosalar shakllantiriladi.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

O‘QUVCHI-YOSHLARNI IJTIMOIYLASHTIRISH JARAYONIDA AXBOROTLAR BILAN ISHLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI VA BOSQICHLARI

Quziyev Ravshanbek Baxtiyor o‘g‘li

Maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida axborot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar va zamonaviy ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari axborot madaniyatini rivojlantirishning muhim vositalari haqida fikr yuritilgn. Shuningdek, axborot madaniyatini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan foydalanishi yoritilgan.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY MOSLASHUVINI RIVOJLANTIRISHDA ADAPTIV-TARBIYAVIY MUHITNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Turg‘unboyeva Nasiba Rustam qizi

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim jarayonida birinchi sinf o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvini rivojlantirishda adaptiv-tarbiyaviy muhitning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Ijtimoiy moslashuvni qo‘llab-quvvatlashda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, mustaqil fikrlash, o‘zaro muloqot, boshqalarning fikrini tinglash va hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi va ota-onalar hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda barcha o‘quvchilarning sinf jamoasida faol ishtirok etishi uchun pedagogik shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA EKOLOGIK TAFAKKUR TARBIYASINING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI: TARIXIY MEROS VA INNOVATSION YONDASHUVLAR UYG‘UNLIGI

Yusupova Sabrina Dilshod qizi

Maqolada tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, fizika, geografiya) o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ekologik tafakkur va tabiatga mas’uliyatli munosabatni tarbiyalashning pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Milliy tarbiya merosi va zamonaviy innovatsion yondashuvlar uyg‘unligiga tayangan holda, fanlararo integratsiya, muammoli-tadqiqotchilik, loyihaviy, raqamli va refleksiv mexanizmlardan iborat yaxlit yondashuv taklif etilgan.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI TARBIYAVIY JARAYONLARDA TEXNOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA FIKR TARBIYASINI AMALGA OSHIRISH STRATEGIYALARI

Raxmatova Mexrinoz Majitovna

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tarbiyaviy jarayonlarida texnologik yondashuv asosida o‘quvchilarning fikr tarbiyasini shakllantirish va rivojlantirish strategiyalari tadqiq etilgan. Zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida o‘smirlarning mustaqil, tanqidiy va tizimli fikrlash ko‘nikmalarini tizimli rivojlantirish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat hisoblanadi. Maqolada an’anaviy tarbiya shakllarining cheklangan jihatlari tahlil qilinib, shaxsga yo‘naltirilgan va texnologik yondashuvlar uyg‘unligiga asoslangan innovatsion model taklif etilgan. Fikr tarbiyasini bosqichma-bosqich (muammoli-vaziyatli, refleksiv va ijtimoiy-loyihaviy) amalga oshirishning pedagogik strategiyalari hamda ularni darsdan tashqari faoliyatga integratsiyalash mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarda axborotlarni tahlil qilish, mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy barqarorlikni shakllantirishda texnologik yondashuvning samaradorligini isbotlaydi. Maqola xulosalari umumiy o‘rta ta’lim tizimi metodistlari, maktab rahbarlari va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyatida amaliy qo‘llanilishi mumkin.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

KREATIV FIKRLASH – G‘OYALARNI GENERATSIYALASHNING MANBAI SIFATIDA

Rustamov Nazir Choriyevich

Mazkur maqolada kreativ fikrlashning g‘oyalarni generatsiyalash jarayonidagi nazariy-metodologik ahamiyati, uning psixologik-pedagogik xususiyatlari hamda o‘quvchilarning intellektual va ijodiy faoliyatini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida kreativ fikrlash va g‘oyalarni generatsiyalash o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik, divergent va konvergent tafakkurning o‘zaro munosabati, yangi g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi kognitiv, motivatsion va ijtimoiy omillar yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammolarga muqobil yechimlar ishlab chiqishi va ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari asoslangan.

15.11.2026 Ko`rish Yuklab olish